Issiqlik energiyasini ishlab chiqarish usullari elektr va issiqlik energiyasini birgalikda ishlab chiqarish sxemalari


Organik yoqilg‘idan issiqlik energiyasi ishlab chiqarishning prinsipial sxemalari



Download 435,03 Kb.
bet2/3
Sana16.04.2023
Hajmi435,03 Kb.
#928952
1   2   3
Bog'liq
4-maruza

Organik yoqilg‘idan issiqlik energiyasi ishlab chiqarishning prinsipial sxemalari.
Organik yoqilg‘ini yoqish yo‘li bilan issiqlik energiyasi olishning
2 asosiy sxemasi ma’lum:
1. Faqat issiqlik energiyasi ishlab chiqarish sxemasi.
2. Issiqlik va elektr energiyasini birgalikda ishlab chiqarish sxemasi. Issiqlik energiyasini ishlab chiqarish sxemasini ko‘rib chiqamiz. Bunda issiqlik tashuvchi suv yoki suv bug‘i bo‘lishi mumkin.
Uskunaning asosiy elementi yoqilg‘i yondirilayotgan, bug‘ yoki suv qizdirib beruvchi uskunadir. Yoqilg‘i yonish natijasida hosil bo‘lgan yuqori haroratli yonish mahsulotlari o‘z issiqligini uskunaning issiqlik almashuvchi qismiga beradi; uskunadagi jarayonning asosiy vazifasi-suvni bug‘ga aylantirish yoki uni berilgan haroratgacha kizdirish.
Uskuna, o‘txona yoki radiatsion kism 2 va konvektiv 3 dan iborat. O‘txonada havo bilan yoqilg‘i aralashmasi yonishi natijasida, yuqori haroratga ega yonish mahsulotlari vujudga keladi va bu muxsulotlarga ega bo‘lgan energiya uskunaning bug‘lantirish yuzasiga radiatsiya orqali uzatiladi. Yoqilg‘i kamerada yokilganda havo va yoqilg‘i o‘tqich 4 orqali o‘txonaga beriladi.
O‘txonada 2 qisman sovigan yonish mahsulotlari tutun so‘rgich 11 ta’sirida konvektiv qism 3 ga so‘riladi. So‘ngra u kul tutkich tizimlarida kul zarrachalaridan tozalanib o‘tadi va muri 12 orqali atrof muhitga chiqariladi.
Sho‘x (nakip) hosil qiluvchi tuzlardan tozalangan suv ekonomayzer 8 da kizdiriladi va uskunaning bug‘ hosil kiluvchi konturi 14 ga beriladi. Bu kontur quvurlarnining yuqorigi qismi uskunaning yuqorigi barabani 5 ga, pastki qismi esa kollektorlar 23 ga yoki pastki barabanga ulanadi. Bug‘ hosil kiluvchi konturda suv qizishi natijasida, bug‘ va suv aralashmasi hosil bo‘ladi va u suvning tabiiy sirkulyatsiyasi natijasida kontur bo‘ylab baraban 5 ga ko‘tariladi. U yerda bug‘ va suv aralashmasi suv va bug‘ga ajraladi.
To‘yinish haroratidan yuqori haroratga ega bo‘lgan bug‘, bug‘ qizdirgich 7 ga yuborilib, undan iste’molchiga jo‘natiladi. Uskunaning konvektiv qismida bug‘ qizdirgich 7 va ekonomazer 8 dan tashqari, konvektiv qizdirish yuzalari va havo qizdirgich joylashtirilgan bo‘lishi mumkin.
Havo qizdirgich uskuna o‘txonasidagi harorat darajasini ko‘tarish va yonish jarayonini yaxshilash maqsadida va yanada axamiyatlirog‘i atmosferaga chiqayotgan yonish mahsulotlari haroratini pasaytirish, o‘tkichga berilayotgan havoni kizdirish uchun o‘rnatiladi. Yonish mahsulotlaridan uskunaning issiqlik qabul qiluvchi yuzalariga berilayotgan issiqlik miqdori qancha katta bo‘lsa, yoqilg‘ining kimyoviy energiyasidan foydalanish samaradorligi shuncha yuqori bo‘ladi.

Soatiga 100 tonnadan ortik bug‘ ishlab chiqaruvchi uskunalarda samaradorlik 90-93% ni, soatiga 20 tonna bug‘ ishlab chiqaruvchi uskunalarda samaradorlik 60-80% ni tashkil etadi.


I ssiqlik va elektr energiyasini birgalikda ishlab chiqaruvchi sxemalar.
Bu sxema (2) yirik turar joy va sanoat rayonlarini shu ko‘rinishdagi energiyalar bilan markazlashtirilgan xolda ta’minlash uchun, katta quvvatga ega issiqlik elektromarkazlarda (I.EM) qo‘llaniladi.



Download 435,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish