Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal 2017-yil, 4-son (104) gumanitar fanlar seriyasi



Download 2,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/246
Sana31.05.2022
Hajmi2,54 Mb.
#623286
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   246
Bog'liq
DbPgg06Eeh ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA 
FILOLOGIYA
 
2017-yil, 4-son 
90 
Tashxis va jonlantirish san’ati jahon adabiyotining ilk badiiy san’at namunalaridan boʻlib, 
uning vujudga kelishi uzoq tarixga borib taqaladi. Bu badiiy san’at turining vujudga kelishi, ibtidoiy 
zamon odamlarining paydo boʻlishi va ularning ibtidoiy ongi rivojlanishi bilan bevosita bogʻliqdir. 
Shuni aytish kerakki, ibtidoiy davr odamlarining qarashlarida tabiatda yuz beradigan har bir voqea, 
hodisa jonli tarzda namoyon boʻladi. Ibtidoiy zamon odamlari dunyoni yaratilishi va tabiatning 
tarkibiy unsurlari toʻgʻrisida bilimga ega emas edilar va bu esa ularning tabiatda yuz beradigan voqea 
va hodisalarning asl mohiyatini anglashga xalaqit berar edi. Shuning natijasida, ular tabiatdagi voqelik 
va hodisalar toʻgʻrisida turli mifologik va afsonaviy xulosalar chiqarib, ularni eng qadimgi va badiiy 
adabiyotning dastlabki namunalari afsona va qadimiy mifologik dostonlarda aks ettirishgan. Tashxis 
va jonlantirish san’atining ilk namunalari xalq ogʻzaki ijodiyotida ifoda etilishi toʻgʻrisida bulgʻor 
olim Mixail Arnaudov oʻzining «Psixologiya literaturnogo tvorchestva» kitobida quyidagicha fikr 
bildiradi: «O`lik tabiatni jonlantirish adabiyotning qadimgi tasvirlash turlaridan hisoblanadi. Uning 
rivojlanishini biz bolalar ruhiyatida, past saviyadagi ibtidoiy odamlar va qabilalar misolida koʻrishimiz 
mumkin. Tabiatni sodda tushunishning analogiyasiga asoslanib shuni aytishimiz mumkinki, ibtidoiy 
odamlarning yashash tarzi bu xulosani chiqarishimizga asosdir. Qadimgi zamon odamlari atrofdagi 
ashyo va jismlarga jonli narsaga munosabatda boʻlganday munosabat qilardilar. Ularni oʻz 
qarashlarida jonli va ma’lum quvvatga ega deb hisoblab, ulardan ma’lum darajada hayiqardilar»
[1:232-233]. Yuqorida keltirilgan tarifdan shunday xulosa chiqarish mumkinki, tashxis ibtidoiy 
insoniyatning mifologik tasavvurlari va qarashlaridan vujudga kelgan. M. Arnaudov bu borada 
quyidagicha fikrini davom etiradi: «Jonsiz narsalarining jonlanish holatlari tirik qolish uchun 
kurashdir. Jonsiz narsalar, badiiy ijodiyot imkoniyati bilan jon olib, inson harakatlarini bajaradi va 
jonlantirish san’at shaklida namoyon boʻladi» [1:232-233]. 
Xalq ogʻzaki ijodiyotidi tashxis koʻp koʻzga tashlanishining yana bir omili, ibtidoiy 
odamlarning diniy va falsafiy aqidalariga bogʻliqdir. Qadimgi davr xalq ogʻzaki ijodiyoti matnlari va 
diniy mazmunlarga asoslangan asotir-miflarda tashxis va jonlantirish san’ati katta oʻrin egallagan. 
Ibtidoiy davr odamlarining tabiat va uning hodisalariga boʻlgan munosabatlarini ifodalaydigan asotir 
va miflar oʻz navbatida tashxis va jonlantirish san’atiga boydirlar. 
Qadimgi zamonda, insoniyat hali chuqur bilimga ega boʻlmagan davrda, tabiatning har bir 
ashyo va narsalarini jonli deb tasavvur etardi. Aksar holatda ibtidoiy davr vakillari ba’zi bir jonsiz 
narsalarni jonlantirib, ularni hatto xudolik darajasiga yetkazishganlar. Bu shuni koʻrsatadiki, ibtidoiy 
davr insonlarining tabiat va undagi mavjudotlar toʻgʻrisidagi munosabatlari vaqt oʻtishi bilan oʻzgarib 
ideallashgan. Masalan, Oriylarning birinchi xudosi sof osmon va muhit boʻlgan. Ba’zi paytda, joylarda 
uning nomi «Nana» deb atalgan. Hindlarning muqaddas kitobi «Varuna»da, «Diyouq», keyinroq 
«Dev» nomi bilan keltirilgan [4:18]. Agar bu masalaning vujudga kelishiga nazar solsak, avvalo 
qadimgi zamon odamlari osmon jismlarini jonli deb hisoblashgan. Ularning nazarida osmondagilar 
ular uchun rizq va ozuqa joʻnatishadi va agar jahllari chiqsa, toʻfon, qor, shamol va turli ofatlarni 
yuborishadi. Keyinroq ular bu masalada ildamlashib, osmonning jonli ekanligiga ishonib, uni 
insonlarga ta’sir eta oladi deb oʻylab, Voruna eng birinchi Xudo deb tan olishadi. Osmonni dastavval 
jonli tarzda tushunib, keyinroq Xudo sifatida e’tirof etishlarini adabiyotshunos olim Xoliq Mirzozoda 
quyidagicha ta’riflaydi:«Qadimgi falsafiy, ijtimoiy va diniy fikrlardan ma’lumki, qadimgi zamon 
odamlari shuurining pastligi, tajriba va bilimning, ishlab chiqarish asboblarining kamligi va mehnat 
samarasining koʻrsatkichi pastligi tufayli, tabiat qonunlarini tushunishda ojizlik qilganlar va voqea-
hodisalarning asl mohiyatini tushunmasdan, yashash tarzini soddalashtirish uchungina turli ertak va 
fantastikalarni toʻqishgan»[4:46]. 
Oriyoniy xalqlar miflarida Quyosh Vorunaning koʻzi, ya’ni Osmonning koʻzi sanalgan. 
Momoqaldiroqni uning oʻgʻli, yulduz va sayyoralarni Vorunaning jilodor kiyimi sanashgan. Shundan 
ma’lum boʻladiki, tabiatning moddiy unsurlari qadimgi zamon asotir va miflarida oʻzlarida jonlantirish 
xislatini ifoda etib, er yuzidagi insonlar xarakteriga ega boʻlganlar. 
Tashxis yo jonlantirish san’ati tasvirlashda keng imkoniyatga ega boʻlib, moddiy va ma’naviy 
unsurlarni jonlantirishda koʻp qoʻllaniladi. Tabiatdagi vahshiy hayvonlar va qushlarni tasvirlashda bu 
badiiy san’at turi oʻziga xos imkoniyatlarga ega. Fors-tojik mumtoz adabiyoti tarixida turli hayvonlar 
va qushlarni, jumladan, tulki, sher, sigir, tovuq, toʻti, boʻri, fil, ot, qoplon, chumoli, qargʻa, it, mushuk 
va boshqa jonivorlarning badiiy adabiyotda insonga xos sifatlarini oʻzida gavdalantirib, odamlardagi 
xarakter va sifatlarni olganini koʻrishimiz mumkin. Mumtoz she’riyatda tabiatdagi hayvonlar va 



Download 2,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish