26- chizma. Ta’lim berish (didaktika)ning tamoyillari.
138
Ta’lim mazmunining davlat ijtimoiy-siyosiy rivojlanish yo‘na-
lishlariga bog‘liqlik tamoyili. Prezidentimiz I. A. Karimov o‘z
asarlarida respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining 5 ta
tamoyilini belgilab bergan.
I.
A. Karimov Oliy Majlis sessiyasida fan, madaniyat arboblari
bilan uchrashuvlarda istiqlol mafkurasi masalalariga to ‘xtalib,
ta’lim-tarbiya masalalarida umuminsoniy qadriyatlarga asoslani-
shimiz kerakligini uqtirdilar. Bu g‘oyaviy yo‘nalish bizdan umum
insoniy ijobiy xislatlarni shakllantirish yo‘nalishida, ya’ni siyosiy
partiyalar ta’siri, xalq pedagogikasi durdonalari asosida yuz be-
radi, demakdir.
Ta’limda onglilik, faollik va mustaqillik tamoyili. O‘quvchi
bilimlarini hayotda qo‘llay olishi uchun ta ’lim berish jarayonini
faol fikrlash jarayoniga aylantirish kerak. Shunday sharoit yara-
tilganda o‘quvchida ijodiy tashabbuskorlik va mustaqil tafakkur,
nutq madaniyati va ilmiy dunyoqarash, e’tiqod tarkib topadi.
Ta’lim mazmunini unifikatsiyalash va tabaqalashtirish tamoyili.
Bu, birinchidan, ma’lum bir yo‘nalish bo‘yicha mutaxassis tay-
yorlanayotganida uni bir necha tur modifikatsiyasini (xillarini)
tayyorlash imkoniyatlarini beruvchi unifikatsiyalashgan o‘quv
rejalarini tuzishni ko‘zda tutsa, ikkinchidan, umumtexnik, umum-
pedagogik va maxsus predmetlar mazmunini tabaqalashtirish,
ijtimoiy ishlab chiqarish rivojlanishi an’analarini hisobga oladi.
Ta’limning ko‘rsatmalilik tamoyili. Bu tamoyil o‘qitish jara-
yonining sifatini orttiradi, talabalarning bilim olishlarini oson-
lashtiradi. O‘qitishning ko‘rsatmaliligi shuni ta’kidlaydiki, agar
o‘quvchilarda o ‘rganilayotgan narsa va hodisalarni bevosita idrok
qilishga bog‘liq hissiy-amaliy tajriba bo‘lgan taqdirdagina ular
bilimlarni ongli suratda o‘zlashtiradilar.
Kasbga yo‘naltirish tamoyili. O‘quv rejadagi barcha predmet-
lar bo‘yicha bilimlarning o‘zi yetarli emas. Chunki yosh muta
xassis o‘qishni bitirib ish boshlagunicha real texnologik jarayonda
ko‘pgina o‘zgarishlar ro‘y berishi mumkin. Shuning uchun ta’
lim ma’nosi ma’lum bilimlarni ko‘zda tutadi. Mutaxassisda tez-
roq bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, kasbiy yo‘naltirilganlik
ko‘nikmalarini taraqqiy ettirish ko‘zda tutiladi va hokazolar.
Ta’limning tizimli va izchil bo‘lishi tamoyili. Ta’limda izchil-
likka rioya qilib o‘qitish lozim, toki o‘rganilgan bilimlar kecha
139
o‘rganilganlarni mustahkamlasin. Ya’ni o‘tilayotgan fan yoki
bayon qilinayotgan materialning o‘quvchilarning oldingi o‘zlash-
tirgan ilmiy bilimlari, ko‘nikma va malakalari bilan izchil va uzviy
bog‘lanishi, shu bilan bir vaqtda, o‘qitilayotgan materialni o‘z-
lashtirish orqali kelajakda yangi bilimlarni o‘zlashtirishga zamin
yaratilishi nazarda tutiladi.
Ta’lim-tarbiyaning birligi tamoyili. Ta’lim-tarbiyaning birligi
ta’lim jarayonining to ‘g‘ri tashkil qilish va o‘qitishning xilma-xil
usul va uslublaridan foydalana olishga ko‘p jihatdan bog‘liqdir.
Ayniqsa, ta’lim bilan tarbiyaning birligini ta’minlash uchun qu-
yidagilarga riyoa qilish kerak:
— bayon qilinayotgan o ‘quv materialining mazmuni ham
g‘oyaviy, ham ilmiy jihatdan to‘g‘ri tashkil qilinishi;
— o‘qitilayotgan mavzuning ilmiy va tarbiyaviy mohiyati ochib
berilishi, ta’lim jarayonida hadislardan foydalanish imkoniyati-
ning yaratilishi;
— bayon qilinayotgan ilmiy bilimlarning puxta va mustahkam
o‘zlashtirilishi va turmushda unga amal qilinishi;
— ta’limda muammoli jarayonni vujudga keltirish, o‘quvchi-
larning qiziqishlari, faollik va tashabbuskorliklarini ta’minlashga
imkon yaratish;
— ta’lim jarayonida o‘quvchilarning uyushqoqlik, intizomlilik
va javobgarlikni sezish, o ‘zaro yordam hislarini tarbiyalashni
ta’minlamoq zarur.
1997-yil 29-avgustda qabul qilingan «Ta’lim to ‘g‘risida»gi
Qonun hamda «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da yosh avlod
ni milliy istiqlol mafkurasi ruhida tarbiyalash, darsliklar, o‘quv-
uslubiy qo‘llanmalarni milliy ta ’lim-tarbiya an’analari asosiga
qurish masalalari ko‘tarilgan va shu muammoni hal qilish yo‘l-
yo‘riqlari ko‘rsatilgan (27- chizma).
Shaxs — kadrlar tayyorlashning bosh subyekti, ta’limga oid
xizmatlarning iste’molchisi va ularning yaratuvchisidir.
Fan — yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlovchi va ular
ning iste’molchisi.
Uzluksiz ta’lim — kadrlar tayyorlashning poydevori.
Ishlab chiqarish — kadrlarga bo‘lgan ehtiyojning istiqbolini bel-
gilashni, ularning tayyorgarlik darajasi sifatini baholashni, moddiy
va moliyaviy ta’minlashni amalga oshiruvchi asosiy buyurtmachi.
140
Do'stlaringiz bilan baham: |