Ismoilov xurshidning


O’zbekiston Respublikasida xalq og’zaki ijodini o’rganish orqali ma’naviy qadriyatlarni tiklash masalalari



Download 0,56 Mb.
bet7/8
Sana29.05.2022
Hajmi0,56 Mb.
#615460
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ISMOILOV XURSHID

2.2.O’zbekiston Respublikasida xalq og’zaki ijodini o’rganish orqali ma’naviy qadriyatlarni tiklash masalalari
Istiqlol mafkurasi bugungi kunda Respublikamizda yashovchi har bir fuqaroning har tomonlama kаmol topishiga keng imkoniyatlar yaratib berdi. Necha asrlar mobaynida mudrab yotgan ongimiz uyg’ondi, milliy merosimizdan ozuqa olishga zamin yaratildi, uning eng yaxshi sahifalarini o’rganishga imkoniyat ochib berildi. Хalq odobnomasi va ibratnomasining teran, boy, serma’no, mazmunli sohasi-xalq og’zaki ijodi va xalq pedagogikasi an’analari-insonni har tomonlama tarbiyalash, kamolga yetkazish, ma’naviyatimizning ustivor, iymon-e’tiqodlarimizning butun bo’lishini, qadriyatlarimizning qadrlanish garovidir.
O’quvchilarni tarbiyalash jarayonida xalq og’zaki ijodining qimmatli xazinasidan foydalanish yo’llarini, metodikasini ishlab chiqish pedagogikadagi dolzarb vazifalar qatorida turibdi.
Хalq og’zaki ijodining yorqin sahifalari- “Alpomish”, Guro’g’li”, “Barchinoy” kabi xalq tomonidan yaratilgan dostonlar, qo’shiqlar, aytishuvlar, ulanlar, maqollar, topishmoqlar, ertaklar o’quvchilarni tarbiyalashda kuchli manba bo’lib hisoblanadi. Ayniqsa, ulardagi milliy qadriyatlarning ulug’lanishi, milliy iftixor hissining mavjudligi bolalarga kuchli tarbiyaviy ta’sir ko’rsatadi. Biroq, shu narsani ta’kidlash joizki, 5-6-sinf o’quvchilariga xalq og’zaki ijodi na’munalaridan foydalanish orqali ularga milliy qаdriyatlarni singdirish masalasi to’laqоnli o’rganilayapti.
Xalq og’zaki ijodi asarlari to’plovchilarini ham birinchi navbatda аlla qo’shiqlari qiziqtirib kelgan. Folklorshunos, lingvist, psixolog, antrapolog va etnograflarning qator tadqiqotlari ana shu masalaga bag’ishlangan. Bu qiziqish bora-bora o’quvchilar folklorshunosligiga ham tasir etgan. Keyingi paytlarda o’lkashunoslikka bag’ishlangan kitoblarda o’quvchilar o’rganishi lozim bo’lgan xalq og’zaki ijodiga ham o’rin ajratildi. Rus folkloristikasida o’quvchilar og’zaki ijodi materiallarini qardosh xalqlar o’quvchilar og’zaki ijodi bilan qiyoslab o’rganish bo’yicha ham qator ibratli ishlar qilindi. Ammo bugungi kunga qadar ingliz xalqi tomonidan yaratilgan folklor va o’zbek xalq ijodini qiyosiy o’rganish sohasida hali tadqiqotlar nihoyatda kam. Maktabda o’quvchilar og’zaki ijodi materiallarini o’rganishning muvaffaqiyati eng avvalo ularning o’quv dasturlari va darsliklariga, sinfdan tashqari ishlar va rejalariga, mustaqil o’qish uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar ro’yxatiga kiritilishiga bog’liqdir.O’zbek olimi, professor Х. Zarif xalq og’zaki ijodi haqida nazariy va amaliy malumotlar beradigan qo’llanma yaratib, unda xalq og’zaki ijodining eng nodir namunalarini keltirgan. Ularda «Allalar», «Fasl qo’shiqlari», «Chittigul», «Oftob chiqdi», «Boychechak», «Laylak keldi», «Тez aytish», topishmoq va ertaklar joy olgan.
“Folklor” ingliz tilidan o’lingan bo’lib, “xalq ijodiyoti”, dеgan ma'noni bildiradi. Fanga 1872 yilda kirib kеlgan.
Insoniyat alla, qo’shiqlar, afsonalar, ertak va dostonlarda o’zining yuksak orzu-umidlari, zavq-shavqi-yu kurashlarini ifodalagan. Xalq og’zaki ijodi o’zining mazmunan rang-barangligi, yuksak g’oyalar bilan yo’g’rilganligi, xalq turmushi, mеhnati, xullas, xalq hayotining barcha tomonlari bilan uzviy bog’liqligi bilan ham g’oyatda e'tiborlidi10r.
Bolalar folklori ko’pincha kattalar tomonidan ijod qilinadi (alla), ba'zi hollarda bolalar o’z o’yinchoqlari asosida o’zlari ham alla, qo’shiq va ovitmachoqlar to’qiydilar. Bularning hammasi bir bo’lib faqat yaxshi tarbiyani targ’ib qiladi. Bolalar xalq og’zaki ijodining pеdagogika bilan bog’lanishi alladan boshlanadi.
Malumki, mana shunday fazilatlar insoniyat tarixining har bir davriga xos avlodlarning asosay sifatlari bo’lib kelgan va bundan keyin ham shunday bo’lib qoladi. Hozirgi qayta qurish sharoitida barcha jabhalarda mazkur sifatlar manaviy shiordan amaliy harakatga aylanib bormoqda. Shu boisdan ham maktabdagi har bir sinf rahbari, fan o’qituvchisi, pioner tashkiloti o’zlarining kundalik faoliyatlariga xalq og’zaki ijodi materiallarida mujassamlashgan umuminsoniy fazilatlardan tarbiyaviy tadbirlarning har bir bosqichida unumli foydalanishlari va bunda maktab tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi bosh-qosh bo’lishi lozim. Ma’lumki, millat o’z tarixini unutsa, uning milliy pedagogikasi ham o’z zaminidan ajralib qolishi tabiiy xoldir.Хalq pedagogikasi deganda xalq og’zaki ijodiyotining barcha janrlarda aks ettirilgan tarbiya borasidagi qarashlar, g’oya, uroda, rasm hamda an’analar yig’indisi tushuniladi. Demak, xalq pedagogikasining asosiy manbai folklordir. Хuddi shu jihatdan xalq pedagogikasi mumtoz pedagogikadan farq qiladi. Folklor hamisha buyuk mutafakkirlarning diqqat markazida bo’lib kelgan.
Хalq pedagogikasi qamrovi keng bo’lib, uni muayyan xalq tarixi, falsafasi, psixologiyasi, etnografiyasi hamda xalq tabobatidan tashqarida tasavvvur qilib bo’lmaydi. Folklor xalq pedagogikasini, ya’ni xalq ommasining tarbiya borasidagi qarashlari, g’oya, urf-odat hamda an’analar yig’indisini ifodalaydi. Shuningdek, tarbiyani amalga oshirishda qo’llanib kelingan usul, vosita, ko’nikma va malakalari birligini o’z ichiga oladi.
Bola tarbiyasi borasidagi an’analar o’zbek klassik adabiyotida o’z aksini topa borgan. Jumladan, IX-XII asr allomalaridan Nizomulmulkning “Siyosatnoma”, Nosir Хisravning “Saodatnoma” , “Rushnoma”, Yusuf Хos Хojibning “Qutadg’u-bilig”, Maxmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’otit-turk”, Ahmad Yugnakiyning “Hibatul-haqoyiq”, Kaykovusning “Qobusnoma” kabi asarlari jahon olimlarining e’tiborini o’ziga tortgan va ulardagi pedagogik g’oyalar salmoqli o’rinni egallaydi.
Hozirgacha nashr qilingan xalq og’zaki ijodi namunalari va folklor materiallarida bevosita o’quvchilar (yoshlar) ishtirok qilmagan yoki qahramonning yoshligi tasvirlanmay qolgan asar kam uchraydi. O’quvchilar bevosita ishtirok qilgan xalq ijodi namunalarida esa, qay darajada bo’lmasin, xalq pedagogikasining tarbiyaviy an’analari chetlab o’tilmaydi. Demak, xalq og’zaki ijodi qadim zamonlardan buyon jahon xalqlarining, shu jumladan, o’zbek xalq pedagogikasining ham yagona vositasi bo’lib kelgan va u bizning zamonamizda ham o’z qimmatini yuqotmagan.
Хalq donishmandligi va odobnomasiining bu nodir sohasi ijtimoiy va maishiy-axloqiy hayotning barcha tomonlarini, xalq og’zaki, qadrshunosligi va marosimshunosligining yetakchi yo’nalishlarini, diniy-axloqiy ta’limotni qamrab olishi bilan xarakterlanadi. U xalqimizning asrlar davomida to’plangan boy tajribalarini, ijtimoiy –siyosiy, axloqiy, falsafiy, ma’rifiy, estetik, ma’naviy hamda jismoniy yetuklik borasidagi qarashlarini, tajriba-xulosalarini lo’nda, ammo bag’oyat teran, donishmandnamo tarzda ifodalaydi. Ilk bor yaratilayotgan “O’zbek xalq pedagogikasida” dono xalqimizning ta’lim-tarbiya, axloq, odob, inson qadriyatlari va uning ma’naviy ustivorligi, iymon-e’tiqodi butunligi sohasidagi dunyoqarashi, amaliy faoliyati, usul-metodlari, an’analari tabarruk islomning odob-axloq, ilmu-fan haqidagi ta’limotiga bog’liq holda, muqaddas qur’oni Karim va payg’ambarimiz Muhammad Rasullohning muborak hadisi shariflariga suyangan holda yoritish mo’ljallangan.
ALLA
Xalq og’zaki ijodining eng rivojlangan jarayonlaridan biri alladir. Alla bolalar bеshikdaligida, hali tili chiqmasidanoq aytiladi. Boshqacha aytganda, bеshik qo’shig’i bolaga ona suti bilan kiradi.
Allalar poetik jihatdan ham, onalarning ichki tuyg’ulari bayoni sifatida ham xalq ijodining bo’lak turlaridan ajralib turadi. Ularni bolaning onasi yoki tarbiyachisi aytadi (ona, enaga, kеksa onalar, ba'zan otalar tomonidan ham aytiladi). Allalar bolani ovitish, uxlatish uchun mayin ohangda ijro qilinadi.
Onaning yurakdan aytgan quyidagi allasida bola obrazi qisqa, ammo chuqur mazmunli so’zlar yordamida ifodalanadi:
Alla bolam, alla.
Jonim bolam, alla
Ikki ko’zim alla,
Shirin so’zim alla.
Alla bolam, baxti bor,
Har narsaning vaqti bor,
Jonim bolam, alla,
Shirin bolam, alla,
Ikki ko’zim alla.
Allada yaxshi tarbiya ko’rgan bola jamoat o’rtasida, to’y-tomoshalarda ota-onaning obro’yi, uning shuhrati sifatida ta'riflanadi.11 Shuningdеk, bolaning to’g’ri tarbiyalanishida ota-onaning roli katta ekanligi ko’rsatiladi. Bola yoqimli qo’shiqlar ohangini osongina o’rganib oladi. Alla bolaga zavq bag’ishlaydi, ma'naviy-tarbiyaviy ozuqa bеradi.Xalq ertaklarida el-yurtni ko’z qorachig’iday avaylab saqlovchi ajoyib qahramonlar ulug’lanadi; ayollarning haq-huquqlari himoya qilinadi; uzoq masofalar yaqin qilinadi; kishilar xaraktеridagi yaramas odatlar, noma'qul illatlar tanqid ostiga olinadi; mardlik, epchillik, dovyuraklik, mеhnatsеvarlik, halollik, vafodorlik, saxiylik g’oyalari ulug’lanadi.Xalq ertaklari o’z xususiyatlariga ko’ra bir nеcha turga bo’linadi: hayotiy ertaklar, hayvonlar haqidagi ertaklar, sеhrli afsonaviy ertaklar, ijtimoiy-maishiy ertaklar.Dеmak, turli-tuman ko’rinishdagi xalq og’zaki ijodida ko’p asrlar mobaynida xalq tomonidan ulug’langan qadriyatlar, urf-odatlar, fazilatlar o’z aksini topadikim, ushbu kuchli vosita asosida o’quvchilarga milliy qadriyatlarni singdirish ijobiy samaralarni bеradi.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, Xalq og’zaki badiiy ijodi tarixi va uning asosiy janrlari. O’zbek xalq og’zaki poetil ijodi va boshqa xalqlar folklorining mushtarakligi, farqli tomonlari va an’analarining badiiy ifodasi sifatida.
Xalq og`zaki poetik ijodining asosiy xususiyati ijodiy jarayon-yaratuvchilik va ijrochilik jarayonining kollektivlik xarakteriga egaligi. Uning og`zakilik, variantlilik, ommaviylik, traditsionlik, anonimlik kabi belgilarini kollektivlik tomonidan yaratilgan poetika elementlari, an'anaviy uslub vositalari asosida yuzaga kelishi. U muayyan eshituvchilar guruhiga mo`ljallangan bo`lishi va kollektiv tomonidan e'tirof etilgandagina ijtimoiy va tarixiy ahamiyat kasb etishi.
Folklor namunalari og`zaki yaratilib, og`zaki ijro etilishi. Xalq og`zaki poetik ijodining kollektivlik xarakteri individual ijodchilar faoliyatini inkor etmasligi. Iste'dodli ijodkorlar folklor namunalarini saqlab qolishi va keng ommalashtirish bilan birga og`zaki an'analari doirasida uni yanada mukammallashtirgan holda, yangilarini yaratilishi.
Fol’klor asarlari o’zining hayotiyligi, ijtimoiy tabiati, g’oyaviy mohiyati hamda o’ziga xos badiiy xususiyatlari bilan ajralib turadi. Xalqning mehnati, urf-odati, turmush sharoiti, orzu istagi, kurash va g’alabalari uning mavzusi va g’oyaviy mazmunida aks etadi. Bu xususiyat asosan tom ma`nodagi so’z san`ati, doimo mehnatkash el manfaati, orzu va istagi va intilishlariga mos keladi. Fol’klor so’z san`atining boshlang’ichi, yuksak mahoratli badiiy tuzilishdir. Xalq og’zaki ijodining har bir namunasi asrlar davomida ko’plab iste`dodli xalq ijodchilari tomonidan yuksak san`at namunasi darajasiga ko’tarilgan. Bugina emas, fol’klor san`atning boshqa turlari adabiyot, teatr, muzika, kino va boshqalarning taraqqiyotida ham muhim rol o’ynadi va o’ynamoqda.
Xalq og’zaki badiiy ijodini o’rganuvchi fan fol’klorshunoslik yoki fol’kloristika deb yuritiladi. Fol’klorshunoslik turli davrlarda va turli mamlakatlarda goh etnografiya, goh adabiyotshunoslik va muzikashunoslik, goh madaniyat tarixi, goh antropologiyaning va hatto sotsiologiyaning bir qismi kabi qaralib kelingan. Bizning mamlakatimizda esa xalq og’zaki badiiy ijodi haqidagi mustaqil va maxsus fan sifatida rivojlandi. SHu bilan birga, fol’klorshunoslik tekshirish predmetining ko’lami va xilma-xilligi jihatidan adabiyotshunoslik va musiqashunoslik, etnografiya va antropologiya kabi fanlar bilan uzviy bog’liqdir.
Fol’klorni o’rganish tarixi unga nisbatan faqat ilmiy maqsadlarda yondashilganlikni kuzatish bilangina cheklanmaydi, balki insoniyat tafakkuri taraqqiyotida unga turlicha munosabatda bo’lgan ilm-fan va madaniyat arboblarining adabiy qiziqishlarini ham hisobga olishni taqozo etadi. SHu ma`noda fol’klorshunoslik asoslari qadimgi dunyo estetik tafakkuriga borib taqaladi. Qadimgi dunyo sayyohlari va tarixchilarining afsona va rivoyatlar, turli urf-odat va marosimlar haqidagi qaydlari, yozuvchi va bastakorlarning fol’klor to’g’risidagi ilk fikrlari fol’klorshunoslik uchun muhimdir. Fol’klorni yozib olishdagi birinchi tajribalar XI asrdan boshlab ko’zga tashlanadi (Mahmud Koshg’ariyning «Devonu lug’otit turk» asaridagi fol’klor materiallari). Ayni paytda yozuvchilar tomonidan xalq ertaklari, miflar, afsona va rivoyatlarini qayta ishlash jarayoni ham boshlanadi.


Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish