ILMIY AXBOROTNOMA
IQTISODIYOT
2017-yil, 4-son
187
Zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida bilimlarni boshqarishning oʻrni va rolini bilish uchun
uning ilmiy tadqiqoti muammosi sifatida mazmun mohiyatini toʻliq tushunib olish maqsadga muvofiq.
Buning uchun, birinchidan; bilimlarni yaratish hamda ulardan foydalanish nafaqat induvidual yoki
jamoa miqyosida, balki mamlakat yoki jamiyat darajasida amalga oshirish maqsadga muvofiq. Buning
oqibatida, fikrimizcha, jamiyat a`zolari, turli ijtimoiy guruhlar, hududlar yoki mamlakat miqyosida
bilimlarni oʻzlashtirish va boshqarish borasida oʻzaro uzviy bogʻliqlik vujudga keladi. Ma’lumki,
jamiyat taraqqiyotining industrial davriga qadar bunday oʻzaro kommunikativ aloqalar, hamkorlik bir
muncha past darajada namoyon boʻlgan. Ammo, ishlab chiqarishning ilmiy, texnik darajasini, mehnat
resurslarining kasbiy malaka darajasini oshib borishi bilan jamiyat miqyosida bilimlarning ijtimoiy
xarakterini toʻliqroq namoyon boʻlishi kuzatila boshlandi. Ikkinchidan; bilimlarni boshqarishni
tashkillashtirishda insonlarni hamjihatlikda (hamkorlikda) faoliyatini oshirish hamda qoʻyilgan
maqsadlarga erishish uchun intelektual resurslarni shakllantirish va foydalanish samaradorligini
oshirish.
Yuqorida e’tirof etilgan holatlarni inobatga olgan holda bilimlarni boshqarishning ta`rifini
quyidagicha keltirishimiz mumkin. Bilimlarni boshqarish bu aniq bir iqtisodiy jarayon boʻlib, uning
ob`yektlari, ya’ni, korxona, tashkilot, tarmoq doirasida bilimlardan foydalanish, targʻib qilish hamda
uni samaradorligini oshirish maqsadida ijtimoiy munosabatlarni tashkil etish shakllari, usullari,
uslublariga boshqaruvchilik ta`sirining yigʻindisidir.
Bilimlarni boshqarishning nazariy asosi boʻlib jamiyatda boʻladigan ijtimoiy-iqtisodiy,
texnologik va biologik jarayonlarning turli jabxalarini qamrab olgan iqtisodiyot, kibernetika,
informatika, huquq, menejment, psixologiya, tizimli tahlil va boshqa fanlar hisoblanadi [3]. Ushbu
fanlar tomonidan bilimlarni ma’lum bir jihatlarini asoslanishi uni real ijtimoiy hayotga amal qilishini,
boshqarishni ta`minlaydi.
Bilimlarni boshqarishdan asosiy maqsad, bir tomondan hozirgi davrdagi jadal ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanish sharoitida bilimlar tanqisligi va ularni eskirishini kuchayishi boʻlsa, ikkinchi tomondan,
bilimlardan foydalanayotgan korxona, tashkilot, muassasalar sub`yektlarini raqobatbardoshligini
oshirish hisoblanadi [2]. Bu holat xozirgi davrda bilimlardan doimiy, tizimli va muntazam
foydalanish yoʻl-yoʻriqlar talab etadi hamda qanday va qaysi yoʻnalishdagi yangi bilimlarga ehtiyoj
mavjudligini, ulardan samarali foydalanishni ta’minlashni belgilab beradi.
Bizning fikrimizcha, hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot davrida insoniyatning bilimlarga
boʻlgan ehtiyojini yuqori darajada boʻlishiga, unga boʻlgan talabning doimiy tanqisligi keltirib
chiqaradi. Demak, yangidan yaratilgan bilimlar ya`ni, ilmiy yangiliklar, ilmiy yutuqlar, ixtirolar
muntazam, tizimli tarzda jamiyatdagi real ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga qoʻllab borilishi lozim. Aks
holda, ularning bilim (ilmiy yangilik) sifatidagi mazmuni yoʻqoladi. Ayniqsa, iqtisodiy resurslar
cheklangan bir sharoitda bilimlar tanqisligi bartaraf etish eng dolzarb masalalardan biridir. Buning
uchun koʻpchilik yetuk mutaxassis-olimlar [4] uchta muhim vazifani bajarish lozimligini
ta`kidlaydilar. Bular :
- bilimlarni oʻzlashtirish – ya`ni hozirda yaratilgan bilimlardan foydalanish va ularni korxona
tashkilot muassasalar ehtiyojiga yoʻnaltirish ;
- bilimlarni egallash – ya`ni insoniyat tomonidan bilimlarni umrbod egallab borishni ta`minlash;
- bilimlarni yetkazish – ya`ni raqobatchilik asosida ilmiy texnik ijod mahsulidan foydalanish,
bilimlarga oid axborot resurslaridan barcha sub`yektlar foydalanishini ta`minlash.
Bizning fikrimizcha, yuqorida ta`kidlangan uch vazifa bilimlarni boshqarish jarayonining asosi
sifatida xizmat qiladi. Bilimlarni boshqarishni tashkil etishda, unga taktik va strategik jarayon sifatida
yondashish maqsadga muvofiq. Boshqarishning taktik jarayoni oʻz ichiga yangi bilimlar haqida
axborotlarni izlash, bilimlar toʻgʻrisidagi axborotlardan foydalanish, bilimlarni oʻzlashtirish,
bilimlarni takomillashtirish va yetkazish kabi jarayonlarni qamrab oladi. Boshqarishning strategik
jarayoni esa, bilimlarni baholash, bilimlarni saqlash, eskirgan bilimlarni yoʻq qilish va yangilash kabi
jarayonlarni oʻz ichiga oladi. Bilimlarni boshqarish jarayonida yuqoridagi holatlarni inobatga olinishi
bir tomondan, bilimlarga boʻlgan ehtiyojni toʻliqroq qondirishga xizmat qilsa, ikkinchi tomondan,
mavjud bilimlarni hamda yangidan yaratilgan bilimlarni jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga keng
qoʻllashga, ulardan samarali foydalanishga sabab boʻladi .
Fa`oliyat turi sifatida bilimlarni boshqarish bu sub`yektlarni bir-birlari bilan va ularni atrof-
muhit ob`yektlari bilan oʻzaro maqsadli uzviy bogʻliqlikdagi aloqa jarayoni boʻlib, uning natijasida
Do'stlaringiz bilan baham: |