Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal



Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/301
Sana21.07.2021
Hajmi2,42 Mb.
#125429
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   301
Bog'liq
Le5R6spIug ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA 
   
FALSAFA 
      
 
      2017-yil, 2-son 
bilimning ahamiyati jiddiy ravishda ortadi. Aynan shu hodisa falsafiy tadqiqotlarning yangi, axborot 
falsafasi deb nom olgan y
oʻnalish rivojlanishining asosiy sababi boʻlib xizmat qilmoqda. 
Oxirgi yillarda bir necha mamlakatlarda (jumladan, Rossiya, Buyuk Britaniya, AQSH, Xitoy 
kabi) falsafiy tadqiqotlarda yangi y
oʻnalish – axborot falsafasi paydo boʻldi. Jahon ilmiy jamoatchiligi 
doirasida ushbu falsafiy y
oʻnalishning mazmuni faol muhokama etilmoqda, bunda Rossiya va Xitoy 
olimlari peshqadamlik qilmoqda. Jumladan, rus, xitoy va ingliz tillarida qator ilmiy maqolalar va 
monografiyalar chop etildi, xalqaro konferensiyalarda ma’ruzalar qilingan va nashr etilgan, Internet 
tarmoqlarida olimlarning ilmiy bahs-munozaralari 
oʻtkazilmoqda. Bundan tashqari, 2011 yildan 
boshlab Rossiyada muntazam ravishda “Axborot t
oʻgʻrisidagi fanlar ilmiy-metodologik muammolari” 
mavzudagi fanlararo ilmiy-metodologik seminar majlislari (yi
gʻilishlari) oʻtkazilmoqda[12-14], unda 
turli mamlakatlarning axborot falsafasi sohasidagi natijalari tahlil qilinmoqda.  
Zamonaviy ilmiy adabiyotlarda “axborot falsafasi” atamasi yaqinda paydo b
oʻlib, undan xitoylik 
olim Lyu Gan 
oʻzining “Axborot falsafasi va boʻlgʻusi Xitoy fan va texnika falsafasi asoslari” nomli 
maqolasida foydalangan. Unda “kiberfazoning paydo b
oʻlishi va kiberdavrning boshlanishi” bilan 
birga paydo b
oʻlgan axborot falsafasini falsafiy tadqiqotlar sohasidagi yangi fan sifatida tan olish 
taklif etiladi
[11]. Umuman olganda muallif axborot falsafasining paydo b
oʻlishini oxirgi oʻn yillikda 
oʻzini sezilarli darajada namoyish etayotgan jamiyat axborotlashuvi jarayonining rivojlanishi bilan 
shartlaydi. Uning ta’kidlashicha, ushbu jarayonning oqibatlaridan biri falsafadagi - “kompyuter bilan 
bo
gʻliq burilish” boʻldi, bunda jamiyatning keng miqyosli kompyuterlashtirilishidan kelib chiqishi 
mumkin b
oʻlgan oqibatlarni falsafiy anglash boʻyicha urinishlar amalga oshirilmoqda. Bizning 
nazarimizda ushbu nuqtaiy-nazar juda tor, shuning uchun unga qisman, ya’ni falsafiy tadqiqotlar 
sohasida yangi fanning ajralib chiqishining maqsadga muvofiqligi masalasida q
oʻshilish mumkin. 
Ushbu fanning  mazmuniga kelganda, bizning fikrimizga k
oʻra, u sezilarli darajada keng boʻlishi 
lozim. 
Darhaqiqat, axborot falsafasi ilmiy maktabi Xitoyda 30 yildan buyon mavjud b
oʻlib, uning 
asoschisi va ilmiy peshqadami professor U.Kundir. Hozirda u Sian Jiaotong universiteti qoshida 2011 
- yilda tashkil qilingan Axborot falsafasi xalqaro tadqiqot markaziga rahbarlik qilib kelmoqda. Ushbu 
Markazning Xalqaro akademik kengashi tarkibiga Avstriya, Buyuk Britaniya, Ispaniya, AQSH, 
Rossiya va Fransiya olimlari kirgan. Markazning asosiy vazifalari maqsadli ilmiy-nashriyot faoliyati, 
axborot falsafasi muammolari b
oʻyicha Internet tarmoqlarida munozaralar va xalqaro konferensiyalar 
oʻtkazish yoʻli bilan turli mamlakatlar kuchlarini birlashtirishdan iborat[26].  Shunday 
konferensiyalarning birinchisi Sianda 2013 - yil oktyabrda 
oʻtkazildi. 
Umuman olganda shuni ta’kidlash zarurki, axborotning falsafiy muammolarini tizimli ravishda 
tadqiq qilish Rossiyada 
oʻtgan asrning 60-yillaridayoq boshlangan, uning natijasida axborot falsafasi 
Rossiya ilmiy maktabining shakllanishi b
oʻldi. Akademik A.D. Ursul uning asoschisi va tan olingan 
peshqadamidir, ushbu sohadagi uning fundamental monografiyalari nafaqat Rossiya, balki boshqa 
mamlakatlar mutaxassislariga ma’lum
[19-22]. Ammo Rossiya ilmiy adabiyotlarida axborot falsafasi 
tushunchasini birinchi bor 1996 - yil M.N.Sherbinin 
oʻz maqolasida foydalangan[23]. Uning fikricha, 
“...butun olam tarixiy masshtabida falsafiy bilimlarni 
oʻzida butunlik yangi formulasini axborot 
falsafasi ta’minlaydi”
[24, B.99]. 
Ma’lumki, 1968 - yilda A.D. Ursulning axborot tabiati b
oʻyicha birinchi monografiyasi bosilib 
chiqqanda, “kiberfazo” (“kibermakon”) va “falsafada kompyuter bilan bo
gʻliq burilish” kabi 
tushunchalar ilmiy jamoa 
oʻrtasida hali tarqalmagan edi. Shunga  qaramasdan,  oʻsha vaqtlarda 
Rossiyada yangi ilmiy fan - axborot nazariyasining falsafiy jihatlari faol muhokama qilingan, bu fan 
jadal rivojlana boshlagan va nafaqat texnik fanlarda, balki biologiya va lingvistikada keng foydalana 
boshlangan edi. Yuqorida  keltirilgan monografiyada A.D. Ursul axborot falsafasi muammolari 
mazmunining keng tushunilishini rivojlantirdi va asoslab berdi. Uning nuqtaiy-nazariga k
oʻra[19], 
falsafaning ushbu y
oʻnalishi yaqin kelajakda jamiyatning informatsion rivojlanishi jarayonining ilmiy 
asosiga aylanishi kerak. Bunda u mazkur jarayonni ilmiy-texnik inqilobning yangi bosqichi sifatida 
emas, balki sivilizatsiya rivojlanishining sifat jihatdan yangi, yanada yuqori darajaga –  noosferaning 
shakllanishiga 
oʻtishning boshlanishi deb bilgan. Ushbu strategik jihatdan muhim falsafiy gʻoya A.D. 
Ursulning “Noosfera y
oʻli. Tirik qolishi va sivilizatsiyaning barqaror rivojlanishi konsepsiyasi” 
monografiyasida  yetarli darajada batafsil asoslab berilgan. Bu asarda informatsion rivojlanish 
97 



Download 2,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish