Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal



Download 5,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet76/240
Sana25.05.2023
Hajmi5,03 Kb.
#943912
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   240
Bog'liq
118zoX98tHCdD ilmiy jurnal

prinsipi. 
Ushbu prinsipda
 
tadbirlarning vazifalari, mazmuni talaba-yoshlarning yosh va tayyorgarlik 
darajalariga mos bo‘lib, ular sog‘ligiga, dunyoqarashiga ma’naviy-axloqiy salohiyatiga aqliy zakovatiga 
salbiy ta’sir ko‘rsatishdan yiroq bo‘lishi lozim. 
Ma’naviy-ma’rifiy faoliyatning kayd etilgan prinsiplariga asoslanilsa, ularning yaxlitligi, o‘zaro 
hamkorligi, bir-birini to‘ldirilishiga 
e’tibor qaratilib, ulardan samarali foydalanilsa, talabalarning 
ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlanuvchanlik faoliyatlari maqsadli yo‘lga ko‘yilishi, barkamol insonning to‘liq 
shaxs bo‘lib shakllanishi kafolatlanadi. 
Ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni maqsadli tashkil qilish, yo‘naltirish uning mazmunini aniq belgilash 
va rivojlantirish bilan belgilashdir. Agar mazmun va reja nomutanosibligi tashkil etilsa, ko‘zlangan maqsad 
amalga oshmaydi. Shunga ko‘ra inson noto‘g‘ri tarbiyalanadi, bundan jamiyat ham, insonlar ham, 
odamning o‘zi ham aziyat chekadi. Demak mazmunni aniq belgilash va uni to‘g‘ri rejalashtirish darkor. 
Aks holda buyuk mutafakkir Bedil, aytganidek, agar me’mor dastlabki g‘ishtni to‘g‘ri qo‘ymasa, devor 
yulduzlarga etsa ham qiyshiq bo‘lib qolaveradi. Bedilning bu fikri ma’naviy-ma’rifiy faoliyatga daxldordir. 


ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2019-yil, 6-son 
59 
Modomiki shunday ekan, ma’naviy-ma’rifiy faoliyat mazmunini aniq tasavvur qilish, uning yo‘nalishlarini 
to‘g‘ri belgilash va rejalashtirish lozim. 
Ma’naviy-ma’rifiy faoliyat insonning ijtimoiy-madaniy mavjudot sifatidagi mohiyatini 
anglatadigan, uni ruhiy poklanish va yuksalishga da’vat etadigan ichki olamini boyitadigan, vijdoni, 
iymoni, e’tiqodi, dunyokarashini, mafkuraviy 
saloxiyatini mustaxkamlaydigan, umuminsoniy 
qadriyatlarni bilish, targ‘ib qilish, yoxud muayyan jamiyatning maqsad va vazifalariga muvofiq aqliy 
zakovati va ma’naviy-axloqiy 
salohiyatini 
tarkib toptirish, rivojlantirish jarayonidir. Shunga ko‘ra 
jamiyatni, ijtimoiy-siyosiy, iktisodiy-madaniy rivojlantirishda oliy ta’lim muassasalarida olib boriladigan 
ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha mazmunini belgilash va rejalashtirish talabga 
muvofiqdir. 
I.
Tashkiliy-tarbiyaviy ishlar 
II.
Mafkuraviy (G‘oyaviy-siyosiy) tarbiya talabalar ijtimoiy faolligi va o‘qishga munosabatini 
kuchaytirish. 
III. Ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish, bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish, bilish 
faolligini oshirish. 
IV. Umuminsoniy, milliy axloq va xulk madaniyatini tarbiyalash. 
V. Go‘zallik, nafosat va badiiy tarbiya. 
VI. Mehnatsevarlik va mehnat ahliga muhabbat tarbiyasi. 
VII. Iqtisodiy va ekologik tarbiya hamda tabiatni muhofaza qilish
VIII. YOshlarning huquqiy bilimdonligini oshirish. 
IX. Sog‘lomlashtirish va talabalar jismoniy barkamolligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish. 
X. O‘qituvchi-tarbiyachilar va OTMning ishchi-xodimlari bilan olib boriladigan ma’naviy - ma’rifiy 
hamda mafkuraviy ishlar. 
XI. Ota-onalar va mahalla bilan ishlash. 
XII. OTM dagi jamoat tashkilotlari (Yoshlar ittifoqi, Kasaba uyushma, xotin-qizlar qo‘mitasi) bilan 
olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlar.
Yuqorida qayd etib o‘tilganidek, oliy ta’lim muassasalarida barcha fanlarni o‘kitish jarayonida 
talabalarning ma’naviy-ma’rifiy madaniyatini oshirishga va darsdan tashqari olib boriladigan ishlarga 
qaratilmog‘i lozim. Bunda har bir talaba «ma’naviyat», «madaniyat» tushunchalarining tub ma’nosini 
anglab olishlari, milliy ma’naviyatimiz sarchashmalari, manbalaridan xabardor bo‘lishlari, bu manbalardan 
mustaqil erkin ilm olish, o‘rganish malakalariga ega bo‘lishlari lozim. Bizningcha, oliy ta’lim 
muassasalarida tashkil qilinadigan ma’naviy-ma’rifiy faoliyat yo‘nalishlari quyidagicha qamrab olinsa 
maqsadga muvofiqdir: 
I-yo‘nalish: - mustakillik, bilimlar bayramini o‘tkazish, yubiley sanalarga doir bayramlar, ustozlar 
va murabbiylar kuni, Konstitutsiya kuni, Vatan himoyachilari kuni, diniy bayramlar («Ramazon» va 
«Qurbon» hayitlari), Hosil bayrami, Navro‘z bayrami, Xotira va qadrlash kunini nishonlash, tarixiy 
obidalarga, respublika ziyoratgoxlariga ekskursiyalar uyushtirish, yil murabbiysi kabi ko‘rik tanlovlarni 
o‘tkazish bo‘yicha tadbirlarni o‘tkazish rejalashtiriladi. 
II-yo‘nalish: - mafkuraviy tarbiya talabalarning yosh va individual xususiyatlarini inobatga olib, 
mamlakatimizning ichki va tashki siyosatiga doir ma’lumotlarni o‘rganish, Prizidentimiz asarlarini o‘qib 
o‘rganish, Oliy majlis qarorlari, ma’lumotlari bilan tanishish, davlatimiz ramzlari mohiyatini o‘rganish, 
davlat arboblarining faoliyatlari bilan tanishish kabi masalalar muhokamaga qo‘yiladi. 
III-yo‘nalish: - aqliy mehnat madaniyati, bilish faolligi va o‘qishga ongli munosabat, ilmiy 
dunyoqarash asoslarini tarbiyalash. “O‘qishni o‘rgan”, “Mening qiziqarli mashg‘ulotim”, “Mening 
qiziqishlarim”, “Inson va texnikaviy dunyo”, “Mashhur odamlar hayotidan”, “Mening orzu va 
qiziqishlarim”, “Men bilgan va bilmagan dunyo”, “Fan taraqqiyoti uchun” kabi mavzularda suhbatlar, 
munozaralar, ilmiy amaliy anjumanlar o‘tkazish, «O‘yla, izla, top», «Quvnoqlar va zukkolar» o‘yinlarini 
tashkil etish va h.k. 
IV-yo‘nalish: - umuminsoniy axloq asoslarini tashkil etgan Islom dinida ta’lim-tarbiya masalalari, 
allomalarimiz ta’limotini o‘rganish, “Odob-axloq saboqlari”, “Ma’naviyat va hayot”, “Hayotva turmush 
odobi” kabi mavzularda davra suhbatlari tashkil etish,“Qizlar iffati”, “Yigitlik g‘ururi”, “Ayol madaniyati” 
mavzularida baxsmunozara, so‘zlashish, kiyinish, muomala odobi bo‘yicha suhbatlar, kechalar, anjumanlar 
o‘tkazish. 
V-yo‘nalish: - talabalar va professor-o‘qituvchilar jamoasi estetik madaniyatini rivojlantirish 
maqsadida taniqli san’atkorlar, haqida ma’lumot berish, uchrashuvlar tashkil kilish, “Musiqa mening 
hayotim”, “So‘z qalbni engar, kiyim husnni» mavzularida suxbat, “Jahon ichra - jahonim - Buxoroi 
SHarifim”, “Men nechun sevaman, O‘zbekistonni” nomli stendlar chiqarish, ijodkor, shoirlar, yozuvchilar, 



Download 5,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish