Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal 2017-yil, 4-son (104) gumanitar fanlar seriyasi



Download 2,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/246
Sana31.05.2022
Hajmi2,54 Mb.
#623286
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   246
Bog'liq
DbPgg06Eeh ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA 
FILOLOGIYA
 
2017-yil, 4-son 
67 
shoir faqat XII asrda, S.Sa’diyev kashf etgan juda muhim hodisa – shaharlar madaniy taraqqiyoti 
munosabati bilan Movarounnahr adabiy hayotining hukumdorlar saroyidan chiqib, keng shahar 
muhitida yoyilishi natijasida

maydonga kelishi mumkin edi.
Ushbu adabiy hodisa shoirlarni saroy muhiti va hukumdorlar ta’siridan chiqarib, ular uchun 
ijodiy erkinlik yaratgan edi. Ana shu ijodiy erkinlik tufayli adabiy faoliyati shahar muhiti bilan bogʻliq 
shoirlar gʻoyaviy mazmun jihatidan ham, janr jihatidan ham turlicha boʻlgan ijodiy tamoyillarni
tanlagan edilar
6.
Bir qator shoirlar hajvnavislik, marsiyagoʻylik, tavhidiy va boshqa “jiddiy” qasidalar 
yozish bilan shugʻullangan boʻlsalar, boshqa guruh koʻpincha ruboiy, qit’adek madehaviy qasida 
bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa janrlarda ijod qilgan. Shatranjiy ijodiyotida sifat va mohiyat jihatidan 
yangi shahar adabiyoti janr erkinligini yoʻzaga keltirgan. Boshqacha qilib aytganda, bu shoirning 
qit’anavislikni qasidanavislik oʻrnida oʻz ijodiga asos qilib olganligi janr erkinligining yorqin bir 
misolidirki, bu davr shahar adabiyoti vakillari ijodiyotida namoyon boʻladi.
Eng muhimi shundaki, Shatranjiy qit’alari shoirlar ijodida asosiy oʻrin olgan va mazmun 
jihatidan voqeiy hayotdan yiroq boʻlgan madehaviy qasidalarga qarama-qarshi hayotiy mazmunlarga 
toʻlib toshgan. Bu she’rlar avvalambor shahar hayoti bilan bogʻliq boʻlib, uning real voqeyani aks 
etadilar. Shoir qit’alari oʻz hayotiy mazmunlari, ayniqsa hikmat va pand-nasihatga doir mavzu-
mundarijasiga binoan shahar doiralari talab va zavqiga muvofiq edi. Ularning Avfiy istilohida “hikmat 
va va’z”ga doir barcha hakimona, pandomoʻz mazmunlari amaliy hikmat, ya’ni inson voqeiy hayotiga 
taalluqlidir. Avvallari davlatdorlar ta’rif-tavsifi bilan shugʻullanib kelgan qasidagoʻy shoir endilikda 
shahar doiralari hayoti taqozosiga binoan hikmat va pand-nasihatgoʻy shoir, jiddiy qalamkashga 
aylangan edi. Binobarin Avfiy Shatranjiyni “Jamol-ul-hukamo” (“Hakim-donishmandlar koʻrki”)
sifat-unvoni bilan tilga oladi. Hakim shoir diqqat-e’tiborini davr voqeiy hayotining turli tuman 
muammolari oʻziga tortgan. Ushbu muammolarni oʻzicha, shoirona tarzda qalamga olib, juda ibratli 
va hakimona nuktalar bayon etgan. Bu borada u shoirlar ustozi Abu Abdullo Roʻdakiy va uning 
zamondoshlari ijodining norasmiy tomoni bilan bogʻliq qit’a she’rlarida oʻz aksini topgan dunyo va 
insonga doir hakimona andeshalar, davr hayoti illatlariga nisbatan norozilik va e’tiroz bildirish 
an’anasini tiklagan va davom ettirgan. Haqiqatan ham olamu odam va hayot muammolarining aks 
ettirilishida Shatranjiy qit’alari va X asr shoirlari qit’alari orasida koʻp umumiyat, oʻxshashliklar 
koʻzga tashlanada. Ammo Shatranjiy qit’alarining salaf shoirlar qit’alaridan farqi ham bor. Uning 
ijodiyotida qit’a asosiy janrga aylangani holda, oldingi davrlar qasidaguy shoirlari ijodiyotida 
norasmiy va ikkinchi darajali she’riy janr hisoblangan.
Shatranjiy qit’alarida shuningdek mazmun boyligi va mavzular rang-barangligi kuzatiladi. 
Avfiy shoir qit’alari mavzu-mazmunini faqat “hikmat va va’z”ga tegishli bilib, chegaralaganiga 
qaramay, bu she’rlarda tilga olingan asosiy mavzudan tashqari yana hajv-mutoyiba, tanqid-tamasxur, 
shikoyat-e’tiroz, ta’rif-tavsif va hokazolarni koʻrish mumkin. Shatranjiy qit’alaridagi mavzular rang-
barangligi va mazmun boyligi hamon janr erkinligining samarasidir.

Download 2,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish