Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M


X BOB. ISHLAB CHIQARISH REJASI



Download 3,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/230
Sana14.06.2022
Hajmi3,71 Mb.
#671941
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   230
Bog'liq
fayl 1488 20210817

X BOB. ISHLAB CHIQARISH REJASI 
 
Tayanch so’z va iboralar: 
ishlab chiqarish rejasining mazmuni, reja 
tarkibi, ishlab chiqarish dasturi, natural ifodadagi mahsulot hajmi, qiymat 
ifodasidagi mahsulot hajmi, mehnat sarfi o’lchovidagi mahsulot hajmi, resurslar 
sarfi, jihozlar soni, jixozlar orasidagi mutanosiblik.
 
 
10.1. Ishlab chiqarish rejasining mazmuni, tarkibi, vazifasi 
1.
Ishlab chiqarish rejasining mazmuni va tarkibi. 
Ishlab chiqarish rejasi korxona faoliyatining asosiy ishlab chiqarish 
ko’rsatkichlarini aniqlashtirish va bajarilishini nazorat qilishni ko’zda tutadi.Ushbu 
rejaning asosiy vazifasi bo’lib korxonaning real imkoniyatlarini asoslash 
hisoblanadi. Ishlab chiqarish rejasining mohiyatini mahsulot ishlab chiqarish va 
sotishni rejalashtirish, korxona yillik rejasining asosiy ko’rsatkichlarini ishlab 
chiqish va bajarish jarayonini bayon etish tashkil etadi.U quyidagilarni ko’zda 
tutadi: 
­
asoslangan mahsulot, ishlar, xizmatlar ishlab chiqarish hajmlari va muddatlari; 
­
korxona, sex va uchastkalar, ishlab chiqarish quvvatlarining hisobi. Ushbu 
hisoblar ishlab chiqarish quvvatlarining yillik ishlab chiqarish hajmiga mos 
kelishi, talab va taklifning mutanosibligini tasdiqlashi lozim. 
­
korxona va uning bo’linmalari yillik ishlab chiqarish rejalarini bajarish uchun 
resurslarga ehtiyojni aniqlash, yarim fabrikatlar va
­
komplektlovchi mahsulotlar balansini hisoblash; 
­
rejalashtirilayotgan ishlarni asosiy sexlar – bozor buyurtmalarini bajaruvchilar, 
tayyorlash muddatlari va bozorga etkazish muddatlari bo’yicha taqsimlash;
­
rejalashtirilgan ko’rsatkichlarga erishish vositalari va usullarini tanlash, 
tugallanmagan ishlab chiqarish hajmlari, texnologik jihozlar va ishlab chiqarish 
quvvatlari ta’minlanish koeffitsientlarini hisoblash; 
­
rejalashtirilgan tovarlar, xizmatlar, ishlarni ishlab chiqarishni tashkil etish 
rejalarini bajarilishini nazorat qilish usul va shakllarini asoslash. 


173 
Yuqoridagilardan ko’rinadiki mahsulot ishlab chiqarishni rejalashtirish 
belgilangan strategiya va qo’yilgan vazifalarga korxonada mavjud bo’lgan texnik, 
tashkiliy va boshqa imkoniyatlardan to’liq foydalanish asosida erishishga 
yo’naltirilgan iqtisodiy resurslar kompleksi va ichki omillarning o’zaro ta’sir 
tizimini ko’zda tutadi. 
Buning uchun ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyatining muhim 
yo’nalishlarini tanlash va asoslash, tovarlarni ishlab chiqarish va sotish hajmlarini 
o’rnatish, iqtisodiy resurslarga talabni hisoblash zarur. O’z navbatida bular ishlab 
chiqarish dasturi va ishlab chiqarish quvvati o’rtasida mutanosiblikni ta’minlash, 
ishlar va xizmatlarni bajarish hajmlari va muddatlarini aniqlashtirish, ishlab 
chiqarish faoliyatini Operativ yo’naltirish va boshlanich reja ko’rsatkichlarini 
korrektirovka qilishni ko’zda tutadi. 
Mahsulot ishlab chiqarish va sotish rejasida yoritiladigan masalalardan yana 
biri ishlab chiqarish jarayoni bayoni hisoblanadi. Rejada ishlab chiqarish shakli 
(ommaviy, seriyali, yakka tartibli), uni tashkil etish uslublari, ishlab chiqarish 
texnologik zanjiri, ishlab chiqarish sikli tuzilmasi keltiriladi. 
Agar ishlab chiqarish jarayonida ma’lum bir ishlarni subpudratchilar ya’ni 
chetdan jalb qilinadigan ishlab chiqaruvchilar ishtirok etadigan bo’lsa buni biznes 
rejada alohida qayd etish lozim. Koperatsiya to’g’risidagi qarorning asoslanishi 
hamda subpudratchi tomonidan etkazib beriladigan qismlar va yarim fabrikatlarni 
ishlab chiqarish xarajatlari, tashib keltirish, nazorat nuqtai nazaridan aniq 
hamkorlarni tanlashni asoslash bayon etiladi. 
Biznes rejada sub’udratchi firmalarni nomi, manzili, ular tomonidan 
bajariladigan ishlar turi va shartlari ko’rsatiladi. 
Bo’lim ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini hisoblash bilan 
tugallanadi. Bo’limga ishlab chiqarilgan mahsulot kalkulyatsiyasi va ishlab 
chiqarish harajatlari smetasining barcha moddalari bo’yicha hisoblar ilova qilinadi. 


174 

Download 3,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish