Termiz Davlat Universitetining Pedagogika Instituti Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari nazariyasi va metodikasi yo’nalishi 1-bosqich magistratura talabasi Ismatullayev Ismatullaning TA`LIMDA PEDAGOGIK O`LCHOVLAR VA ZAMONAVIY TEST TEXNOLOGIYALARI fanidan tayyorlagan
Mustaqil ishi
Bajardi: I.Ismatullayev
Qabul qildi: N.Achilov
2022-yil
Mavzu:Test tuzish metodikasi
Reja
1.Kirish
2. Test topshiriklariga qoyiladigan didaktik talablar.
3. Test rejasini ishlab chiqish.
4. Fan bolimlari boyicha test rejasi.
5. Oquv materialini ozlashtirish darajalari boyicha test rejasi.
K i r i sh
Ozbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan davrda mamlakatimiz xalq xojaligining barcha tarmoqlari qatorida talim tizimi, uni tarkibiy qismi bolgan Oliy va orta maxsus talimi ham tub islohotlarni boshdan kechirib, takomillashib bormoqda. Ayniqsa, Ozbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va «Talim togrisida» gi qonunning qabul qilinishi (1997 yil, 29 avgust) va ularda mamlakatimiz talim tizimini isloh qilishning asoslari, tamoyillari va bosqichlarini belgilab berganligini alohida takidlash lozim. Milliy mustaqillik goyalari singdirilgan bu tarixiy hujjatlar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Buning natijasida rivojlangan mamlakatlar talim tizimini organishga ham keng yol ochildi, iqtidorli yosh olimlarimiz va talabalar «Ustoz» va «Umid» jamgarmalari orqali rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli oliy oquv yurtlarida talim olishdek baxtga muyassar bolmoqdalar. Oz navbatida xorijiy mutaxassislar ham mamlakatimiz talim tizimida roy berayotgan islohotlarni organib, ularga ijobiy baho bermoqdalar. Bu kabi ozaro aloqalar oz navbatida mamlakatimiz talim tizimiga rivojlangan mamlakatlardagi ilgor pedagogik texnologiyalarni oz milliy qadriyatlarimiz nuqtai nazaridan tahlil qilib, oquv jarayoniga joriy etishni ham taqozo qilmoqda. Zero, bu kabi amaliy ishlar mamlakatimiz talim tizimini jahon talim standartlari bilan integrasiyalashuvining asosiy belgilaridan biri bolib hisoblanadi. Shuning uchun ham, Ozbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturining ikkinchi bosqichida «oquv-tarbiyaviy jarayonini ilgor pedagogik texnologiyalar bilan taminlash» alohida korsatib otilgan.
Kasbiy talim yonalishlari talabalarini ilgor pedagogik texnologiya va uni oquv jarayoniga joriy etish boyicha tizimli axborotlar bilan qurollantirish maqsadida yaratilgan. U uch bolimdan iborat:
I bolim - Pedagogik texnologiyaning nazariy asoslari, II bolim - Testshunoslik asoslari, III bolim -Tola ozlashtirish texnologiyasi. Bolimlar mazmunini yoritishda AQSHda yaratilgan va YUNESKO tomonidan maqullanib 30 ga yaqin rivojlangan mamlakatlar (Angliya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Malaziya va h.k.) talim tizimida muvaffaqiyatli qollanilayotgan pedagogik texnologiyaning mohiyati, uning odatdagi oqitish usullaridan farq qiluvchi jihatlari, Ozbekiston talim tizimiga uni joriy etishning ahamiyati, test topshiriqlari shakllari, ularni tuzish hamda pedagogik texnologiyaning tamoyillari va qoidalari, oquv materialini tola ozlashtirish goyasini vujudga kelishi va uning amalga oshirish usullari bayon etilgan. Har bir mavzuga oid mustaqil talim uchun topshiriqlar va turli shakldagi nazorat testlari berilgan. Tuzilgan test topshiriqlari faqatgina ozlashtirishni nazorat qilibgina qolmay, balki orgatuvchi (oqituvchi) funksiyani ham bajaradi. Chunki, bu test topshiriqlarini yechish jarayonida mavzularni mustaqil ravishda ozlashtirishga ham erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |