9-tajriba mashg’uloti: Issiqlik almashish apparatlarining kompyuterli
modelini qurish. Tajriba ishidan maqsad: Issiqlik almashish apparatlarining kompyuterli
modelini qurishni o’rganish. Haroratning fazaviy bir jinsli bo’lmagan maydonlari ta’siri ostida yuzaga keladigan, issiqliklarni tashishning o‘z - o'zidan yuz beradigan jarayoniga issiqlik almashish jarayoni deyiladi. Issiqlik tashishning miqdoriy o'lchami o'tish yo'nalishiga perpendikulyar bo'lgan birlik yuzadan birlik vaqt ichida o'tadigan issiqlik miqdoriga teng va o'tish yo'nalishini ko'rsatuvchi q issiqlik oqimi zichligining vektori hisoblanadi. Issiqlik almashish apparatlarini hisoblashning muhim masalasi harorat maydonlari T(t, x, u, z)ni aniqlash, shuningdek issiqlik oqimlari q(t, x, u, z) ni topish hisoblanadi. Agar q oqim maydonining zichligi ma’lum bo'lsa, unda issiqlik tashishning yig'indisi Q ni ixtiyoriy Ъ sirt orqali hisoblash qiyin emas: Q= J (qF ■ n F )<?F. (9.1) bu erda nF— Ъ sirtga perpendikulyar bo'lgan birlik vektor. Odatda qattiq devorlar,
suyri issiqlik tashuvchilar va fazalar qismlarining yuzalari (kondensatsiya va
bug'lanishda) yuza (sirt) sifatida qaraladi. Issiqlik almashish masalasining matematik ifodalanishi tashish va saqlanish qonunlariga asoslanadi. Mos chegaraviy shartlar tadqiq etilayotgan ob’ektning boshlang'ich holati va uning atrof muhit bilan o'zaro ta’sirini belgilaydi. Issiqlik almashish nazariyasi uzluksiz (tutash) muhitlar modellariga asoslanadi. Bu molekulalar o'rtasidagi masofa qaralayotgan tizimning, hattoki uning elementar hajmlarining xarakterli o'lchamlaridan juda kichikligini bildiradi. Energiya tashish qonunlarini ko'rib chiqamiz. Ko'rsatib o'tganimizdek energiya oqimi turli jinsli harorat maydonlari natijasida yuzaga keladi. Harorat maydonining fazoviy o'lchami haroratning maksimal o'sishi yo'nalishini ko'rsatuvchi harorat gadienti gradT hisoblanadi va haroratning shu yo’nalish bo’yicha olingan hosilalariga miqdor jihatidan teng bo’ladi:
gradT= no
a t - a t - a tra t — = i —+ j —+k— an ax ay az
(9.2)
bu erda no - izometrik yuza normalining birlik vektori; T(t, x, u, g) = const, harorat o’sishi tomonga yo’naltirilganlik; harorat gradientining to'g'ri burchakli koordinata o'qlariga proeksiyalari. Issiqlik o'tkazuvchanlik nazariyasida o'rganiladigan deformatsiyalanmaydigan bir komponentli muhitlarda issiqlik tashish uchun tashish qonuni bir tomondan issiqlik oqimi boshqa tomondan harorat gradienti bilan molekulalar o'rtasidagi bog'liqlikni o'rnatadi. Amaliyotda yuzaga keladigan ko'pgina masalalarda ushbu kattaliklar o'rtasida Fur’ening issiqlik o'tkazuvchanlik qonuni bilan o'rnatiladigan chiziqli munosabat to'g'ri:
(9.3)
q = AgradT bu erda Л — muhitning issiqlik o'tkazuvchanligi. Harkatlanuvchi gaz va suyuqliklarda konvektiv issiqlik almashish jarayoni yuz beradi. Bu erda molekulyar tashishga konveksiya - bir qancha i tezliklar bilan ko'chuvchi makroskopik hajmli muhitlar energiyasi, impulsi va moddalarining ko'chishi ham qo'shiladi. Bunda tezlik vektori xuddi sarf tavsiflari kabi qo'yiladi: uning miqdoriy qiymati tezlik yo'nalishiga perpendikulyar bo'lgan birlik yuzadan birlik vaqt ichida tashilgan moddaning hajmiga teng. Tezlik i ni issiqlik miqdorining zichligi (entalpiya)ph ga ko'paytirib, issiqlikning konvektiv oqimi qkni olamiz: bu erda p — moddaning zichligi; h —entalpiya. Shunday qilib, konvektiv issiqlik almashishda issiqlik oqimi q ning zichligi molekulyar va konvektiv tashkil etuvchilarning yig’indisi bilan aniqlanadi: q= qT + qK = -AgradT + pu (9.5) Energiya o’tkazishning ko’rib chiqilgan turlari bilan bir qatorda energiyani elektormagnit to’lqinlar bilan o’tkazish ham mavjud. Bunda issiqlik o’tkazish jismlarga yutilgan nur energiyasi jismning issiqlik holatini o’zgartirishi bilan amalga oshiriladi, shuningdek nurlanish jismning issiqlik holati (harorati) bilan aniqlanadi. Agar muhit issiqlik nurlanish uchun ochiq bo’lgan turli haroratli yuzalarga ajralsa, unda radiatsion va konvektiv issiqlik almashishlar bir biridan mustaqil holda parallel ro‘y beradi. Ushbu holda nurlanish energiyasining natijaviy oqimi faqatgina jism yuzasining geometriyasi, harorati va radiatsiyaviy xususiyatlari bilan aniqlanadi. Muhit kuchli yutuvchi va nurlanuvchi bo’lgan hollarda energiya oqimining radiatsiyaviy tashkil etuvchisi uchun gradient tipidagi ifoda to’g’ri: qрад * grad(T4) (9.6) Energiya o’tkazishning uchta mexanizmi, ya’ni issiqlik o'tkazuvchanlik, konveksiya va nurlanish qatnashadigan qo'shma (kombinatsiyali) issiqlik o'tkazish murakkab issiqlik almashish deb ataladi.