Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2019-yil, 6-son



Download 5,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet134/240
Sana25.05.2023
Hajmi5,03 Kb.
#943912
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   240
Bog'liq
118zoX98tHCdD ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2019-yil, 6-son 
101 
onalar sog‘lom turmush tarzini ta’minlashda oila a’zolarining oziq-ovqati, kiyinishi, uy jihozlari, madaniy 
mollar, kommunal xizmat, dam olishi, o‘qishi, mehnati, transport harajati, sayohatga borish, mehmon 
kutish, to‘y o‘tkazish, dori-darmon, yengil mashinaga ega bo‘lish, uyni ta’mirlash, bog‘ va chorvani tashkil 
qilish kabi boshqa ehtiyojlarni hisobga olishi kerak. Bundan tashqari, oilaning kunlik, haftalik, oylik 
harajatini aniqlash va ular qanday qoplanishini oldindan rejalashtirishlari ham zarurdir. Ular ichida eng 
asosiysi oila a’zolarining oziq-ovqat ehtiyoji bo‘lib, uning uzluksiz va barqaror bo‘lishini amalga oshirish 
zarurdir. Oila sharoitidan kelib chiqib, boshqa ehtiyojlarni keyinga surish yoki vaqtincha to‘xtatish 
mumkin.
Ota-onalar oilaning barcha ehtiyojlarini amalga oshirish uchun oila hayotida harakatchan 
bo‘lishlari shart. Ular oilaning moddiy holatini inobatga olib, uning kam-ko‘stlarini to‘ldirish uchun barcha 
ichki va tashqi imkoniyatlarini ishga solishi muhimdir. Oiladagi iqtisodiy barqarorlik oila a’zolarida 
moddiy manfaatdorlikni oshirib, ruhiy ko‘tarinkilikni yuzaga keltiradi, o‘zlariga bo‘lgan ishonchni 
oshiradi. Ruhiy ko‘tarinkilik sog‘lom tafakkurni shakllantirib, organizmda modda almashinuvi va qon 
aylanishining yaxshilanishi kabi biologik jarayonlar ham faollashadi. 
Zero, I.P. Pavlov jismoniy harakatning inson salomatligiga ta’sirini, organizm tashqi muhit bilan 
chambarchas bog‘langanligini anglatuvchi ko‘rinish, deb ta’riflaydi. Bunday bog‘lanish va biologik a’zolar 
faoliyatini markaziy asab tizimi boshqarib turadi. Jismoniy mashg‘ulot nafaqat u yoki bu organga, balki 
butun organizmga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ayniqsa, uzluksiz ravishda bajariladigan jismoniy harakat kishi 
sog‘lig‘iga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. Modda almashinuvi yaxshilanadi, organizm to‘qimalari oziq 
moddalarni yaxshi o‘zlashtiradi, parchalangan moddalar esa organizmdan tezroq chiqarib tashlanadi. Yurak 
chiniqadi va yana chidamli bo‘ladi [12 ; 172]. Shu sababli faol jismoniy harakat qiluvchi kishilar tetik, 
ruhan yengil, quvvatga to‘la, kayfiyati yuqori, dili ravshan bo‘ladi. Jismoniy mashqlarni bajarish natijasida 
organizmning himoya vositalari yaxshi rivojlanadi. 
Harakatsiz yoki kam harakatli ota-onalar oilaning mavjud moddiy imkoniyatlarini qo‘ldan boy 
berib, oila a’zolarining sog‘lom turmushini amalga oshira olmaydi. Oilaning iqtisodiy holati beqarorlashib, 
turmush darajasi pasayib boradi. Oila azolaridagi kam harakatlilik yoki yetarli darajada harakat qilmaslik 
jismoniy chiniqishni yo‘qotadi. Iqtisodiy tanglik oila a’zolarida ruhiy tushkunlikni yuzaga keltirib, 
kelajakka va o‘zlariga bo‘lgan ishonchni yo‘qolishiga olib keladi. Shuningdek, ota-onalardagi bunday kam 
harakatlilik bolalarga ham o‘z ta’sirini o‘tkazib, ulardagi shijoatkorlikni so‘ndirib qo‘yishi mumkin. 
Oqibatda oila hayotidagi faollik rivojlanishdan to‘xtaydi.
Harakatchan ota-onalar moddiy manfaatdor bo‘lish bilan birga, tejamkorlik bilan oila mablag‘ini 
oshirishga urinadi. Hatto tabiiy iqlim sharoiti noqulay joyda yashaygan holatlarda ham suvsizlikka chidamli 
o‘simliklar (tok, bodom, dukkakli o‘simliklar) yetishtirish orqali oila daromadini oshirish mumkin.
Oilada sog‘lom turmushni targ‘ib qilish uchun ota-onalarning qanday hududda yashashi, oila 
sharoitini hisobga olgan holda ma’rifiy targ‘ibotni amalga oshirish zarur. Bunday ma’naviy-ma’rifiy 
targ‘ibot ishlarini respublika ommaviy axborot vositalari orqali, mahallalarda tashkil etiladigan turli 
uchrashuvlar, suhbat va debatlar orqali kengaytirish mumkin. 
Oilaga tegishli tarmoqlardan (tomorqa, bog‘u-rog‘, chorva-parrandalar) yuqori daromad olishni 
amaliyotga tatbiq etishda ilg‘or oila boshliqlarining tajribalarini o‘rganish muhimdir. Ularning ijobiy ta’siri 
tufayli kam harakatli oilalarga bevosita amaliy yordam berish mumkin. Bunday tadbirlarning uyushtirilishi 
mas’uliyatsiz va kam harakatli ota-onalar dunyoqarashini o‘zgartirishda yaxshi samara beradi. Natijada 
iqtisodiy barqaror oilalar soni ortib, ularning turmush darajasi yaxshilanadi, sog‘lom turmush tarzi 
shakllanadi. Oilaning iqtisodiy barqarorligini ta’minlashda ota-onalar va mehnatga yaroqli yoshlarning 
dehqon, fermer xo‘jaligidagi mehnatini yo‘lga qo‘yish ham foydalidir. Muhimi oila a’zolari mehnat 
qilishga o‘rganadi va ularda harakatchanlik shakllanadi. 
Sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning yana bir omili bu – oilada sog‘lom ma’naviy muhitni 
shakllantirishdir. Jamiyatdagi ijtimoiy-ma’naviy muammolarni bartaraf etishda oila tarbiyasida quyidagi 
tamoyillarga e’tibor qaratish zarur: 

milliy ruh va sog‘lom turmush tarzini hisobga olib, ota-onaga va Vatanga muhabbat tuyg‘usini 
shakllantirish; 

farzandlarning maktab, mahalla, davlat va jamiyat oldidagi burchlarini to‘la ado etishlari uchun 
oilada mas’uliyatli bo‘lish [7; 17].
Bundan tashqari, oilada sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishning o‘ziga xos psixologik omillari 
ham mavjud. Ota-onalarning farzandlar tarbiyasiga nisbatan konstruktiv munosabati, ya’ni ularni 
emotsional qo‘llab- quvvatlashi, farzandi qanday bo‘lsa, shundayligicha qabul qilish, bola shaxsi 
shakllanishiga zarar yetkazmay, uning psixik rivojlanishi haqida qayg‘urish kabi sifatlarni shakllantirish 
muhim ahamiyatga ega. 



Download 5,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish