Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal 2017-yil, 4-son (104) gumanitar fanlar seriyasi



Download 2,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/246
Sana31.05.2022
Hajmi2,54 Mb.
#623286
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   246
Bog'liq
DbPgg06Eeh ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA 
TARIX
 
 
2017-yil, 4-son 
29 
1989-yilda 12 tani tashkil etgan boʻlsa, ularning soni mustaqillikdan keyin ya’ni 1995-yilda 80 taga 
yetdi, 2008-yilga kelib esa 140 dan oshdi[2]. Mamlakatimizda 16 ta konfessiyaga mansub diniy 
tashkilotlar erkin faoliyat yuritmoqda. Davlat ta’lim muassasalarida oʻqitish yetti tilda olib 
borilmoqda. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi oʻz koʻrsatuvlarini 12 tilda namoyish etadi. 
“Oʻzbekiston — umumiy uyimiz” shiori ostida doʻstlik va madaniyat festivali 2017-yida oltinchi bor 
oʻtkazildi. 2017-yil 24-yanvarda Respublika Baynalmilal madaniyat markazining 25 yilligi 
munosabati bilan milliy madaniyat markazlarining bir guruh faollarini mukofotlash toʻgʻrisidagi 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni chiqarildi. 
Konstitutsiyamizning 2-boʻlim, 9-bob, 42-moddasiga koʻra: “Har kimga ilmiy va texnikaviy 
ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi. Davlat jamiyatning madaniy, 
ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga gʻamxoʻrlik qiladi”. [3] Ushbu moddada mamlakatimizda 
fuqarolarning erkin ijod qilish, madaniyat yutuqlaridan unumli foydalanish ijtimoiy huquqi,
madaniyat, ilm-fan soha rivojlantirilishi davlat tomonidan kafolatlanishi koʻzda tutilgan. 
Konstitutsiyamizning 2-boʻlim, 11-bob, 49-moddasi: “Fuqarolar Oʻzbekiston xalqining tarixiy, 
ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrashga majburdirlar. Madaniyat yodgorliklari davlat 
muhofazasidadir” [4]. Demak ushbu moddaning mazmuni madaniyat va san’at, umuman milliy 
qadriyatimizni qayta tiklash, rivojlantirish bilan birgalikda ularni asrab-avaylash ham davlat va 
fuqarolarning eng muhim vazifasi ekanligini bildiradi.
Birinchi Prezidentimiz Islom Abdugʻaniyevich Karimov san’atni rivojlantirish masalasiga 
qaratilgan koʻplab Farmonlar chiqarib, sohaning huquqiy asoslarini mustahkamladi. Birinchi 
Prezidentimizning 1996 yil 31 dekabrda PF-1692-sonli “Respublikada musiqiy ta’limni, madaniyat va 
san’at oʻquv yurtlari faoliyatini yaxshilash toʻgʻrisida”gi Farmoni yosh avlodni oʻzbek madaniyati va 
san'ati an'analari, ilgʻor jahon andozalari asosida bilim olishini ta'minlash hamda ushbu soha 
oʻqituvchi, ilmiy-ijodiy xodimlari mehnatini ragʻbatlantirish, shuningdek, respublika madaniyat va 
san'at bilim yurtlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida chiqarilgan edi 
[5]. 
Mazkur huquqiy hujjat asosida musiqiy ta’lim, madaniyat va san’at oʻquv yurtlari faoliyati tartibga 
solindi, samaradorligi oshirildi va bu oʻz navbatida mamlakatimizda madaniyat va san’atning
rivojlanishiga xizmat qildi. 
Milliy raqs va xoreografiya san'atini yanada rivojlantirish, oʻzbek raqs san'atining tarixiy 
an'analarini va usullarini tiklash, avaylab-asrash hamda boyitish, millatimizning oʻziga xos sharqona 
fazilatlari, boy ma'naviyatiga monand raqslarni targʻib etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, 
milliy raqs yoʻnalishlari boʻyicha uzoq muddatli, maqsadli dasturlar tayyorlash, raqs san'atini 
xalqimizning yuksak ma'naviyati va nozik didiga zid boʻlgan yuzaki, nooʻrin tanqidga asoslangan 
xatti-harakat va liboslar xurujidan saqlash, maxsus ta'lim tizimini takomillashtirish, malakali kadrlarga 
boʻlgan ehtiyojni toʻlaroq qondirish hamda bu soha tashkilotlarining moddiy negizini mustahkamlash 
maqsadida Oʻzbekiston Resbuplikasi Prezidentining 1997 yil 8-yanvarda PF № 1695 
sonli“Oʻzbekistonda milliy raqs va xoreografiya san’atini rivojlantirish toʻgʻrisida” Farmoni e’lon 
qilindi[6]. Mazkur farmon tufayli milliy raqs birlashmasi («Oʻzbekraqs») tashkil etildi, bugungi 
kunga kelib san’at sohasiga iztisoslashgan ta’lim muassalarida milliy raqs va xoreografiya san’ati 
alohida oʻrniga ega boʻldi va bu san’at sohasi yildan yilga rivojlanib kelyapti. Prezidentimiz qoʻllab-
quvvatlashlari natijasida Milliy raqs san’atimiz xalqaro sahnalarga chiqarildi va butun jahon e’tiboriga 
tushdi.
Birinchi Prezidentimizning 1995-yil 20-oktabrda qabul qilingan “Oʻzbekistonda teatr va musiqa 
san’atini yanada rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 
hamda 1998-yil 26-martda imzolangan “Oʻzbekiston teatr san’atini rivojlantirish toʻgʻrisida”gi 
farmonlari yurtimiz madaniy hayoti, teatr san’ati tarixida katta voqea boʻldi. Oʻzbekiston 
Respublikasi Prezidentining PF № 1980-sonli “Oʻzbekiston teatr san’atini rivojlantirish toʻgʻrisida”
Farmoni Oʻzbekistonda asrlar osha yashab kelayotgan tomosha-san'ati an'analarini oʻrganish, boyitish 
va targʻib qilish, teatr san'atini har tomonlama rivojlantirish, moddiy-texnik negizini yanada 
mustahkamlash, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ma'naviy-ma'rifiy islohotlarda teatr 
arboblarining faol ishtirokini ta'minlash, milliy va umumbashariy qadriyatlarni tarannum etuvchi 
badiiy barkamol sahna asarlari yaratish, maxsus ta'lim tizimini zamon talablariga mos holda 
takomillashtirish, yuqori malakali kadrlarga boʻlgan ehtiyojni toʻlaroq qondirish maqsadida qabul 
qilingan edi[7]. Ushbu farmon mamlakatimiz teatr san’atini va san’at faoliyatini rivojlantirishda eng 



Download 2,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish