Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal



Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/301
Sana21.07.2021
Hajmi2,42 Mb.
#125429
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   301
Bog'liq
Le5R6spIug ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA 
   
      TARIX 
     
 
           2017-yil, 2-son 
Hozirgi paytda mamlakatimizdagi millatlararo ahillik va totuvlikni ta’minlashda xizmatlari katta 
b
oʻlgan 27 millat vakillari tomonidan tuzilgan 150 ga yaqin milliy madaniy markaz (MMM) faoliyat 
olib bormoqda. Ularning 14 tasi respublika milliy madaniy markazi maqomiga ega. 
Milliy madaniy markazlar Respublika viloyat, shahar, tumanlarida faoliyat olib bormoqda 
Mamlakatimizda etnik 
oʻziga xoslikni rivojlantirish va millatlararo munosabatlarni yanada 
uy
gʻunlashtirishda har bir xalqning oʻziga xos madaniyati, tili, xalq hunarmandligini rivojlantirib, turli 
madaniyatlarning bir-birini 
oʻzaro boyitishiga, har birimizda koʻp millatli yagona oila tuygʻusini 
mustahkamlashga salmoqli hissa q
oʻshmoqda.  Respublika baynalmilal madaniyat markazi ularning 
faoliyatini muvofiqlashtirib, amaliy va uslubiy yordam berayotgani alohida diqqatga sazovordir. 
Milliy-madaniy markazlarning asosiy vazifalari uch y
oʻnalishga ega:1) har bir millatning tili, 
madaniyati,  urf-odatlari  va  rasm-rusumlarini  tiklash,  tarixiy  Vatan bilan aloqa va munosabatlarni 
jonlantirish, milliy his-tuy
gʻularning namoyon boʻlishiga keng yoʻl ochish; 2) mustaqil Oʻzbekistonni 
oʻzining haqiqiy Vatani deb bilish va unga beminnat hamda sadoqat bilan xizmat qilish; 3) Vatan bilan 
mushtarak hayot kechirish, uning madaniyati, tarixi va tilini 
oʻrganish, mustaqil davlatga nomi berilgan 
millat bilan d
oʻstlikda, hamkorlikda va totuvlikda yashash Ana shu uch yoʻnalishda olib borilayotgan 
faoliyat modernizatsiyalashayotgan ijtimoiy hayot  va millatlararo munosabatlarni  rivojlantirish 
talablariga muvofiqdir.[1, 156]. 
Milliy-madaniy markazlarga tajribali, taniqli olim, ziyoli, san’atkorlar  kela boshladilar, ular 
tomonidan professional va badiiy havaskorlik uyushmalari tuzila boshlandi. Ayniqsa, rus, koreys, qrim 
tatar, turk,  qozoq, nemis, tojik, uy
gʻur  guruhlarining  faoliyati juda samarali boʻlayapti.  Bunday 
markazlar qoshida u yoki bu millat tilini, adabiyotini 
oʻrganuvchi kurslar ham ochila boshlandi. 
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida Oʻzbekiston Respublikasining barcha 
fuqarolari millati, tili va dinidan qat’i nazar, teng huquq va erkinliklarga ega ekanligi, belgilab 
q
oʻyilgan  Ularga oʻz milliy madaniyati, an’ana va urf-odatlarini saqlash hamda har tomonlama 
rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Mamlakatimizda 16 ta konfessiyaga mansub turli 
diniy tashkilotlar erkin faoliyat yuritmoqda  
Oʻzbekiston Milliy teleradiokampaniyasining teleradio kanallari orqali 10 ta tilda (oʻzbek, 
qoraqalpoq, rus, qozoq, qir
gʻiz, tojik, turkman, tatar, uygʻur, ozorbayjon) koʻrsatuv va eshittirishlar 
olib borilmoqda. 
Mamlakatimizdagi gazetalar 10 ta tilida  (
oʻzbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirgʻiz, koreys, tojik, 
turkman, ukrain, ingliz) jurnallar esa 8 ta tilda (
oʻzbek, qoraqalpoq, rus, ingliz, qozoq, qirgʻiz, tojik, 
turkman) bosilmoqda. 
Shu bilan birga, yurtimizda 
oʻrta va oliy ta’lim 7 tilida: oʻzbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirgʻiz, 
tojik, turkman tillarida amalga oshirilmoqda [3,]. 
Respublikaning  Birinchi  Prezedenti  I.A.Karimov  Rus  milliy madaniy markazi  tashkil 
topganligining 10 yillik yubileyi munosabati bilan y
oʻllagan tabrigida shunday degan edilar: “Bugungi 
kunda bizning mamlakatimizda milliy madaniy markazlar tomonidan  odamlar 
oʻrtasida  oʻzaro 
ishonchni mustahkamlash, ertangi kunga b
oʻlgan ishonch muhitini  shakllantirishga,  yosh  avlodni 
bizdan k
oʻra aqlli, ma’rifatli,  kuchli va albatta baxtli  boʻlishi shartligi ruhida  tarbiyalash  borasida 
amalga oshirgan ijobiy va k
oʻpqirrali ishlariga baho berish mushkuldir” Davlatimiz rahbari tomonidan 
milliy madaniy markazlar faoliyatiga bunday yuqori bahoning berilishi ularga yanada katta mas’uliyat 
yuklagan edi[1,159].
 
2017  -  yil 24   -yanvarda Respublika Baynalminal Madaniyat Markazi tashkil etilganligining 
25 yilligi munosabati katta madaniy-ma’rifiy tadbir 
oʻtkazildi.  Mazkur tadbirda Respublika 
Baynalminal Markazi hamda MMM vakillarining xalqimizning birligi va jipsligini mustahkamlashga 
munosib hissa q
oʻshayotgani munosabati bilan,  20 nafardan ziyod tashabbuskor va fidoyi 
yurtdoshlarimizga Vatanimizning yuksak mukofotlari topshirildi [3]  
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng k
oʻlamli islohotlar milliy 
davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari 
daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va 
diniy ba
gʻrikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor boʻldi, xalqimizning munosib hayot 
kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini r
oʻyobga chiqarish uchun zarur shart-
sharoitlar yaratildi.  Prezident  Sh.M.Mirziyoyev 2017 - yil 7 - fevralda «
Oʻzbekiston Respublikasini 
47
 



Download 2,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish