Samarqand choy qadoqlash fabrikasi–e
ng to‘ng‘ich sanoat korxonalaridan biri. O‘zbekiston
yog‘- moy va oziq – ovqat sanoati uyushmasi tarkibida faoliyat ko‘rsatadi. Davlat korxonasi 1923 yilda
tashkil etilgan. 1938-yilda fabrikaning yangi binosi ishga tushirilgan, 2 jahon urushi davrida kengaytirilgan.
1950-1960-yillarda yiliga 12-15 ming tonna choy ishlab chiqarilgan. 1980-1990 yillarda qo‘shimcha
zamonaviy choy qadoqlash uskunalari o‘rnatilib, yillik choy ishlab chiqarish quvvati 28-30 ming tonnaga
yetkazilgan. 1996-yilda korxonada Hindistonda ishlab chiqarilgan texnologik uskunalar o‘rnatilib, choy
qadoqlash yangi rangli polimer plyonkalardan foydalanish joriy etildi. Fabrikada qadoqlanayotgan choy
mahsulotlari va yordamchi mahsulotlar, asosan, Hindiston va Xitoydan keltiriladi. Mahsulotlar
O‘zbekistonning ichki bozoriga sotiladi. 2002-yilda 2238 tonna choy qadoqlangan mahsulot ishlab
chiqarilgan.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikning dastlabki yilllarida aholining ehtiyojlarini
qondirish maqsadida yengil sanoat rivojlanishga katta e’tibor berdi, buning natijasida, “
Samarqand
shahridagi sutkasiga 7,5 tonna polepropilin ip ishlab chiqaruvchi “
Siyovush –Altra Samarqand”
mas’uliyati cheklangan jamiyati; Samarqand shahrida yiliga
7,5 mln. pogonametr tekstil mahsulotlarini
bo‘yaydigan “Samarqand–Texmagmato”
qo‘shma korxonsi; Oqdaryo tumanidagi yiliga 90,0 ming metr
kvadrat gilam mahsulotlari ishlab chiqaruvchi
“Muhammad- Yusuf –Tekstil”
qo‘shma korxonasi” [20],
ishga tushrildi.
Samarqand viloyatida 2010-2012 yillarda nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi
korxonalarni ishga tushirish bo‘yicha manzilli Dastur doirasida gilam va gilam mahsulotlari, erkaklar va
ayollar uchun kostyum, xo‘jalik mollari, galanteriya mahsulotlari, erkaklar va ayollar uchun sport
poyafzallari, tikuv buyumlari va mebellar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan 6 ta yangi korxonalar tashkil
qilingan va 6 tasida modernizatsiya ishlari amalga oshirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yilning 28-yanvardagi “Mahalliy nooziq-ovqat
iste’mol tovarlari ishlab chiqarish kengaytirilishini rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora tadbirlar
to‘g‘risida”gi PQ-1050-sonli qarori asosida 18 ta turdagi nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqarish
belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 15-dekabrdagi 1442–sonli qaroriga asosan
viloyatda 2011-2015-yillarda sanoatni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini ta’minlash chor-tadbirlar
Dasturining ijrosi bo‘yicha viloyatda 2011-yilning birinchi choragida jami 16 ta (123 foiz) loyihalar amalga
oshirilgan. Jumladan: “13 ta nooziq – ovqat va 3 ta oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish loyihalari bo‘yicha
Do'stlaringiz bilan baham: |