Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


- oliy o‘quv yurtlarida talabalar ma’naviyatini shakllantirishga doir tadbirlar, kechalar o‘tkazib  borish



Download 2,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/185
Sana04.07.2022
Hajmi2,04 Mb.
#739311
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   185
Bog'liq
2 5463281125877094145

 
-
oliy o‘quv yurtlarida talabalar ma’naviyatini shakllantirishga doir tadbirlar, kechalar o‘tkazib 
borish;
 
-
mehnatga, o‘zining vazifalariga va burchiga mas’uliyatli bo‘lish; 
 
-
milliy bayramlar va moddiy qadriyatlarga hurmat bilan qarash;
 


ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2019-yil, 4-son 
130 
-
tabiatga va shaxsiy narsalarga ehtiyotkorlik, o‘ziga va odamlarga hurmat bilan munosabatda 
bo‘lish; 
-
ma’naviy va ma’rifiy faoliyatni rivojlantirish va takomillashtirish.
 
Yuqoridagi ma’naviy-ma’rifiy faoliyat funksiyalarini har tomonlama amalga oshirilishi inson 
hayotining hamma qirralarini ijtimoiy taraqqiyot jarayoni bilan uyg‘unlashtirishda katta yordam 
beradi. Talaba shaxsida shakllangan ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarash jahon ma’rifat taraqqiyoti va 
jamiyatning yuksalishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Bu vazifalarni qo‘yishdan asosiy maqsad, biz XXI asrda ozod va erkin xalq, mustaqil va 
qudratli davlat bo‘lib qadam tashlamoqdamiz. Shunday ekan, barkamol avlod shaxsini shakllantirish, 
jamiyatni iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy yo‘nalishlarini takomillashtirishda ma’naviy-ma’rifiy 
faoliyatning muhim o‘rin tutishini esdan chiqarmaslik lozim.
Milliy qadriyatlar, milliy o‘zlikni anglash, milliy g‘oya, ma’naviy-axloqiy tarbiya, 
ajdodlarimizning bebaho merosi kabilar ma’naviy-ma’rifiy faoliyatning asosini tashkil etadi. 
Ma’naviy-ma’rifiy faoliyat asosida barkamol avlod shaxsini shakllantirish bugungi kunning eng 
dolzarb muammolaridan hisoblanadi.
Ma’naviy-ma’rifiy faoliyat oliy o‘quv yurtining kundalik hayotida, mehnat, ijodiy, ommaviy 
xullas hamma-hamma ishlarida amalga oshirilishi va O‘zbekiston fuqarosining e’tiqodli, o‘z Vataniga 
haqiqiy sodiq bo‘lishiga qaratilishi kerak. O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari 
to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston bayrog‘i, gerbi, O‘zbekiston 
madhiyasi – bu o‘zbekligimiz, haq-huquqimiz, huriyatimiz, ozodligimiz, mustaqilligimiz ramzi 
ekanligini, istiqlol va istiqbol, O‘zbekistonning mustahkam poydevorini mustahkamlash – ma’naviy-
ma’rifiy faoliyatning asosi hisoblanadi.
Ma’naviy-ma’rifiy faoliyatning maqsadi xalqimizning milliy merosiga vorislik va 
umumbashariy boyligini ijro eta oladigan, qadrlaydigan madaniyatli, ma’rifatli barkamol shaxsni 
shakllantirishdir. Buning uchun har bir o‘qituvchi o‘z talabalarida iymon, e’tiqod, sadoqat kabi 
odamiylik fazilatlarini shakllantirish, milliy istiqlol g‘oyasi asosida tarbiyalashi lozim. Bugungi 
kunda har bir talaba xalqimizning asrlar davomida vujudga kelgan o‘ziga xos madaniyati, nodir 
qadriyatlari, an’analari, urf-odatlarini ularning mazmunidagi axloq, odob, insof, iymon, vijdon, 
diyonat, adolat, insonparvarlik kabi kurtaklar milliy istiqlol mafkurasi tufayli yanada 
rivojlanayotganligini, ta’lim-tarbiya jarayonida keng foydalanishi lozim. Chunki bugungi talaba 
milliy istiqlol mafkurasi asosida O‘zbekistonning axloqli, odobli jahon aholisining hurmatiga sazovor 
bo‘lishi lozim. Shunday ekan, uzoq yillar davomida ma’naviy-ma’rifiy faoliyat degan tushunchani na 
o‘quv jarayonida, na ilmiy tadqiqot ishlarida chuqur o‘rganilmaganligini nazarda tutib, oliy ta’lim 
talabasida ma’naviy-ma’rifiy bilimlarni egallash va uni hayotga tatbiq etish ko‘nikma va malakalarini 
shakllantirish ehtiyoji sezilmoqda. Zero, u milliy istiqlol g‘oyasi asosida barkamol shaxsni 
shakllantirishning muhim vositasi hisoblanadi. Shuning uchun ham barkamol avlod shaxsida milliy 
ong, milliy g‘urur, o‘z-o‘zini anglash tuyg‘usi, o‘z Vatan va xalqi bilan faxrlanish hislari, milliy qadr-
qimmat, mas’uliyat, vatanparvarlik va xalqparvarlik-tuyg‘usini shakllantirish muhimdir. Shu bilan 
birga milliy an’analarni, ma’rifat tajribalarini ta’lim-tarbiya jarayonida amalga oshirish talabalarni, 
xalqimizning ma’naviy merosini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshiradi. Bu esa mustaqil 
O‘zbekistonning istiqboli va istiqlolini mustahkamlash va rivojlantirishda, jamiyatdagi barqarorlik, 
tinchlik, millatlar va fuqarolararo totuvligini ta’minlaydi. Insonning ruhiy poklanishi va yuksalishiga 
da’vat etadi. Inson ichki olamini boyitadi. Ma’naviy-ma’rifiy faoliyatning asosiy maqsadi – barkamol 
avlod shaxsini voyaga yetkazish, ularni jamiyatimizning haqiqiy fuqarosiga, ongli fidoyisiga 
aylantirishdir.
Albatta, bu vazifalarni amalga oshirishda oliy o‘quv yurtida ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni 
tashkil etish va uni boshqarish muhim ahamiyatga ega. Chunki talaba ma’naviyatini shakllantirish – 
ma’naviy-ma’rifiy faoliyatning asosiy omili hisoblanadi, bu birinchidan. Ikkinchidan, oliy o‘quv 
yurtida ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni yuqori darajada tashkil etish jamiyat ma’naviyati, mamlakat 
barqarorligi taraqqiyotining muhim sharti va kafolatidir. O‘sib kelayotgan yosh avlod ongida 
ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay jamiyatda yuksak taraqqiyotga erishib bo‘lmaydi. 
Shunday ekan, oliy o‘quv yurtida ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni tashkil etish va boshqarish muhim 
ahamiyatga ega. Uchinchidan, ma’naviy-ma’rifiy faoliyatjarayonida oliy ta’lim muassasalariquyidagi 
yo‘nalishlardagi masalalarni hal etishni nazarda tutishi maqsadga muvofiqdir:



Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish