Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M


Rejalashtirish tamoyilari



Download 3,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/230
Sana14.06.2022
Hajmi3,71 Mb.
#671941
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   230
Bog'liq
fayl 1488 20210817

 
2.3. Rejalashtirish tamoyilari 
 
Korxona faoliyati rejasi tarkibi barcha bo’linmalar va funksional xizmatlar 
rivojlanishining umumiy dasturini ifodalovchi iqtisodiy ko’rsatkichlar tizimidan 
iboratdir. Reja – korxona faoliyatining umumiy maqsadi, xodimlar harakatining 
yo’nalishlari, bajariladigan ishlar tartiboti, zaruriy vosita va iqtisodiy resurslar, 
ilg’or texnologiya va ishlab chiqarishni tashkil etishdir. 
Rejalarda barcha qabul qilingan boshqaruv echimlari o’z ifodasini topadi,
mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmlarining asoslangan hisoblari, xarajat va
resurslarning hamda ishlab chiqarish yakuniy natijalari keltiriladi. 
Rejalarni ishlab chiqarishda ma’lum bir qoida va prinsiplarga amal qilish 
zarur. 
Birinchi marta rejalashtirish prinsiplari A.Fayol tomonidin ifodalangan. 
Uning fikricha harakat dasturlari yoki rejalarni ishlab chiqarishda asosan 5 
prinsipiga amal qilish talab etiladi: zaruriylik, yagonalik, uzluksizlik, 
moslashuvchanlik va aniqlilik. 
1. Zaruriylik tamoyili har qanday mehnat faoliyatida rejalardan 
foydalanishning zaruriyligi va majburiyligini ifodalaydi. Har qanday mehnat–
tabiiy resurslarni tayyor mahsulotga aylantirish orqali insonlarning ehtiyojlarini 
qondirishga qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyatdir. Ana shu harakatlarni 


37 
oldindan dasturlashning zarurligini inkor etib bo’lmaydi. Ushbu prinsip ayniqsa 
erkin bozor munosabatlari sharoitida alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki ularga 
amal qilish cheklangan resurslardan samarali foydalanishga qo’yiladigan iqtisodiy 
talablarga javob beradi. 
2.
Yagonalik tamoyili korxonani sotsial–iqtisodiy rivojlantirish yima reja 
yoki umumiy reja tuzishni ko’zda tutadi. Ushbu rejalar bilan bir qatorda mahsulot 
ishlab chiqarish va sotish, xarajat va daromadlar rejalari, korxonani texnik, 
tashkiliy va moliyaviy rivojlantirish umumiy rejalari yoki ishlab chiqarish 
bo’linmalari va funksional xizmatlar rejalari ham qo’llaniladi. Lekin ushbu rejalar 
o’z aro hamda korxonani iqtisodiy rivojlantirish kompleks rejasi bilan uzviy 
bog’langan bo’lishi lozimki, toki har bir bo’lim yoki iqtisodiy ko’rsatkichdagi 
o’zgarish ana shu umumiy rejada aks etsin. Rejalarning birligi iqtisodiy 
maqsadlarning umumiyligini ko’zda tutadi. 
3.
Uzluksizlik tamoyili rejalashtirish, tashkil etish va boshqarish 
jarayonlarining o’z aro bog’liqligi hamda uzluksiz, to’xtovsiz amalga oshirilishini 
ko’zda tutadi. Ishlab chiqarish jarayonida uzilishlar, tanaffuslar bo’lmasligi uchun, 
nafaqat rejalashtirishning uzluksizligiga erishish, balki ishlab chiqarilayotgan 
mahsulot va xizmatlarni ham o’z vaqtida o’zgartirib, yangilab turish talab etiladi. 
Ya’ni bir ishlab chiqarish rejasi o’rniga ikkinchisi keladi; bir tovar bozor talabidan 
kelib chiqib ikkinchisiga almashtiriladi. Bundan tashqari, rejalashtirishning 
uzluksizligi strategik rejalardan taktik rejalarga, ulardan operativ rejalarga o’tib 
borishni ko’zda tutadi. Uzluksiz rejalashtirish jarayonida haqiqiy va reja 
ko’rsatkichlarining o’z aro yaqinlashuvi yuzaga keladi. 
4. Rejalarning moslashuvchanligi tamoyili uzluksizlik prinsipi bilan boliq 
bo’lib, belgilangan texnik–iqtisodiy ko’rsatkichlar korrektirovka qilish 
imkoniyatini ko’zda tutadi. 
Texnika, texnologiya va ishlab chiqarishni tashkil etish borasidagi 
muntazam o’zgarishlar rejalashtirilgan resurslar sarfining kamayishiga va 
boshlang’ich rejalarni korrektirovka qilish, aniqlashtirishni talab etadi. Talab 
hamda amaldagi narx va ta`riflarning o’zgarib turishi tabiiy hol. Shu sababdan 


38 
korxonadagi barcha rejalar tarkibida mavjud rezervlar albatta e’tiborga olinishi 
lozim. Ushbu talablarga amal qilishda imkoniyatlar darajasi ham rejalashtirilishi 
lozim. Chunki ularning asoslanmaganligi rejalashtirish natijalariga ham ta’sir 
ko’rsatadi. 
5.
Aniqlilik tamoyili ichki va tashqi omillar bilan belgilanadi. Erkin bozor 
munosabatlari sharoitida rejalarning aniqligiga aniq talablar qo’yilmaydi. Har bir 
reja korxonaning moliyaviy holati va bozorda tutgan mavqeidan kelib chiqqan 
holda, ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlash orqali tuzilishi lozim. 
Rejalarning aniqligi qo’llaniladigan tizimlar va usullari bilan belgilanadi. 
Operativ yoki qisqa muddatli rejalashtirishda yuqori aniqlik talab etiladi, 
uzoq muddatli rejalashtirishda umumiy maqsadni tanlash bilan chegaralanish 
mumkin. 
Zamonaviy rejalashtirish fani va amaliyotida yuqorida ko’rib chiqilgan 
klassik prinsiplar bilan bir qatorda umumiqtisodiy prinsiplar ham keng tarqalgan: 
­
komplekslilik; 
­
optimallik; 
­
samaradorlik; 
­
ishtirok etish tamoyillari. 

Download 3,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish