ILMIY AXBOROTNOMA
TARIX
2017-yil, 2-son
asari va yaratgan moslamasida nima uchundir 0 (nol)dan foydalanmaydi. Nazdimizda, al-Xorazmiy
nolni
oʻz asari orqali rasmiy muomlaga kiritgani hamda oʻnlik pozitsion tizimi matematik hisob-
kitoblarni soddalashtirishini tushuntirib berganligiga qaramasdan, yevropalik olim, aftidan, 0 (nol) dan
foydalanish mohiyatini t
oʻla anglab yetmagan.
Bu
oʻrinda, «Gerbertni al-Xorazmiy asarlari bilan qanday qilib tanishgan» degan savol paydo
b
oʻlishi turgan gap. Bu albatta haqli savol, sababi, avvalroq ta’kidlaganimizdek, respublikamiz
miqyosida e’lon qilingan tadqiqotlarda al-Xorazmiy asarlari Yevropada XII asrdan lotin tiliga tarjima
qilina boshlanganligi k
oʻrsatiladi, Silvestr II esa X asrning ikkinchi yarmida yashagan.
Oʻrta asr tarixchilaridan Malmsberlik Uilyamning (1090 – 1143)* «Gesta regum Anglorun»
(«Ingliz qirollari tarixi») asarida keltirilishicha, «Gerbert monastir hayotidan qoniqmaganligi yoki
shon-shuhratga b
oʻlgan intilishi sabab /har sohada taraqqiy topgan/ Ispaniyaga keladi va u yerda bir
musulmondan astrologiya, astronomiya va matematika fanlari b
oʻyicha dars olib, arab tilini
oʻzlashtiradi/ tarixdan yaxshi ma’lumki, Ispaniyaning chorak qismi XI asrga qadar Arab xalifaligi
tarkibida b
oʻlgan/. Biroq, bir kuni u oʻz ustozining turli fanlarga oid arabcha kitoblarini /bizningcha
bular, asosan astronomiya va matematikaga oid risolalar b
oʻlgan/ oʻgʻirlab oʻz vataniga qochib
ketgan...» [4; 12].
Sohaga oid ilmiy adabiyotlarida Gerbertni 967–970 yillarda Ispaniyaning Kataloniya viloyatida
yashaganligi hamda ayni shu davrda matematika, astronomiya va falsafaga taaluqli arab tilidagi bir
qancha risolalarni, jumladan, «Hind hisobida q
oʻshish va ayrish kitobi» hamda «Aql toʻgʻrisida»[5]
(Yoqub al-Kindiy (800–873) asari. Yevropada «De intellectu»nomi bilan mashhur) kabi risolalarni
lotin tiliga tarjima qilganligi [2] ta’kidlanadi. Hoyna-hoy bular olimni musulmon ustozidan
oʻgʻirlab
kelgan kitoblardir. Chunki, ayni davrda al-Xorazmiyning riyoziyotga doir ishlari musulmon olamida
eng asosiy ilmiy manba hisoblangan.
Sanab
oʻtilgan ma’lumotlar al-Xorazmiy asarlarini X asrning ikkinchi yarmidayoq Gʻarbiy
Yevropaga kirib borgani va asosiy manbalar qatoridan joy olganini k
oʻrsatmoqda. Sharq fani
yutuqlarini
Gʻarbdagi ilk tatbiqchisi boʻlgan Gerbert 999 - yilning 2-aprelida Silvestr II nomi bilan
Rim papaligiga saylangach, al-Xorazmiy ommalashtirgan «arab raqamlari»ni mintaqada joriy qilish
t
oʻgʻrisida buyruq chiqaradi [10].
Biroq,
oʻnlik raqamlarni qoʻllash toʻgʻrisida rasmiy koʻrsatma berilganligiga qaramasdan, ular
Yevropada to XII asrgacha, ya’ni al-Xorazmiy asarlarini Toledo maktabida tarjima etilgunga qadar
keng tarqalmaydi. Shunday b
oʻlsada, aynan Silvestr II al-Xorazmiy ishlab chiqqan hisoblash tizimni
ilk marotaba
Gʻarbda matematika faniga tatbiq etgan olim edi. Oʻnlik pozitsion hisoblash tizimi va
hozirgi raqamlarni Yevropada tarqalishida al-Xorazmiy risolasining Toledo maktabida yaratilgan
lotincha tarjimalari hamda ular asosida yozilgan Batlik Adelardning (tax. 1070/80–1145/50) «Regulae
abaci» («Abakda ishlash») [8], Leonardo Fibonachchining (tax.1170–1250) «Liber abaci» («Abak
kitobi»), Iordan Nemorariyning (XIII asr) «Algorismus demonstratus» («Algoritmni tushuntirish»),
«De elementis arismetice artis» («Arifmetika san’ati negizlari»), «De numeris datis» («Sonlar asosi
t
oʻgʻrisida») kabi asarlari katta ahamiyat kasb etdi. Buning natijasi oʻlaroq, yevropaliklar qoʻshish,
ayrish, b
oʻlish, koʻpaytirish, kasrlar, kasrlarni koʻpaytirish, ildiz chiqarish kabi amallarni bajarishda
turli qiyinchiliklar tu
gʻdiruvchi, noqulay rim sifralarining oʻrniga 0 (nol)dan 9 gacha raqamlarni
q
oʻllashga oʻtadilar. Bu haqda, Gʻarbda qiziq bir gap ham bor, unga koʻra XIV asrga kelib, arab
raqamlari rim sifralarini hatto qabr toshlaridan ham siqib chiqara boshlaydi [9].
Yuqorida keltirilganlar,
oʻrta asrlarda Yevropada matematikaga oid bilimlarning shakllanishi va
taraqqiyotida al-Xorazmiyning hissasi beqiyos ekanligini tasdiqlovchi faktlardir. Aytish kerakki, bular
yurtimizdan yetishib chiqqan bir nafar allomaning faqatgina bitta asari misolidagi ma’lumotlar, xolos.
Oʻzbekiston oʻnlab ana shunday mutafakkirlarning Vatani. Ular yaratgan nodir asarlar gʻarb
xalqlarining ham ma’naviy, ham intelektual salohiyati rivojida benazir
oʻringa ega. Ayni masalalar
navbatdagi maxsus maqolalar uchun mavzu b
oʻladi. Bu borada ham tadqiqotchilar e’tiboridan chetda
qolgan, oddiy
oʻquvchilar bilishi lozim boʻlgan qiziqarli ma’lumotlar talaygina. Bizningcha, ulugʻ
ajdodlarimizning Yevropadagi ilmlar rivojida tutgan
oʻrniga oid qimmatli ma’lumotlarni ta’lim
sohasiga, jumladan, maktab darsliklariga k
oʻproq kiritish lozim. Afsuski, hozirda bunday qiziqarli
ma’lumotlar asosan soha mutaxassislarigagina ayon b
oʻlib qolmoqda. Albatta, bunday buyuk
ajdodlarimiz bilan qancha faxrlansak,
gʻururlansak arziydi. Biroq, ayni vaqtda yoshlarimizni faqat
15
Do'stlaringiz bilan baham: |