Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2019-yil, 4-son



Download 2,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/185
Sana04.07.2022
Hajmi2,04 Mb.
#739311
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   185
Bog'liq
2 5463281125877094145

ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2019-yil, 4-son 
111 
Ibtidoiy odamlar tabiat kuchi, tirikchilik qiyinchiligi, kunlik moddiy ehtiyoj uchun turli 
moslamalar, tosh, nukleus, yog‘och, chaqmoqtosh va dioritdan yasalgan mehnat qurollari yordamida 
kun kechirganlar, ov qilib, ov mahsulotlariga ishlov berib, ular iste’molga tayyorlaganlar. Ularning 
mehnat qurollari sifatida turli kirpich, keskich, sixcha, tosh pichoq, diskasimon sanchqi, ushatgich, 
toshdan yasalgan bolta, yupqa tosh parrakcha, xolsedondan yasalgan yupqa plastinka (hayvon 
terisini shilish uchun), tosh parrak (arra o‘rnida) va shu kabilar xizmat qilgan. 
Boltalar chaqmoqtoshdan yasalib, har xil kattalikda bo‘lgan. Ular turlicha maqsadlarda 
(daraxt shoxi va hayvonlar suyagini maydalash, toshni sindirish va yer kovlash uchun) ishlatilgan. 
Poleolit makonida topilgan to‘rtlamchi bosqichga taalluqli pleysseton davri yovvoyi 
hayvonlar – bug‘u, eshak, mamont suyagi, kuydirilgan turli shox va baliq suyagi qoldiqlari 
neondertal odamning yashash tarzi ancha xilma-xil bo‘lganligidan dalolat beradi. 
Neondertal odamning bevosita izdoshi bo‘lgan poleolit davri kromanyun odami faqat ibtidoiy, 
moddiy ehtiyojni qondirish uchun emas, balki tabiat mahsulotlaridan ikkilamchi ehtiyojlar sifatida 
bezak va taqinchoqlar tayyorlaganlar. Madaniy geologik qatlam mavjudligi pleysseton davriga 
to‘g‘ri kelib, o‘rtasi ishqalangan, chiziqli, yupqa yumaloq tosh topilishi o‘sha davr odamining 
tafakkuri rivojlana boshlaganidan darak beradi. 
Poleolit davridan keyingi davrda, mezolit-o‘rta tosh asri, neolit-yangi tosh asri, jez-bronza 
davrida ham tafakkurli odamning shakllanishi davom etdi. Bu davrda ibtidoiy odam O‘rta Osiyoda 
Uzunko‘l, Toypoqko‘l (Farg‘ona), Jonbosqal’a, Suvyorgan (Qoraqalpog‘iston), Katta va Kichik 
tuzkonlar, Zamonbobo (Buxoro), Chust, Amirobod (Xorazm), Sopollitepa (Surxondaryo), Sazog‘on 
va Tim (Samarkand) kabi ko‘plab makonlarda yashab, o‘ziga xos madaniy qoldiqlar qoldirgan. Ushbu 
makonlardan mikrolitik mazmundagi juda ko‘plab mehnat qurollari – qirg‘ich, bolta, bigiz, nukleus, kamon, o‘q va 
boshqalar topilgan. Bular o‘sha davr odamning faoliyati ancha takomillashganligidan dalolat beradi. 
Milodgacha bo‘lgan birinchi ming yillikda dehqonchnlik va chorvachilikning rivojlanishi 
ko‘pgina qabilalarnnng o‘troqlashishiga sabab bo‘lib, tabiiy himoyalangan, tog‘, suv va tik qirlar, jarliklar bilan 
o‘ralgan joylarda turli qabilalar to‘planishib, (M: sak va massaget, skif qabilalari) varlar shaklida yirikrok 
markazlar, shaharlar- Afrosiyob, Xorazm, Shosh, Kesh, Chust, Zur va boshq.) yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan. 
Quldorlik 
tizimida qabilalar markazlashib, shaharlar vujudga keldi va turli 
davlatlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Ana shunday markazlar jumlasiga Ko‘hna Elaton (Farg‘ona), 
Go‘zaliqir va Chirikrabot (Xorazm), 
Afrosiyob (Samarqand), Kangxa (Qozog‘iston) va 
boshqalarni keltirish mumkin. Turli xil davlatlar – Salavkiylar, Yunon - Baqtr davlati, Evtidemlar sulolasi, Toharlar, 
Kangxa (Kangyuy) davlati, Farg‘ona (Parkana) davlati. Kushon podsholigi, Afrig‘iylar, keyinchalik, saljuqiylar 
davlatlari o‘zaro urushlarda boshqalarni engish orqali tez sur’atda rivojlanishga erishadi. 
Milodgacha bo‘lgan birinchi ming yillikning o‘rtalaridan, milod davrigacha bo‘lgan taraqqiyot nishonasi 
sifatida keramika, kulolchilik ustaxonasi, charx qoldiqlarining topilishi buyumlarni ko‘plab ishlab chiqarishga talab 
katta bo‘lganini ko‘rsatadi. Bu davrga oid topilmalar - muhr-gemma, sopol plitalardan qilingan mehroblar, 
terrakotadan yasalgan haykalcha, turli shakldagi sopol idish, ko‘za, to‘rtburchakli, teshikli sug‘d chaqalari va 
boshqalar bu davrdagi taraqqiyotning turli darajada rivojlanganligini bildiradi. 
Shahar va yirik manzillar qalin devor bilan o‘ralib, harbiy istehkomlar darajasida ta’mirlangan. Sopol 
quvurlar bilan jihozlangan ochiq va yopiq sug‘orish tizimi barpo qilingan, bularning barchasini malakali 
hunarmandlar bajarganlar. 
O‘rta Osiyoning mazkur vaqtdagi ma’naviy taraqqiyotini shartli ravishda quyidagi davrlarga 
mansub deyish mumkin: 1. Qadimiy sug‘d (miloddan avvalgi VI-IV asrlar); 2. Sug‘d- ellinistik 
(miloddan avvalgi III-I asrlar); 3. Sug‘d-kangyuy (miloddan avvalgi I-IV asrlar). 
Yaratilgan buyumlarda o‘sha davrdagi turmush tarzi aks ettirilgan: 1-davrga taalluqli topilma, 
2 ta gemmadan birida yoy otuvchi jangchi, ikkinchisida buyniga o‘q sanchilgan serka xamda 
boshida uchburchak shakli bor buqa tasvirlangan, 2-davrga taalluqli bo‘lgan tanga-chaka, 
terrakotadan yasalgan buyum, 3-davrga mos bo‘lgan don va suv saqlash uchun xumdon, to‘qish 
dastgohiga zaruriy qism, terrakota-ma’budacha, haykalcha, uy qoldig‘i, arxitektura va boshqalar 
rivojlanib, yuksalganidan dalolat beradi. Idishlar xilma-xilligi, kadah, kosa, riton, suvdon, ayol 
ziynati, libosi yuqori did bilan tayyorlanishi, mahalliy sug‘dlarda turli din va hunarmandchilik 
madaniyati rivojlanganligini ko‘rsatdi. Bunday holatlardan esa oddiy mehnat qurollari, 
moslamalarining hunarmandchilik buyumlariga, undan keyin esa amaliy san’at darajasida 
tayyorlangan jihozlarga o‘tib borganligini kuzatish mumkin. 
Halq hunarmandchiligi sanoat ishlab chiqarish darajasida taraqqiy etdi. Qo‘l, koranda, 



Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish