bir o’qituvchi bir vaqtni o’zida ko’p
sonli ta’lim oluvchilar bilan faoliyat olib
borganligi
sababli
iqtisodiy
ko’rsatkichlarning nisbatan yuqoriligi;
o’qituvchi va ta’lim oluvchini o’zaro
hamkorlik faoliyatini amalga oshirishga
qulay sharoit yaratilganligi.
darsni sinfdagi o’rtacha
ta’lim oluvchilarga mo’ljal-
langanligi;
har bir ta’lim oluvchi
bilan individual shug’ullanish
imkoniyatining yo’qligi.
Har bir dars o’quv jarayonining bir qismi hamda bilim, ko’nikma va
malakalarni egallashning bir butun mantiqiy yakunlangan bosqichi hisoblanadi.
Dars muvaffaqiyatli o’tishi uchun uni tashkil etish bo’yicha o’qituvchi
faoliyatining maqsadini aniqlash lozim.
Har qanday darsning uchta maqsadlari mavjud ( 4.2 - rasm).