1.3-rasm Yoqilg’i R=const bo’lganda yoqiladigan GTK ning sxemasi.
6- yoqilg’i trubasi, 7-forsunka, 8 - siqilgan havo trubasi, 10 -
yonish mahsuli oqimini yunaltiruvchi apparati, 11 - gaz turbinasi
kuraklari, 13- o’t o’ldirish svechasi.
Tuzilishi va yoqilg’ini yoqilish uslubiga ko’ra, gaz turbinasi
qurilmasi (GTK) tarkibiga elektr svecha, ish moddasi (havo va
yoqilg’i) ni yonish kamerasiga kiritish hamda yonish maxsulini
kameradan chiqarish klapanlari, regeneratsiya bo’lmasi,
birlamchi va ikkilamchi bosqichli yonish kameralari hamda
turbinalari, shuningdek, ikkilamchi kompressor kiradi.
GTKlarda ish moddasini yoqish uslubiga ko’ra V = const, P =
const va aralash bosqichli bo’ladi.
GTK larda yoqilg’i sifatida tabiiy gaz, tozalangan koks, domna
va generator gazlari, maxsus dizel solyar moylari ishlatiladi.
GTK dagi turbina, elektr generatori, havo kompressori va
yoqilg’i nasosi yagona umumiy valda joylashtiriladi. Ish
yoqilg’isining V=const da yonadigan GTK siklidagi
termodinamik jarayonlarni qarab chiqamiz. Atmosfera havosi
kompressor 3 ga surilib unda siqiladi (14-4a-rasm 1-2 chiziq) va
aniq parametrga (T1R1V) ega bo’lgandan so’ng avval havoni
kiritish, keyin yoqilg’ini kiritish klapanlari ochilib yonish
kamerasiga mos ravishda, siqilgan havo va yoqilg’i uzatiladi.
1.4-rasm Issiqlik V=const(a) va P=const(b) bo’lganda
uzatiladigan GTK siklidagi termodinamika jarayonlarning PV
diagrammalari
Svecha yordamida ish yoqilg’isi yondiriladi. Bunda bosim
oshadi (2-3 chiziq) Ish yoqilg’ini to’la (kamida 95%) yongandan
so’ng, uning temperaturasi 23000K ga ko’tariladi, shunda
yonish kamerasidagi bosim eng yuqori qiymatga yetadi. Ana
shundagina yonish mahsuloti gaz turbinasi kuraklariga
yo’naltiruvchi kanalda joylashgan chiqarish klapani ochiladi.
Shunda yonish mahsuloti temperaturasini 1000-14000K gacha
pasaytirish maqsadida unga maxsus yo’llar orqali sovuq havo
uzatiladi (chunki gaz turbinasi o’ta yuqori temperaturalarga
chidamaydi). Hosil bo’lgan aralashma katta bosim ostida turbina
kuraklariga ta‘sir ko’rsatib, uning rotorini aylantiradi, ya‘ni
issiqlik energiyasi mexanik energiyaga aylanadi. Yonish
mahsuloti adiabatik kengayib ish bajaradi (3-4 chiziq) Gaz
turbinasida ish bajarib chiqqan yonish mahsuloti soplo orqali
atmosferaga chiqariladi va soviydi (4-1 chiziq)
Demak, GTK da o’tadigan siklga V=const bo’lganda
issiqlik berilganda, u ikkita adiabatik, bitta izoxoradan hamda
bitta izobaradan iborat bo’lgan termodinamik jarayonlardan
tashkil topar ekan. Siklning bajargan foydali ishi 1-2-3-4-1
nuqtalar bilan chegaralangan yuzaga son qiymati jihatidan teng
bo’ladi. Siklning f.i.k. termodinamikasining ikkinchi qonuni
ifodasidan aniqlanadi:
(1.11)
Do'stlaringiz bilan baham: |