Issiqxona



Download 80,5 Kb.
bet2/4
Sana26.08.2021
Hajmi80,5 Kb.
#156520
1   2   3   4
Bog'liq
Issiqxona

Issiqxona ekinlari - issiqxonalarda oʻstiriladigan oʻsimliklar. I. e. ga, asosan, pomidor va bodring , qisman limon, gullar, barra piyoz, rediska, koʻkat sabzavotlardan ukrop, salat, petrushka, shuningdek, shampinon zamburugʻi, ovqatga yangiligida ishla-tiladigan ziravorlar, salaLir va manzarali oʻsimliklar kiradi. I. e. ni oʻstirish usullari: doimiy joyga ekish, koʻchat qilib oʻtqazish, yetiltirish, oʻsishni tezlatish. I. e. yorugʻni koʻp talab etadi. Salatbop sachratki va shampinon qorongʻida oʻstiriladi. I. e. ning haroratga talabchanligi har xil. Bodring , qovun, tarvuz, pomidor, baklajon, qalampir, piyoz, petrushka, selderey yuqori harorat (18—28°) da; gulkaram, rediska, salat, kolbari, ukrop va b. moʻʼtadil harorat (12—16°) da oʻstiriladi. Bahor-yoz oylarida bodring , pomidor, salat, gulkaram va b.; kuzqish oylarida pomidor, koʻk piyoz, gulkaram, salat, selderey, petrushka va b. yetishtiriladi. Bodring tugishi va mevalarning oʻsishi uchun fotosintetik aktiv radiatsiyaning (FAR) minimal oʻrtacha kunlik yigʻindisi 28 kkal/sm2 ni, pomidor uchun esa 38 kkal/ sm2 ni tashkil etishi lozim. Oʻzbekistonda FARning dek.—yanv. oylaridagi yigʻindisi 2620—3390 kkal/sm2 tashkil etadi. Kuzqish davrida bodring yetishtirish uchun tuvakchalarda yetishtirilgan kuchatlar sent. da issiqxonaga oʻtkaziladi, okt. ning 2-yarmidayoq ulardan hosil olinadi. Kishki issikxonaga bodring urugʻi dek. ning oxirida ekiladi, 40—45 kunlik koʻchati esa yanvar ning 2-yarmi—fev. ning boshlarida oʻtkaziladi. Bahorgi issiqxonalarga koʻchat martning boshlarida oʻtqaziladi. Kuzqish davrida pomidor yetishtirish uchun urugʻi iyulda tuvakchalarga ekilib, kuchatlarni avg . da issiqxonaga oʻtkaziladi. Qish-koʻklam davridagiga esa urug dek. ning boshida sepilib, koʻchati fevral ning boshlarida issiqxonaga oʻtkaziladi. Bahorgi issiqxonalarga faqat martning boshlarida koʻchat oʻtqazish mumkin boʻlganligi sababli, urugʻ yanvar boshlarida ekiladi. I. e. ning hosili oʻsimliklarning isteʼmol qilinadigan qismlari (barg , poya, ildizmeva, meva, tugunak va b.) yetilishiga qarab yigʻishtirib olinadi.

Hovuz — suv yigʻish va saqlash uchun qazilgan chuqur joy; ichimlik suvi saqlanaligan sunʼiy suv havzasi. H.ning toʻrtburchak, aylana, koʻp (6— 8) qirrali koʻrinishga ega turlari mavjud. Urta Osiyo va Yaqin Sharqning ayrim mamlakatlarida keng tarqalgan; asosan masjidlar yonida shaharlar maydonlari, bogʻlar, chorbogʻlar, saroy hovlisi va boshqalarda bunyod etilgan; atrofi toshlar bilan qoplab yoki daraxtlar ekib mustahkamlangan. H.lar favvoralar bilan bogʻliq boʻlgan. H.ning qadimdan meʼmorlikda ahamiyati katta boʻlgan. Qad. Misrda toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi H. yoʻlkaning 2 tomo-nida bunyod etilgan. Keyinchalik meʼ-moriy majmualar mujassamotida H.dan unumli foydalanila boshlangan: Agradagi Tojmahal, Buxorodagi Sitorai Mohi Xosa, Labihovuz, bolohovuz va boshqa shular jumlasidan. 18-asrga oid yozma manbalarda qayd etilishicha, Toshkentning markaziy may-doni — Registon va Shayxontohurda eng katta H.lar boʻlgan, uning atrofida tut, chinor daraxtlari oʻsgan, qoʻlyozmalarga ishlangan miniatyuralarda ham H. oʻz ifodasini topgan. Turkiya meʼmorligida uy devorlariga taqab yarim aylana shaklida bunyod etilgan H.lar ham uchraydi. Marmar qoplab ishlangan H. bejirim koʻrinishga ega boʻlgan, sirtlari ravoqlar, guldastalar, jez panjaralar bilan bezatilgan.

Buxoro shahrida 300 dan ortiq H. boʻlganligi 19-asr hujjatlarida qayd qilingan. 20-asrda esa sanitariya talablari bahonasi bilan aksari H.lar quritib oʻrniga binolar qurilgan. Hozirda Oʻzbekiston hududida tabiiy sharoitlarni hisobga olgan holda H. (suv havza)lar bunyod etiladi, ular favvoralar bilan uygʻunlikda ajoyib manzara, soʻlim maskanlar hosil qiladi. Shuningdek, suzishga moʻljallangan H.ning usti ochiq va yopiq turlari koʻplab quriladi.




Download 80,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish