Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


adabiy tur , adabiy turning ichki guruhlari  adabiy tur shakllari



Download 2,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/185
Sana04.07.2022
Hajmi2,04 Mb.
#739311
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   185
Bog'liq
2 5463281125877094145

adabiy tur
, adabiy turning ichki guruhlari 
adabiy tur shakllari
, adabiy shaklning ichki 
guruhlari 
adabiy janrlar
va, nihoyat, adabiy janrlarning ichki bo‘linishi 
janr xillari
” [1:459 b.] Izzat 
Sulton esa xilma-xil adabiy asarlarni tuzilish jihatidan uchta katta guruhga bo‘ladi va bu guruhlarning 


ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 4-son 
63 
har birini 
adabiy tur
deb ataydi. Bu turlarni yana bir qancha mayda shakllarga bo‘ladi hamda bu 
shakllarni 
adabiy janrlar
deb nomlaydi. Muallif quyidagi adabiy tur va janrlarga ta’rif beradi: 
Shu bilan bir qatorda, muallif lirik-epik asarlar xususida ham ma’lumot beradi va bu turga 
poema
va 
masal
ni kiritadi. Hajviy asarlarni esa satira asarlari va yumor asarlari kabi ikki guruhga 
ajratib ko‘rsatadi. Bobning so‘nggida I.Sulton adabiyotning ikki turi ya’ni yozuv va folklor (og‘zaki) 
adabiyoti borligini, turlar va janrlarning tarixiyligi va bir-biri bilan bog‘liqligi borasidagi fikr va 
mulohazalarini bildirib, bobni yakunlaydi. 
Darslikning keyingi bobi “Stil va metod” masalalariga bag‘ishlangan. Bugungi kungacha 
“uslub” va “stil” terminlari parallel tarzda qo‘llanilib kelinadi. “Agar biz bir yozuvchining bir necha 
asarini olib, ularning temalarini, ularda tasvir etilayotgan hodisalarni, obrazlarni, bu asarning ideaviy 
mundarijasini bir-biriga solishtirsak, bu asarlarda o‘xshash ko‘p xususiyatlarni ko‘ramiz. 
Yozuvchining asarlaridagi ana shunday ideaviy-badiiy xususiyatlarning jamiga 
yozuvchining stili 
deymiz”.[2:80] Haqiqatan ham, “uslub” deganda har bir yozuvchi ijodining o‘zigagina xos, 
takrorlanmas g‘oyaviy-badiiy xususiyatlarini tushunamiz. Muallif yozuvchi uslubini o‘quvchilarga 
yqaqqolroq tushuntirish maqsadida M.Gorkiyning “Chelkash”, “Konovalov”, “Ona” kabi asarlarini 
bir-biriga taqqoslaydi va ularda dastlab ideaviy jihatdan birlik ko‘zga tashlanishini ta’kidlaydi.
“O‘z stili jihatidan bir-biriga yaqin turgan yozuvchilarning ijodidagi ideaviy-badiiy birlik 
adabiy 
oqim 
deb yurgiziladi”. Darslikda o‘tmishda yuzaga kelgan adabiy oqimlar sifatida klassitsizm va 
simvolizmga ta’rif-u tavsif beriladi. Klassitsizm oqimining uchta asosiy xususiyati ko‘rsatib beriladi. 
Birinchidan, 
bu oqim tarafdorlari hamma narsada Yunon va Rim adabiyotiga taqlid qilishga uringanliklari, 
ikkinchidan,
adabiy asarning oldindan belgilab qo‘yilgan qat’iy qolidalarga qattiq rioya qilib yozilishi 
(masalan, dramatik asarlar “uch birlik qonuni”ga bo‘ysunishi), 
uchinchidan, 
klassitsizm tarafdorlarining 
asarlarida faqat saroy aristokratiyasining vakillarigina tasvir etilishibayon qilinadi.“Simvolizmning 
xususiyati – deb yozadi mualllif – konkret hayotni tasvirlashdan qochish, shoirning allaqanday notayin, 
nozik ichki hislarini, buyumlar ichiga berkinib yotgan allaqanday “sirli ma’nolarni”ni ochib berishga 
intilishdan iborat”.[2:82 b.] 
Ijodiy metod masalasi, dastavval, san’atkorning hayotga, voqelikka munosabati masalasidir. 
Darslikda yozuvchilar, ularning asarlari va adabiy oqimlarning kurashi qanchalik xilma-xil, murakkab 
bo‘lmasin, ularni asosiy ijodiy prinsiplari jihatidan ikki katta guruhga (realizm va romantizmga) bo‘lish 
mumkin deyiladi. “Turmushning o‘zini emas, balki shu turmush haqidagi orzularini tasvirlash – romantizm 
deb ataladi” [2:83b]. Demak, mazkur metodda jamiyat, hayot, inson qanday bo‘lsa shundayligicha emas, 
aksincha, qanday bo‘lishi kerak bo‘lsa o‘shanday ko‘rsatilar ekan. Muallif bu metodni ikki guruhga ya’ni 
reaksion va revalutsion romantizmga bo‘ladi.
“Realizmning bosh xislati – hayotni butun yalong‘ochligi va haqqonliyligi bilan qayta tiklash” 
(V.G.Belinskiy)dir. Bu qonuniyat – adabiyotning tug‘ilishidanoq paydo bo‘lgan bo‘lib, uning tarixiy 
rivojlanish taraqqiyoti davomida to‘xtovsiz tarzda sayqallashdi, yangi-yangi xususiyatlar dunyoga keldi, 
tobora boyib takomillashishda davom etmoqda”.[3:256 b.] Darslikda ham realizm turmushni to‘g‘ri, 
haqqoniy va har taraflama tasvirlashdir deya uqtiriladi. 
“She’rning tuzilishi”ga bag‘ishlanadi. Unda ritm, vazn, aruz, barmoq va qo‘shma vazn,turoq, bosh 
turoq, qofiya, erkin she’rning o‘ziga xos xususiyatlari bayon qilinadi. Aruz vaznini tushuntirishda Navoiy, 
Muqimiy, G‘.G‘ulom asarlaridan foydalanadi. 
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Izzat Sultonning o‘rta maktablar uchun yozgan “Adabiyot 
nazariyasi” darsligi o‘sha zamon uchun nihoyatda katta ahamiyat kasb etib, unda adabiyotshunoslik 
terminlari aniq misollar orqali tushuntirilib beriladi. Darslik adabiyotshunoslik sohasining bugungi kundagi 
taraqqiyoti uchun o‘zining munosib hissasini qo‘shgan kitobdir. Olim keyinchalik (1986-yil) xuddi shu 
bilan universitetlar va pedagogika institutlarining filologiya fakultetlari o‘quvchilari uchun darslik yozadi. 
Mazkur darslik oldingi (biz tahlil etgan) darslik asosida yaratiladi. Muallif kitobda aniq “formula” va 
“ta’riflar” ishlab chiqishga emas, balki birinchi navbatda har masalaning mohiyatini o‘quvchiga chuqurroq 
va kengroq tushuntirib berishga harakat etadi, ayrim muhim qoida va fikrlarni, o‘quvchilar yaxshi 
o‘zlashtirishlari uchun qisman takrorlashni ham zarur deb hisoblaydi. 

Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish