Issiqlik energetikasi
Issiqlik energetikasi
- issiklik texnikasi tarmogʻi; issiklikni, asosan, mexanik va elektr
energiyasiga aylantirishga asoslangan energetika. Issiqlikni mexanik energiyaga aylantirishda
asosiy qismi issiklik dvigatelitsan iborat boʻlgan issiklik qurilmalari qoʻllaniladi. Bu qurilmalarda
hosil qilingan mexanik energiya turli xil ish mashinalari (metall kesish stanoklari, konveyerlar va
b.) ni yoki elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi elektr mexanik ge-neratorlarni ishga tushiradi.
Issiqlikni elektr-mexanik generatorlarsiz ham, yaʼni energiyani toʻgʻridantoʻgʻri aylantirish
kurilmalarida, mas, mag-nitoelektrodinamik generatorlar, ter-moelektr generatorlar va b. da ham
elektr energiyasiga aylantirish mumkin. Zamonaviy I. e. ning asosi umumiy elektr energiyasi
miqdorining koʻp qismini ishlab chiqaruvchi muqim (statsionar) bugʻ turbinali issiklik elektr
stansiyasi hisoblanadi. Magis-tral gaz kuvurlarini energiya bilan taʼminlash va tigʻiz payt (pik)
nagruzkalarni qoplash uchun gaz turbinali elektr stansiyalari ishlatiladi. Asosiy elektr bilan
taʼminlanish manbalari, yaʼni kondensatsion elektr stansiyalarilan tashkari issiklik elektr markazi,
atom elektr stansiyasi ham bor. Elektr energiyasini ishlab chiqarishda issiklikning solishtirma
sarfini taxminan 5% ga kamaytirishga imkon beradigan bugʻ-gaz turbinali kurilmalar keng
ishlatilmoqda. Quvvatli elektr stansiyalar uchun tarkibida magnitogidrodinamik generatorlar
boʻlgan va odatdagi bugʻ-gaz turbinali stansiyalar bilan birgalikda ishlatiladigan kuril-malar ishlab
chiqilmoqda. Elektr uzatish liniyasidan uzoqda joylashgan xududlarda dizel elektr
stansiyalaridan foydalaniladi. Muqim qurilmalardan tashqari transport mashinalari (teplovoz,
avtomobil va b.) ga oʻrnatiladigan issiklik kurilmalari — mas, porshenli ichki yonuv dvigateli bor.
Uchish apparatlariga porshenli aviatsiya dvigatellari, reaktiv dviga-tellar va b. oʻrnatiladi.
I. e., asosan, 17-asr boshlarida paydo boʻlgan. Bugʻ dvigatellari, issiqlik dvigatellari va
dizellarning paydo boʻlishi I. e. ning jadal rivojlanishiga asos boʻldi. Hozirgi vaqtda dunyo
energetikasida issiqlik elektr stansiyalari ulushiga barcha elektr ishlab chiqaruvchi quvvatlarning
62 foizi toʻgʻri keladi.
Oʻzbekistonda 20-asr boshlarida Toshkentda ikkita elektr stansiya kurildi: biri (besh dizelli,
kuvvati 1450 kVt) tramvayni elektr energiya bilan taʼminlash uchun, ikkinchisi oʻzgarmas tokli
Pavlov elektr stansiyasi (quvvati 125 kVt), shaharni yoritish uchun ishlatilgan. 1913-yil
Oʻzbekiston xududida umumiy kuvvati 3 MVt chamasida boʻlgan 6 ta kichik elektr stansiya
boʻlgan, yillik elektr energiya ishlab chiqarish 3,3 mln. kVt/soatni tashkil qilgan. 1923-yil
Toshkent sh. yaqinidagi Boʻzsuv kanalida GES qurilishi boshlandi, uning birinchi navbati (har
birining kuvvati 1 MVt dan boʻlgan 2 ta gidroagregat) 1926-yil may oyida ishga tushirildi. Ayni
paytda bu GES Toshkent shahridagi tramvay dizel elektr stansiyasi bilan bogʻlangan, 30
transformator punktiga ega boʻlgan, 6 kV kuchlanishli, oʻzgaruvchan tokli kabel tarmogʻi kurildi.
Mana bu birlashish Oʻzbekiston energetika tizimi rivojlanishiga asos boʻldi.
Oʻzbekistonda issiqlik energetikasi 20-asr 20-y. larida dizel va mayda bugʻ turbinali elektr
stansiyalar kurish yoʻnalishida rivojlandi. Dizel elektr stansiyalari umumiy maqsadlarda ham,
paxta zavodlari, nasos stansiyalari, kanallar va issiqlik energiyasiga ehtiyoji boʻlgan boshqa
korxonalar qoshida ham qurildi. Toshkent dizel elektr stansiyasi, Samarkand, Andijon, Koʻqon va
respublikaning boshqa shaharlaridagi dizel elektr stansiyalari kengaytirildi; Buxoro, Samarkand
sh.larida 5000 ot kuchi, Nukus, Urgench, Namanganda 1600 ot kuchi kuvvatiga ega boʻlgan yirik
dizel elektr stansiyalari kurildi. Respublikadagi dastlabki bugʻ turbinali elektr stansiyalar
Fargʻona va Kattaqoʻrgʻondagi yogʻ zavodlarida ishga tushirildi. Fargʻona yogʻ zavodining "Sharq
tongi" issiqlik elektr markazi (IEM) umumiy maqsadlardagi elektr stansiyasi boʻlgan birinchi
IEMdir.
30-y.larda Toshkent toʻqimachilik kombinati qoshida quvvati 12 MVt boʻlgan IEM kurildi. 30-y.
larning ikkinchi yarmida Qizilqiya koʻmir koni negizida kuvvati 48 MVt boʻlgan Kuvasoy davlat
issiklik elektr stsiyasi (DIES) kurilishi boshlandi, uning birinchi agregati 1939-yil oxirida ishga
tushirildi. 1936-yil da Toshkent IEM kurilishi boshlanib, birinchi bloki 1939-yil da ishga tushirildi.
50-y. lar boshlarida Angren koʻmir koni negizida Olmaliq sh.dagi Oltintopgan kombinatida quvvati
24 MVt boʻlgan IEMni, Angren sh.da quvvati 200 MVt boʻlgan DIES ni loyihalashtirish va qurish
boshlandi.
Angren DIES katta (50 MVt) quvvatli turbinalar oʻrnatilgan yuqori bosimli bugʻ koʻrsatkichlariga
moʻljallab qurilgan birinchi elektr stansiya boʻldi. Ayni paytda koʻmirda ishlaydigan issiqlik elektr
stansiyalar ham (Qu-vasoy DIES, Toshkent va Fargʻona IEM) qurildi.
Hozirgi paytda Oʻzbekiston energetika tizimi, shu jumladan, issikdik energiyasi respublikasining
sanoat, qishloq xoʻjaligi, kommunal xoʻjalik korxonalarini va aholisini energiya bilan
taʼminlamoqda. Respublika hukumati tomonidan 1996-yil da Yevropa energetika hartiyasining
Shartnomasi im-zolanib, mamlakatimizning undagi ishtiroki tasdiqlangan, Oʻzbekiston
energetikasi uchun jahon iqtisodiyo-tiga yoʻl ochildi.
Oʻzbekiston I. e.ning keskin rivojlanishiga Buxoro va Shoʻrton tabiiy gaz konlarining topilishi va
oʻzlashtirilishi muhim ahamiyatli boʻldi. Ular Toshkent, Navoiy, Taxiatosh va Sirdaryo DIES
larining ishga kiritili-shiga imkon yaratib berdi.
Oʻzbekistonning yirik issiqlik stansiyalari ulushi umumiy elektr energiyani ishlab chiqarishda 85
foizni tashkil qiladi. OʻzR Vazirlar maqkamasi 2000 yil 27 dek. da tasdiklagan "2001 -—2010-
yillarda Oʻzbekiston Respublikasi energetikasida ishlab chiqaruvchi quvvatlarni rivojlantirish va
rekonstruksiya qilish darsturi"ga muvofiq Oʻrta Osiyodagi eng yirik Talimarjon DIES ining qurilishi
tugatilishi hamda respublikaning boshqa is-siqlik elektr stansiyalarida qayta texnik tiklash va
qoʻshimcha quvvatlarni ishga kiritish koʻzda tutilgan.
Oʻzbekiston koʻp organik yoqilgʻi zaxiralariga ega. Respublikaning yoqilgʻi balansida koʻp issiklik
elektr stansiyalari, issiqlik elektr markazlari va tuman qozonxonalari uchun hozirgi zamonda
yoqilgʻining asosiy turi — tabiiy gazga alohida eʼtibor beriladi. Koʻmir sanoatini rivojlantirish —
Angren konida qoʻngʻir koʻmirni koʻproq ishlab chiqarilishiga yoʻnaltirilgan.
"Oʻzbekiston Respublikasi energetikasining ishlab chiqarish quvvatlarini 2001 — 2010-yil larda
rivojlantirish va rekonstruksiya qilish dastu-ri" da xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va chet el
firmalarining ishtiroki koʻzda tutilgan. Hoz. paytda Germaniyaning "Simens" firmasi Yevropa
tiklanish va rivojlanish bankining krediti hisobiga Sirdaryo DIESning ikkita turbina blokini
rekonstruksiya qilish loyihasini amalga oshirishga kirishdi. Shuningdek, xorijiy investitsiyalar
Toshkent DIES va Navoiy DIES ni rekonstruksiya qilish loyihalarini hamda Toshkent shahrining
elektr tarmoqlar xoʻjaligini rekonstruksiya qilish va kabel tar-moklarini zamonaviylashtirish
loyihalarini amalga oshirish uchun ham jalb etiladi.
[1]
1.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Issiqlik
_energetikasi&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
Manbalar
Soʻnggi tahrir 7 oylar avval
MalikxanBot
tomonidan amalga oshirildi
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Issiqlik_energetikasi&oldid
=2276528
" dan olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |