ILMIY AXBOROTNOMA
FALSAFA
2017-yil, 4-son
34
oshganligidir. Shu bilan birga bizning mamlakatimizda ham axborot falsafasiga oid ilmiy tadqiqotlar
mavjud
[
8-10; 25
]
. Ushbu tadqiqotlarda axborot tushunchasining falsafiy muammolari, axborotning
ontologik, epistemologik, gnoseologik hamda sinergetik tahlili, axborot fenomeni yoritilmoqda.
Masalan, Sh.S.Qoʻshoqovning ilmiy tadqiqoti «axborot» tushunchasi va uni turlarining falsafiy-
metodologik tahliliga bagʻishlangan
[
9
]
.
Umuman olganda, bugungi kunda axborotga ega boʻlish hamda undan asosiy manba va
sivilizatsiya rivojlanishining ustuvor omili sifatida keng foydalanish insoniyatni tizimli tanglikdan
chiqish va hozirgi davrning aksariyat global muammolarini, shuningdek kelajakda vujudga keladigan
muammolarni hal qilishga umidvor qiladi. Xoʻsh, axborotga ega boʻlish talabi nimani bildiradi?
Avvalo, bu uning tabiatini, ya’ni konseptual falsafiy mohiyatini adekvat tarzda tushunish zaruriyatidir
[
5
]
. Keyingi talab tabiat va jamiyat, shuningdek inson evolyutsiyasi jarayonlaridagi axborot
ahamiyatini tushunish zaruriyatidan iborat. Tadqiqot natijalari koʻrsatib turganidek, “axborot va
informatsion oʻzaro ta’sir jarayonlari muhim oʻrin egallagan hozirgi zamon olam manzarasi faqat shu
asosda qurilishi mumkin”
[
4, B.12
]
. Aynan shuning uchun axborot tabiatini falsafiy anglash dolzarb va
strategik jihatdan muhim ilmiy muammo boʻlib qolmoqda.
Hozirgi kunda olimlarning axborot falsafasiga qiziqishini oshirishga qanday omillar
koʻmaklashadi? Bunda birinchi navbatda zamonaviy ilmiy dunyoqarashni shakllantirish dolzarb
muammosini koʻrsatish joiz, unda informatsion jihatlar insonning informatsion yashash muhiti va
faoliyatining shiddatli rivojlanishi tufayli muhim boʻlib bormoqda. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki,
“bugungi kunda bunday dunyoqarash nafaqat olimlar, balki davlat arboblari, siyosatshunoslar,
pedagoglar, har bir oʻqimishli odam uchun kerak”
[
6, 84
]
.
Ikkinchi omil sifatida axborot fanining fanlararo ahamiyatini koʻrsatish mumkin, uning
konsepsiya va usullari tabiat, jamiyat va insonni ilmiy tadqiq qilishning turli yoʻnalishlarida tobora
keng foydalanilmoqda. Rossiya va chet el olimlarining tadqiqotlari koʻrsatganidek, har qanday tirik
organizm, oʻz mohiyatiga koʻra, juda murakkab axborot tizimidir, uni oʻrganish uchun axborot
toʻgʻrisidagi fanning fundamental qonuniyatlarini, shuningdek ushbu hodisaning turli informatsion
muhitlarda namoyon boʻlishi ajoyib xilma-xilligini bilish va ulardan foydalanish zarur
[
18
]
.
Xulosa qilib aytganda yuqorida sanab oʻtilgan omillarning ilmiy tadqiqotlar metodologiyasi
rivojlanishiga boʻlgan ta’siri ortib boradi. Aynan bu hol axborot falsafasi rivojlanishini va uning
yutuqlariga asoslangan ilmiy dunyoqarashni zamonaviy fanning keyingi rivojlanishidagi gʻoyat
dolzarb va strategik jihatdan muhim muammoga aylantiradi. Shuning uchun ham hozirgi kunda
axborot falsafasiga boʻlgan qiziqish ortib bormoqda, buning sababi bir tomondan axborotning
ontologik va gnoseologik mohiyati boʻlsa, ikkinchi tomondan axborotning etik va antropologik
xususiyatlaridir. Shu bilan birga, bugungi kunda axborotga oid fanlarning falsafiy va ilmiy-
metodologik jihatlarini oʻrganish sohasida ba’zi istiqbolli tadqiqot yoʻnalishlari, shuningdek fanlararo
tadqiqotlar va fanlar integratsiyasini rivojlantirish uchun ularning ahamiyati koʻrib chiqilmoqda.
Bizning nazarimizda, fan integratsiyasi maqsadida qilinishi kerak boʻlgan qadamlardan biri bu –
axborot falsafasi sohasini rivojlantirish va u qoʻlga kiritgan yutuqlardan keng foydalanish hamda
axborot fanlarini rivojlantirishdir. Shuning uchun axborot falsafasining asosiy konsepsiyalaridan,
shuningdek axborot fanlari usullaridan fanning boshqa sohalarida foydalanish ushbu sohalarda yangi
natijalarga erishish hamda fanning oʻzini integratsiyasiga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |