ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2019-yil, 4-son
131
-
mustaqil O‘zbekistonni rivojlantirishning ma’naviy-axloqiy negizlarini talabalar ongiga
yetkazish;
-
O‘zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning ma’naviyat, ma’rifat va yoshlar tarbiyasi
haqidagi asar hamda fikrlarini talabalar o‘rtasida chuqur o‘rganish;
-
oliy ta’lim tizimida ta’lim-tarbiya ishlarini takomillashtirish, talabalar bilan olib boriladigan
tadbirlarning ta’sirchanligini oshirish;
-
oliy ta’lim muassasasi jamoasida ma’naviy-axloqiy muhitni yaratish, o‘qituvchi va talabalar
hamkorligini uyushtirish;
-
ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni yaratishga qaratilgan tadbirlar tayyorlash va ularni o‘tkazishda
talabalarning imkoniyatlari, qiziqishlari va jamoat ishidagi malakalarini hisobga olish;
-
ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yordamida talabalarning ma’naviy-ma’rifiy qarashlarini
tarbiyalash va ularni tahlil etish, tadbir ishtirokchilarining aqliy, hissiy va irodaviy tomonlariga ta’sir
etish, ularning axloqiy me’yorlariga munosabati, tegishli bilimlari, ko‘nikma va malakalarini boyitish;
-
ongli intizomni rivojlantirish, fan va madaniyatga bo‘lgan qiziqishini tarbiyalash, kitobxonlik
madaniyatini rivojlantirish maqsadida o‘qiladigan asarlarni tavsiya qilish;
-
talabalar uchun ustoz va shogird qoidalarini joriy qilish, talabalarning ijtimoiy foydali, unumli
mehnatni tashkil etish, past o‘zlashtirgan talabalarga yordam uyushtirish va ularning ota-onalari bilan
ishlash;
-
ma’naviy-ma’rifiy faoliyatda sanitariya ishlarni olib borish, guruhda gigiyena rejimini yo‘lga
qo‘yish;
-
talabalarning mustaqil ta’lim olishi, o‘z ustida ishlashi, ma’naviy aqliy darajasi, uning
saviyasi, qiziqishlarini rivojlantirish va boshqalar;
Ma’naviy-ma’rifiy faoliyat jarayonida oliy o‘quv yurti professor-o‘qituvchilari quyidagilarni
amalga oshirishlari maqsadga muvofiqdir:
-
dars va auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarda barkamol avlod shaxsini shakllantirishda
izchillikka erishish;
-
milliy istiqlol g‘oyasi asosida sog‘lom avlod shaxsini shakllantirish tajribalarini rivojlantirish;
-
Markaziy Osiyo mutafakkirlarining hayot va faoliyatini talabalarga namuna sifatida ko‘rsatish;
-
barkamol avlod shaxsini shakllantirishni ta’minlovchi mashg‘ulotlarni ishlab chiqish;
-
barkamol avlod shaxsini shakllantirishni takomillashtirish maqsadida milliy qadriyatlarni
o‘rganishga shart-sharoit yaratish;
-
milliy qadriyatlar haqida egallagan bilim malakalarni o‘z hayotida va keng jamoatchilik
faoliyatida qo‘llashni his etish;
-
milliy istiqlol g‘oyasi asosida barkamol avlod shaxsini shakllantirish uslublari va shakllarini
ishlab chiqish;
-
asrlar davomida ajdodlarimiz yaratgan buyuk ma’naviy meros sarchashmalariga murojaat qilish.
Ularni chuqur o‘rganib, sog‘lom avlod shaxsini ushbu xazinaning bitmas-tuganmas durdonalaridan
bahramand qilish;
-
milliy qadriyatlarimiz, xalqimizning o‘ziga xos urf-odatlari va uning yuksak axloqiy fazilatlarini
o‘quvchilar ongiga singdirish;
-
ma’naviy-ma’rifiy faoliyat jarayonida har bir talabani bilimlar bilan qurollantirish, ma’naviy
yetukligini ta’minlash va ushbu vazifani amalga oshirishda oliy ta’lim muassasasi ma’naviyat va
ma’rifat markazi ishini rivojlantirish;
-
milliy istiqlol g‘oyasini talabalar orasida keng targ‘ib qilish, unda ommaviy, ma’naviy-axloqiy
ishlarning shakl va vositalaridan foydalanish;
-
barkamol avlod shaxsini shakllantirishda oliy ta’lim, oila va keng jamoatchilikning
hamkorligiga erishish va boshqalar.
Ma’naviy-ma’rifiy faoliyat hech qachon hozirgidek dolzarb vazifaga aylanmagan. Ma’naviy-
ma’rifiy islohotlar davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi bo‘lgani, mafkuraviy tahdid va axborot
xurujlari ko‘payib borayotgani, odamlar ongi va qalbini egallash yo‘lidagi kurash jarayonlari
kuchaygani uchun hayotning barcha jabhalari, ishlab chiqarishning hamma sohalari, aholining hamma
qatlamlari, ayniqsa, yoshlar orasida ma’naviy-ma’rifiy faoliyat sohasida jadal ishlarni amalga oshirish
oldimizda turgan eng muhim vazifa bo‘lib turaveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |