Malakaviy amaliyot —
o’quv jarayonining nazariy bilimlarni mustahkamlash,
amaliy ko’nikma va malaka hosil qilish, ta’lim dasturining ma’lum (yakuniy)
qismidagi mavzu bo’yicha materiallar to’plash uchun o’tkaziladigan bir qismi.
Malaka oshirish
— mutaxassislar va rahbar xodimlarning kasbiy bilim va
ko’nikmalarini yangilash hamda rivojlantirish jarayoni.
Malaka talablari —
uzluksiz ta’lim tegishli bosqichi bitiruvchisining umumiy
bilim va kasb tayyorgarligi darajasiga qo’yiladigan talablar.
Marketing
— bozor xolatini chuqur o’rganish, oldindan baholarni bilgan holda
tovarlar ishlab chiqarish, xizmatlar tashkil qilish, g’oyalar yaratish va ularning
sotuvini tashkil qilish orqali yuqori foyda olishni ta’minlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |