Issiqlik sig‘imi



Download 92,55 Kb.
bet1/4
Sana18.01.2022
Hajmi92,55 Kb.
#388078
  1   2   3   4
Bog'liq
3-rejaga


Issiqlik sig‘imi

Jismning issiqlik sig‘imi deb, shu jism haroratini bir darajaga ko‘tarish uchun unga berish lozim bo‘lgan issiqlik miqdoriga aytiladi. Jism bir darajaga soviganda u shuncha miqdordagi issiqlikni beradi. Issiqlik sig‘imi jism massasiga proporsional. Jism massa birligining issiqlik sig‘imi solishtirma issiqlik sig‘imi, solishtirma issiqlik sig‘imining atom yoki, molekula massasiga ko‘paytmasi mos ravishda atom yoki, molekulyar issiqlik sig‘imi deyiladi.

Turli moddalarning issiqlik sig‘imlari bir-birida katta farq qiladi. Masalan suvning 20 °C dagi issiqlik sig‘imi - 4200, qayin daraxtiniki 1700, havoniki 1010 J/(kg·K) ni tashkil qiladi. Metallarda u kichikdir: alyumiyniyniki 880, temirniki 460, misniki 385, qo‘rg‘oshinniki 130 J/(kg·K). Solishtirma issiqlik sig‘imi harorat ortishi bilan sekin o‘sadi (90 °C da suvning issiqlik sig‘imi 4220 J/(kg·K) ni tashkil qiladi) va fazaviy o‘tishlarda keskin o‘zgaradi: 0 °C dagi muzning issiqlik sig‘imi, shu haroratdagi suvnikidan 2 marta kichik; 100 °C dagi suv bug‘ining issiqlik sig‘imi 1500 J/(kg·K) ga yaqin.

 

Issiqlik sig‘imi jism haroratining o‘zgarishi qanday sharoitda yuz berayotganiga bog‘liq bo‘ladi. Agar jism o‘lchamlari o‘zgarmayotgan bo‘lsa, barcha issiqlik ichki energiyaning o‘zgarishiga sarflanadi. Bunda o‘zgarmas hajmdagi issiqlik sig‘imi Cv haqida gap boradi. o‘zgarmas tashqi bosimda issiqlik kengayishi tufayli tashqi kuchlarga qarshi ham mexanik ish bajariladi hamda u yoki bu haroratgacha qizdirish uchun ko‘proq issiqlik kerar bo‘ladi. Shuning uchun ham o‘zgarmas bosimdagi issiqlik sig‘imi Cp hammavaqt Cv dan katta bo‘ladi. Ideal gazlar uchun Cp-Cv=R, bunda R - gaz doimiysi bo‘lib, u 8,32 J/(mol·K) ga teng.



Odatda Cp o‘lchanadi. Issiqlik sig‘imini o‘lchashning mumtoz usuli quyidagicha: issiqlik sig‘imi (Cx) o‘lchanmoqchi bo‘lgan jism muayyan tx haroratgacha qizdiriladi va uni issiqlik sig‘imi avvaldan aniq ma'lum bo‘lgan biror suyuqlik (masalan suv) bilan to‘ldirilgan t0 boshlang‘ich haroratli kalorimetrga tushiriladi (Ck va Cc - kalorimetr suyuqliklarining issiqlik sig‘imlari). Issiqlik muvozanati o‘rnatilgach, kalorimetrdagi (t) haroratni o‘lchab, jism issiqlik sig‘imini quyidagi formuladan hisoblash mumkin:

Cx=(t-t0)(Ccmc+Ckmk)/mx(tx-t), bunda mx, mc va mk - mos ravishda, jism, suyuqlik va kalorimetr massalaridir.

Gazlarning issiqlik sig‘imi nazariyasi juda rivojlangan. Odatdagi haroratlarda isitish asosan gaz molekulalarining ilgarilanma va aylanma harakat energiyalarining o‘zgarishlariga olib keladi. Bir atomli gazlarning molyar issiqlik sig‘imi Cv uchun nazariya 3R/2, ikki atomli va ko‘p atomli gazlar uchun esa, 5R/2 va 3R ni beradi. Juda past haroratlarda issiqlik sig‘imi kvant effektlar tufayli bir oz kichik bo‘ladi. Yuqori haroratlarda tebranma energiya qo‘shiladi va ko‘p atomli gazlarning issiqlik sig‘imi harorat ko‘tarilishi bilan o‘sib boradi.

mumtoz nazariyaga ko‘ra, kristallarning atom issiqlik sig‘imi 3R ga teng bo‘lib, u Dyulong va Pti empirik qonuniga (1819-yilda farang olimlari P. Dyulong va A. Pti tomonidan o‘rganilgan) mos keladi. Issiqlik sig‘imining kvant nazariyasi yuqori haroratlarda shunday xulosalarga olib kelsa-da, u harorat pasayganda issiqlik sig‘imining kamayishini ham ko‘rsatib berdi. Mutlaq nol yaqinida barcha jismlarning issiqlik sig‘imi nolga intiladi (termodinamikaning uchinchi qonuni).

Bеrilgan massali gazni holatini haraktеrlash uchun bosim , hajm va tеmpеratura kabi paramеtrlardan foydalaniladi. Agar gazning holati o’zgarmasa bu paramеtrlarning hammasi yoki bir qismi o’zgaradi. O’zgarmas tеmpеraturada hajmning o’zgarishi bilan gazning bosimi o’zgarsa, bunday jarayonga izotеrmik jarayon dеb ataladi. O’zgarmas bosimda tеmpеratura ta'sirida hajm o’zgarsa. Bunday jarayonga izobarik jarayon dеb ataladi.

O’zgarmas hajmda tеmpеratura ta'sirida bosim o’zgarsa, bunday jarayonga izoxorik jarayon dеyiladi. Idеal gazning holat tеnglamasini o’rganishdan oldin, molеkulyar-kinеtik nazariya yaratilguncha topilgan bir nеcha gaz qonunlarini o’rganib chiqamiz.




Download 92,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish