5.10. Metall listli suvoq qoplamli nurlanish isitish qurilmalari
Bunday isitish qurilmalari ishlashida yaxshi issiqlik o’tkazuvchi xossasiga ega bo’lgan metall list, issiqlikni isitish quvuridan asosan gipsdan tashkil topgan suvoq qatlamiga issiqlik uzatiladi. Qabul qilingan yechimlar bir biridan qurilmaning quvur bilan alyuminli list va list bilan suvoq orasidangi bog’lanishga qarab o’zgaradi. Alyumin listning issiqlik o’tkazish koeffitsienti hamda quvurdan o’tuvchi (odatda uning diametri ¾ dan 1 dyuym gacha) issiqlik elitgichning issiqligi yuqori bo’lganligidan, suvoqning yupqa qatlamida teng temperatura tekis taqsimlanadi.
Isituvchi shiftning “Stramaks” tipidagi konstruktsiyasi (5.19-rasm) keltirilgan quvur va alyuminli lamel orasi siljuvchi, lamel va suvoq qatlam orasi qattiq adgezion.Temperaturalar farqi issiqlik elitgich va markaziy lamel linyasi orasida 8-120C ni tashkil qiladi. Lamellar va egilgan listlar qurilish ishlari ketishi jarayonida osib qo’yiladi yoki shiftning osmasiga qotiriladi. Lomel ostidagi tekislikda egilgan listlar shiftni to’liq qoplaydi va bir vaqtning o’zida suvoqni ushlaydi. Birinchi suvoq qatlamni ma’lum ohakli aralashma yordamida tayyorlab gips bilan suv aralashtiriladi. Suvoq aralashmasini shunday surtish kerakki u egilgan sirt bilan lomelni zichlashtirsin. Suvoqni tekislovchi qatlamda aralashma 5-6 mm qalinlikda surtiladi, aralashmaga kamroq gips va suv quyiladi. 5.21-rasmda IBIS panel tipi ko’rsatilgan. Panelning yuqori qismida izolyatsion qatlam joylashtirilgan u issiqlik isrofini kamaytiradi. Tugallanmagan shift bilan gips list orasida foydali balandlik 8 sm masofa qoldirilishi lozim. Bu holda issiqlik elitgichning eng katta temperaturasi 700C dan oshmasligi kerak bo’ladi. Isitiluvchi shiftning soddalashgan konustruktsiyasi 5.22-rasmda keltirilgan, uning yechimi boshqacharoq. Bu yerda issiqlik beruvchi quvur havoli muhit qatlamiga joylashgan va o’zining issiqligini nurlanish va konvektsiya bilan beradi. Bu issiqlik uzatish usuli tabiiy bo’lib, yuqorida ko’rib chiqilgan isitiluvchi elementlarga nisbatan samaradorligi kamroq, lekin bu yerda temperaturaga nisbatan cheklash yo’q. Agar shiftdagi havoli qatlamni isitishga mo’ljallansa, unga havo yuborish bilan birmuncha issiqlik kelishi oshadi.
5.19-rasm. Suvoqni shiftga qotirish.
1-siljuvchi birikma; 2-mustahkam birikma.
5.20-rasm. “Stramaks” kichik inertsiya turidagi isitish sistemasi
5.21-rasm. Yig’ilgan kichik inertsial sistemali IBIS tipidagi panel
1- osma; 2-gipsli list; 3-alyuminli list; 4-izolyatsiya.
5.22-rasm. Quvurdagi havo bilan isitiladigan nurlanish isitish tizimining soddalashtirilgan konstruktsiyasi. 1-pol qatlami; 2-beton; 3-izolyatsion list; 4-isitish quvuri; 5-gips listi.
Do'stlaringiz bilan baham: |