ILMIY AXBOROTNOMA
PEDAGOGIKA
2017-yil, 4-son
123
1. Yaxlit tizimning asosiy belgisi aynan tizimiy integral va uni tashkil qiluvchi tarkibiy
qismlarning jamoaviy sifati (yoki sifatlari)ning mavjudligidir.
2. Yaxlit tizimning ajralmas alomati uning tarkibiy qismlari, zero, tizim ulardan tarkib topadi
hamda usiz mavjud boʻla olmaydi. Biroq tarkibiy qismlar tasodifiy obyektlarning yigʻmasi emas. Ular
tizim bilan integratsiyalashgan, aynan ushbu tizimning tarkibi hisoblanadi. Tizimning maqsadga
muvofiq faoliyat koʻrsatishini ta’minlash borasida uni tadqiq qilish, loyihalash, tarkibiy qismlarini
aniqlashga tizimli-tuzilmaviy yondashuv deb ataladi.
Tizimli-tuzilmaviy (amaliy, asosli) yondashuv obyektning tuzilish xususiyatlarini yahlit,
tarkibiy qismlarga berilgan vaqt oraligʻi boʻyicha boʻlaklangan holatda qarab chiqishni koʻzda tutadi.
3. Yaxlit tizim – maqsadli tizim, u muayyan maqsadni amalga oshirishga intiladi. Maqsad
tizimda uni hosil qiluvchi muhim omillardan biri sifatida yuzaga keladi. Biroq, maqsad unga erishish
uchun muayyan harakatlarni amalga oshirishni taqozo qiladi. Tizimning muhitda maqsadga erishish
uchun amalga oshiradigan harakatlari aynan uning funksiyalarini tashkil qiladi. Funksiyalar maqsadga
nisbatan unga erishish usuli sifatida yuzaga chiqadi. Tizimning maqsadga erishish uchun muhitdagi
oʻzini tutishi nuqtai nazaridan tadqiq qilish va loyihalashga tizimli-funksional yondashuv deyiladi.
4. Har qanday tizim oʻzgarmas, barcha davrlar uchun bir xil boʻlib qolmaydi. U absolyut,
abadiy emas, chunki qarama-qarshiliklar mavjudligi unga ham xosdir. Har bir tizim nafaqat faoliyat
koʻrsatadi, balki, shu bilan birga rivojlanadi; u oʻz ibtidosiga ega, u yaralish davrini oʻtaydi, tarkib
topadi va rivojlanadi. Tizimlar nazariyasida tizimning yashash vaqti
uning asosiy tavsifiy belgilaridan
biri hisoblanadi.
5. Tizimni uning vaqt boʻyicha rivojlanishi nuqtai nazaridan tadqiq qilish va loyihalash
tizimli yondashuv deb ataladi.
Tizimli yondashuv obyektning yuzaga kelishi, yaralishi hamda tarkib topishini tizimli-genezis
sifatida belgilab beradi.
6. Har bir tizim oʻz navbatida oʻzidan yuqori darajada turuvchi metatizimning tarkibiy qismi
sanaladi, shu kabi u oʻzidan quyi darajada turuvchi tarkibiy qismlardan iborat. Boshqacha qilib
aytganda, hech bir tizim boshqalardan izolyasiyalanmagan, balki koʻplab aloqalar bilan boshqa turli
tizimiy va notizimiy uyushmalar bilan ta’sirlashib turadi. Tizim oʻziga nisbatan tashqi boʻlgan
muhitda harakatda boʻladi, rivojlanadi, u bilan koʻplab kommunikatsiyalar orqali bogʻlanadi. Tizimni
unga nisbatan mavjud boʻlgan boshqa tizimiy va notizimiy uyushmalar nuqtai nazaridan oʻrganishga
tizimli-kommunikativ yondashish deb ataladi.
7. Tizimga doimiy ravishda oʻzida uning turgʻunligini buzishga qaratilgan ta’sirlar koʻrsatib
turiladi. Ushbu ta’sir avvalo har qanday tizimning ichida mavjud boʻlgan qarama-qarshiliklar
oqibatida yuzaga keladi. Shu bilan birga resurslar yetishmasligi, qattiq cheklashlar kabi tashqi salbiy
ta’sirlar ham mavjud. Bunga qaramasdan tizim yashaydi va rivojlanib boradi. Demak, tashkil etuvchi
qismlarning oʻziga xos yigʻmasi, ichki tuzilma va boshqalar bilan birga boshqa tizim hosil qiluvchi,
tizimni himoyalovchi omillar ham mavjud. Tizimning yashovchanligini ta’minlovchi ushbu omillarga
boshqaruv deyiladi[1].
Bugungi kunda pedagogika fanida ham tizimli yondashuv nazariyasidan muvaffaqiyatli
foydalanilmoqda. Pedagogik hodisalarni tadqiq etishda tizimli yondashishga doir fundamental fikrlar
N.N.Azizxodjayeva, F.R.Yuzlikayev, N.A.Muslimov, U.Sh.Begimqulov, N.M.Egamberdiyeva
kabilarning tadqiqotlarida oʻz aksini topgan.
Pedagogik mahoratni tizimli yondashuv nuqtai nazaridan koʻrib chiqish gʻoyasi esa, XX asrning
70-yillarida tadqiq etila boshlangan. Mazkur yondashuv nuqtayi nazaridan mahorat tushunchasi oʻzida
quyidagi tarkibiy qismlarni qamrab oladi: texnologiyaga doir bilimlar, ularni rivojlanishiga munosabat
va boshqara olish; shaxsiy, jamoaviy ma’naviy qadriyatlar haqidagi bilimlar va ularni yangi mazmun
bilan boyitish koʻnikmasi; pedagogik logika, pedagogik texnika va pedagogik takt, bundan tashqari
har bir pedagogning oʻquvchi taqdiri bilan qiziqishi.
Ana shu asosdan kelib chiqqan holda, boʻlajak oʻqituvchilarning pedagogik mahoratini
takomillashtirishni quyidagi yoʻnalishlarda amalga oshirish lozim:
1. Pedagog shaxsining insonparvarlikka yoʻnalganligi (uning qiziqishlari, qadriyatlari, ideallari).
2. Kasbiy bilimlar (oʻz fanini, uning metodikasini hamda pedagogika va psixologiyani bilish).
3. Pedagogik qobiliyatlar:
- kommunikativ (samimiylik, muloqotchanlik);
Do'stlaringiz bilan baham: |