14. Quyida berilgan matnda ismlar guruhiga kiruvchi nechta so‘z bor?
Savobdir jilg‘aga soysan, deb aytsang,
Yo xunuk ayolga oysan deb aytsang.
A) 4 ta B) 6 ta C) 7 ta D) 5 ta
15. Quyidagi parchada ismlar tarkibida munosabat shakllari necha o‘rinda qatnashgan?
Hunar bebaho boylikdir. Ilm kelinchakka o‘xshaydi: u pinhoniylikni yoqtiradi. Erinchak, dangasa insonlar hayotda hech qachon muvaffaqiyat qozona olmaydi. Shu o‘gitlarga amal qilishga odatlaning.
A) 5 B) 6 C) 8 D) 7
16. Qadimgi davrda qaysi xalq tilshunoslikni fan sifatida shakllantirgan?
A) arablar
B) hindlar
C) yunonlar
D) ruslar
17. Hindlar so‘zlarni qanday turkumlarga ajratgan edi?
A) otlar, fe’llar, yordamchilar
B) ismlar, fe’llar, yordamchilar
C) ismlar, sifatlar, sonlar, olmoshlar, yordamchilar, fe’llar
D) ot, sifat, son, olmosh, ravish, fe’l
18. Kimlar birinchi bo‘lib ismlar ichidan sifatlarni, sonlar va olmoshlarni chiqaradi?
A) arablar
B) hindlar
C) yunonlar
D) ruslar
Do'stlaringiz bilan baham: |