14-rasm.
Lenta tortish – tekislash regulyatori sxemasi :
1- lenta tortuvchi silindrlar ; 2- ta’minlovchi silindrlar ; 3- lenta qalinligini sezuvchi datchik ; 4- xotira elementi ; 5- tortuvchi valiklar yuritmasi .
Notekislik sezgichi 3 ta’minlovchi silindr valiklari 2 dan oldin o’rnatiladi. Lenta qalinligi ortsa buni sezgich 3 qayd qiladi va uni uzatish uchun qulay signalga aylantirib xotira ( eslab qoluvchi ) qurilmaga 4 uzatadi. Qurilma 4 oldindan belgilangan ma’lum vaqt ( ya’ni lentadan notekislik to’g’risidagi signal lentani sezgich 3 dan lenta tortuvchi silindrlar 1 ga kelguncha o’tadigan vaqt ) o’tgandan keyin lentani tortuvchi 1 silindrlarning aylanish tezligini o’zgartiradi. Buning uchun xotira elementi ana shu vaqt o’tishi bilan tortuvchi valiklar yuritmasi 5 ga ta’sir qiladi va yuritma tezligini o’zgartiradi. Valiklar lentaning qalin qismini cho’zib tekislaydi.
Ma’lumki, notekislik sezgichi 3 lenta qalinligini qayd qilgan keyin bu qalinlik iortuvchi valiklarga etib borguncha t = l / V1 vaqt
Bu erda
l - datchik bilan tortuvchi valik oralig’i ,
V1 - tortuvchi valikkacha bo’lgan oraliqdagi lentaning siljish tezligi.
Xotira elementi 4 tortuvchi valiklarga bo’ladigan boshqaruvchi signal ta’sirini huddi o’u vaqt t ga kechiktirish uchun hizmat qiladi. Tortuvchi valiklar tezligi lentaning qalin yoki yupqa qismi etib kelgandagina o’zgaradi va unga tekislovchi ta’sir ko’rsatadi. Qalin qismini ko’proq, yupqa joyini esa kamroq cho’zadi.
Lenta mashinalarida lentani avtomatik tekislash sistemalarini tuzishda mehanik (diskret) xotira qurilmalaridan keng foydalaniladi (15-rasm).
1 5-rasm.
Mexanik xotira elementi :
1- baraban ; 2- shtirlar ; 3- kiruvchi signal surilgichi ; 4- chiquvchi signal surilgichi.
Qurilma baraban 1 va unda o’rnatilgan shtirlar 2 dan iborat bo’lib, shtirlar surgich 3 tomontdan aksial yo’nalishda surilishi mumkin.Agar bu surish mehanik sezgichning ustki roligini (13-rasm, v) notekislik tufayli surilishiga muvofiq bo’lsa, unda xotira qurilmasiga kiruvchi signal Xk bo’ladi. Surilgan shtirlar ma’lum kechikish bilan surgich 4 ga etib kelganda chiqish signali Xch hosil bo’ladi. Baraban 1 ma’lum o’zgarmas tezlikda aylanib turadigan bo’lsa, sezgich 3 tomonidan surib qo’yilgan shtir surgich 4 tagiga borganda u ham aksial yo’nalishda harakat qiladi, lenta tortuvchi silindrlar yuritmasi 5 ning tezligini sezgich 3 ( 14-rasm) berilgan signalga muvofiq o’zgartiradi. SHtirlar orasidagi signalning kechikish vaqti t1 ma’lum bo’lganligi tufayli baraban 1 dagi 3 va 4 surgichlarning shtirlar ustida o’rnatilish burchagi ifoda φ=nt1 ga muvofiq hisoblanadi. Silindrlar tezligining lenta notekisligiga muvofiq o’zgarishi burchak φ ga kechikadi. Lenta notekisligi tortuvchi silindrlarga kirish bilan bir vaqtda silindrlarning aylanish tezligi ham lenta notekisligiga muvofiq o’zgara boshlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |