1.2. Roviylar hadis ilmidagi o`rni
Ma’lumki, hadis rivoyat qilinishida Imom Buxoriy keltirganlaridek o’z shartlari bordir.1-Hadis bir-biridan rivoyat qilayotgan roviylar bir shaharda zamondosh bo’lishi , hadis esa muttasil hadis deb qaralishi uchun esa barcha shartlar topilishi kerak bo’ladi. 2-Hadis rivoyat qilgan roviylar bir shaharda uchrashgan bo’lsa-yu lekin bir shaharda yashamagan bo’lsa, bu hadisga ham muttasil deb qaralmaydi. 3-Roviy hadis rivoyat qiluvchi shaxs o’zidan oldingi eshitgan roviydan ijozatan -yuz tarzda ya’ni rivoyat jihatidan yoki diroyat jihatidan olgan bo’lishi. 4-Eng asosiylaridan biri roviy musulmon bo’lishi, musulmon bo’lmagan roviydan hadis qabul qilinmagan. 5-Roviy bu bosqichda balog’atga yetgan bo’lishi, muhaddislar e’tiborida balog’at yoshi belgilanmagan . Ular tavilicha balog’at yoshi hadisni bemalol yod oladigan va uni mas’uliyatini boshqalarga huddi o’zidek yetqaza olish darajasiga yetsa deb aytishgan. Hadis ilmidan bizga ma’lumki, birinchi roviy Qutayba ibn Said bo’lgan. Bu roviy ko’plab hadislar rivoyat qilgan bo’lib, bu roviy Imom Termiziyning eng kata ustozlaridan biri hisoblanadi. Qutayba ibn Said asli Xurosonlik bo’lib, u kishi ustolari Imom Molikdan, Ibn Laysdan, Shayx Naxiyadan va Imom Sharikdan hadis eshitgan. Siqa bo’lganlar, kata olim, taqvador kishi edilar.Buni dalili sifatida aytib o’tishimiz joizki, Imom Nasoiy bu
2.2 Roviylarni jarh va ta`dil qilishda qo`yilgan shartlar.
Jumhur ulamolar esa, bir nafar adolatli roviyning xabari qabul qilinar ekan,
uning guvohligi ham qabul qilinishi lozim, degan qarashni ilgari surishgan. Bunda ta’dil hukmini beruvchi yoki naql qiluvchi kishining erkak yoki ayolligi, qul yoki ozod kishiligi ahamiyatsizdir. Zero, agar hukm naql qilingan bo‘lsa, u xabar hisoblanib, u bir kishidan ham qabul qilinaveradi. Agar ta’dil ushbu kishining ijtihodi bo‘lsa, u hukm hisoblanadi va hukm chiqaruvchining soni ko‘p bo‘lishi shart qilinmagan. Ushbu masala keyingi mavzularda batafsil bayon etiladi. - roviyning ahli ilm orasida adolat sifati bilan mashhur bo‘lishi. Adolatli
ekani ko‘pchilikka ma’lum bo‘lgan kishining ishonchli ekani to‘g‘risida alohida qaydlarning mavjud bo‘lishi shart qilinmaydi. Xatib Bag‘dodiy ushbu masalaga to‘xtalib, “adolati, siqaligi va omonatdorligi bilan mashhur bo‘lgan muhaddis boshqa bir kishining tazkiyasi (ta’dili)ga muhtoj emas”, - deydi. Bunday kishilar safida Molik ibn Anas, Sufyon ibn Uyayna, Sufyon Savriy, Shu’ba, Abu Amr Avzoiy, Ahmad ibn Hanbal va Ali ibn Madiniy kabi mashhur muhaddislarni qayd etgan. Shuningdek, majhul (ismi yoki ishonchliligi ma’lum bo‘lmagan) va talabalarga holati mushkillik tug‘dirgan kishilar haqida so‘ralishini aytgan. Mashhur muhaddis Yahyo ibn Maindan Abu Ubayd haqida so‘ralganda,
“Men kabi kishidan Abu Ubayd haqida so‘raladimi?! Abu Ubayddan kishilar to‘g‘risida so‘raladi”, deydi. Ushbu rivoyat ishonchli roviylarning adolati haqida so‘ralmasligini yana bir bor ta’kidlaydi. - kishining hadis talabi bilan mashg‘ul bo‘lishi uning adolatli ekaniga dalolat
qiladi. Bu haqda Ibn Abdulbar to‘xtalib, “يحمل هذا العلم من كل خلف ... (Ushbu ilmni har bir avlodning adolatli kishilari tashiydi...)” hadisiga muvofiq hadis ilmni ko‘tarib yuruvchi, u bilan mashg‘ul bo‘lgan kishi u to‘g‘risidagi jarh ma’lum bo‘lmaguncha, adolatli deb hisoblanishini qayd qilgan. Ibn Saloh Ushbu qarash muhaddisning masalada kengchilik qilgani va bu qabul qilinmasligini aytgan. Uning qarashini Saxoviy ham qo‘llab-quvvatlagan. Muhaddis Umar ibn Ruslon mazkur hadisning sahih emasligini, bir nechta
isnod zanjiri bilan rivoyat qilingan bo‘lsa-da, ular zaif ekanini ta’kidlagan. Hofiz Iroqiy ushbu hadisning Abu Hotim Roziy “al-Jarh va at-ta’dil” asarida keltirganHadis roviylari. Jarh va ta’dil ilmi 27 ba’zi isnod yo‘llarida “ليحمل” shaklida, ya’ni buyruq-istak maylida keltirilganiga diqqat qaratgan va uni tavsiya ma’nosini anglatishini bildirgan. - e’tirof etilgan yirik ulamolarning bir kishidan rivoyat qilishi. Masalan, biror roviydan Imom Buxoriy va Imom Muslimning har ikkisi yoki biri o‘z “Sahih”ida rivoyat keltirishlari, uning adolatli ekanini anglatadi. Ushbu qarashni Bazzor, Ibn Qatton, Zahabiy, Ibn Hibbon kabilar ilgari surgan. Muhaddislar musulmon bo‘lmagan odam, aqli ojiz kishi va balog‘atga yetmagan bolaning rivoyati qabul qilinmasligini ta’kidlashgan. Fosiq kishi tavba qilgan bo‘lsa, uning rivoyatlari qabul qilinadi. Hadis to‘qishda ayblangan kishining rivoyatlari esa, ushbu gunohdan tavba qilgandan keyin ham qabul qilinmaydi. Bid’atchi kishi rivoyatlarining qabul qilinishi masalasida ikki jihatga e’tibor qaratiladi. Agar bid’at insonni dindan chiqishiga sabab bo‘lsa, uning rivoyatlari qabul qilinmaydi. Bid’at roviyni musulmonlikdan chiqarmaydigan bo‘lsa hamdaunga boshqalarni da’vat qilmasa, uning rivoyatlari qabul qilinadi.
“Zabt” so‘zi bir narsani ushlab qolishni ifoda etadi. Muhaddislar atamasi
sifatida roviylarning hadisni mukammal egallagan bo‘lishi, ya’ni uning sanadi va matniga oid barcha zaruriy bilimlarni bilishi, rivoyatni yozma yoki yodda saqlagan bo‘lishi, istalgan vaqtda uni aniq va nuqsonlarsiz bir xil ko‘rinishda ayta oladigan bo‘lishini anglatadi.
Mazkur ta’rifdan zabtning ikki qismga bo‘linishi oydinlashadi. Ular “ضبط
الصدر” (zabt as-sadr) va “ضبط الكتابة” (zabt al-kitoba) bo‘lib, “zabt as-sadr
roviyning xotirasi kuchli ekanini ifodalab, bunday roviy eshitgan rivoyatni xohlagan vaqtda aynan aytib bera olish malakasiga egaligini anglatadi. Zabtning ushbu turim rivoyatni yoddan aytib beruvchi kishi uchun shart qilinadi.
“Zabt al-kitoba” esa, roviyning eshitgan narsasini xatolarsiz, ziyoda yoki
nuqsonlarsiz qayd qilishi hamda saqlay olish malakasiga egaligini anglatadi.
Zabtga 4 ta shart qo‘yilgan bo‘lib, ular:
- roviyning sergak bo‘lib, g‘aflatda qolmasligi;
- agar yodaki aytib bermoqchi bo‘lsa, rivoyatni yoddan bilishi;Hadis roviylari. Jarh va ta’dil ilmi - kitobdan o‘qib bermoqchi bo‘lsa, uni mukammal holda, ziyon-xahmatsiz saqlagan bo‘lishi;
- ma’noni rivoyat qilmoqchi bo‘lsa, jumlaning ma’nosini chuqur anglashi.
Roviyning zabtini bilishda:
- uning rivoyatlari zabti kuchliligi bilan mashhur bo‘lgan kishilarning
rivoyatlariga muvofiq ekani tekshiriladi. Agar muvofiqlik aniqlansa, unga zabti
kuchli roviy bahosi beriladi. Ixtiloflar ko‘p bo‘lsa, roviyning zabti kuchli emasligi,
rivoyatda xatolar qilgani haqida hukm chiqariladi.
Agar bir kishi boshqa bir muhaddisdan yoki sahobiydan ma’lum hadis
eshitganini da’vo qilsayu, ushbu rivoyat boshqa biror kishi tomonidan rivoyat
qilinmagan yoki mazkur muhaddis-sahobiy bilan doimo birga bo‘lgan kishilar
tomonidan naql qilinmagan bo‘lsa, u holda da’vo qiluvchining ishonchliligi
o‘rganiladi. Agar siqa bo‘lmasa, uni hadis to‘quvchi, agar adl, siqa bo‘lsa, uni vahm va g‘alat qilgan (rivoyatlarni adashtirib yuboruvchi) kishi deb baholanadi.
Ba’zi muhaddislar roviyning zabtini baholashda uning rivoyatlarini
eshitgach, hadisni kimdan naql qilgan bo‘lsa, o‘sha kishining yoniga borib, uning og‘zidan eshitishgani va muvofiqlik qay darajada ekanini tekshirishgan.
- roviyning hifzini uning kitobi bilan qiyoslash. Muhaddislar roviyning zabtini
aniqlashda uning yodaki rivoyat qilgan hadislarini o‘zida mavjud bo‘lgan kitobi
bilan muvofiqligini tekshirishdan ham foydalanishgan. Shu bilan birga, siqa va
zabtli bo‘lgan kishining hadisni kitobdan o‘qib berishini afzal bilishgan.
Shu bilan birga, qadimda roviy yoki muhaddisning zabtini baholashda
imtihon qilib ko‘rish ham keng tarqalgan. Imom Buxoriyning Bag‘dodda imtihon qilinishlari ham shu jumladandir.
Muhaddislar keksalik yoki boshqa sabablarga ko‘ra rivoyatlarni aralashtirib
yuborgan roviylarning zabti kuchli vaqtdagi rivoyatlari qabul qilinishini
ta’kidlashgan. Muhaddislar hadislarni yodlamasdan, faqat kitobga yozib boradigan hamda undan so‘ralganda yozuvlaridan o‘qib beradigan ishonchli kishining rivoyatlari qabul qilinishi masalasida ixtilof qilgan. Ulardan bir guruhi bunday kishiningHadis roviylari. Jarh va ta’dil ilmi rivoyatlari qabul qilinmasligini ta’kidlashgan. Jumladan, Imom Molikdan so‘ralganda, “Yo‘q, olinmaydi. Men tunda uning kitobiga qo‘shib qo‘yilishidan qo‘rqaman”, - degan. Ikkinchi guruh olimlari esa, xotirasi kuchli bo‘lmagan talabalarga
eshitganlarini yozib borishni buyurishar edi. Bu borada Hasan ibn Ali:
“O‘rganinglar. Sizlar qavmning kichigi bo‘lgan vaqtingizda (ilmni) o‘rganinglar.Ertaga ularning kattalari bo‘lasizlar. Sizlardan kim yodlay olmasa, yozib olsin”, degan. Marvon ibn Muhammad esa, “Hadis sohibi 3 narsa: rostgo‘ylik, yodlash va yozuvning to‘g‘riligidan behojat bo‘la olmas. Agar unda 2 tasi bo‘lsa-yu, 1 tasida xato qilsa ziyon ko‘rmaydi. Agar rostgo‘ylik va yozuvning to‘g‘riligi bo‘lsa-yu, yod olmasa, to‘g‘ri kitobga murojaat qiladi va zarar ko‘rmaydi”, deydi. Hofiz ibn Hajarga ko‘ra, sahobiylarning bir guruhi hadislarni yodlash bilan cheklanib, uni yozib borishmagani sababli, tabiyki, ularning ba’zilari rivoyatlarda xatoga yo‘l qo‘yishgan. Boshqa guruh esa, hadislarni yozib borishar va uchbu yozuvlarga asoslanib rivoyat qilishar edi. Ularning rivoyatlarida xato birinchi guruhga nisbatan kam uchraydi. Demak, adolatli roviy hadisni yozish bilancheklanib, ularni yodlamagan bo‘lsa-da, uning rivoyatlari ishonchli hisoblanaveradi.
2. Roviyning majhul bo‘lishi, rivoyatiga xilof ish qilishi hamda zabti
pastligi bilan bog‘liq hukmlar. Xatib Bag‘dodiy hadis talabida mashhur
bo‘lmagan yoki muhaddislar qayd etmagan va rivoyatlari birgina roviy tomonidan naql qilingan kishini “majhul” roviy sifatida qayd etgan.
Muhaddislar “majhul”ni 3 turga bo‘lishgan:
- faqat bir roviy hadis naql qilgan hamda va biror muhaddis-roviy ishonchli
deb baholamagan kishini “مجهول العين” (majhul al-ayn) hisoblanadi. Bunday
roviyning rivoyatlari qabul qilinishi masalasida muhaddislar yakdil bo‘lishmagan. Aksar muhaddislarga ko‘ra, bunday roviyning rivoyatlari qabul qilinmaydi. Ammo, ushbu roviyni undan hadis rivoyat qilmagan boshqa bir kishi ishonchli, deb baholagan bo‘lsa, qabul qilinadi. Shu bilan birga, “majhul al-ayn” roviydan rivoyat qilgan kishi jarh va ta’dil olimlaridan hisoblansa, uning rivoyatlari qabul qilinadi.Hadis roviylari. Jarh va ta’dil ilmi Shuningdek, naql qiluvchi kishi faqatgina ishonchli roviylardan rivoyat qilishi bilan e’tirof etilgan bo‘lsa ham, majhul al-ayn roviyning rivoyati qabul qilinadi. Imom
Buxoriyning “al-Jome as-sahih”iga bunday roviylarning hadislarini kiritgani ham ushbu guruh muhaddislar qarashlarini tasdiqlaydi. Ba’zi muhaddislar esa, majhul roviyning rivoyatlari qabul qilinmasliginita’kidlashgan. Ushbu guruh olimlarga ko‘ra, adolatli bo‘lmagan kishining rivoyati qabul qilinmasligi haqidagi ijmo majhul kishining hadislari qabul qilinmasligini
bildiradi.
- ikki yoki undan ko‘p roviy tomonidan rivoyatlari naql qilingan, ammo
ishonchli ekani qayd qilinmagan roviyni “مجهول الحال” (majhul al-hol) yoki “مجهول
العدالة ظاهرا وباتنا ” (zohirda ham, botinda ham adolati noma’lum) deb aytiladi.
Bunday roviyning rivoyatlari rad etiladi. Bunday roviydan adolatli kishilardangina
hadis naql qiluvchilardan bo‘lsa, uning rivoyatlari qabul qilinadi;
- zohirda adolatli bo‘lib ko‘ringan, ammo botinda ham shunda ekani
tasdiqlanmagan roviy “مجهول العدالة باطنا” (botinda adolati majhul) yoki “المستور”
(yashirin) deb nomlanadi. Nuriddin Itr majhulning ushbu turini majhul al-holga
qo‘shadi. Unga ko‘ra, majhulning 3-turi roviyni bevosita ko‘rgan odamga tegishli bo‘lib, hozirgi kunda roviylarning holatini bilvosita, ya’ni kitoblardangina bilish,mumkinVuhdon (الوحدان) majhul roviy to‘g‘risidagi qoidalarni tatbiq qiluvchi hadis ilmi sohasi hisoblanib, birgina kishi tomonidan rivoyatlari naql qilingan roviylarni o‘rganadi.
Sahobalar orasidagi Vahb ibn Xanabash, Saidning otasi Musayyab ibn Hazn
va Amr ibn Tag‘lib “vuhdon” bo‘lganlari ham mavjud bo‘lib, ularga nisbatan
“majhul” qoidalari qo‘llanilmaydi. Tobeiylar orasida Muhammad ibn Abu Sufyon ibn Horisa Saqafiy, Amr ibn Abu Sufyon kabilardan faqat Muhammad ibn Shihob Zuhriy, Misvar ibn Rifoa Quraziydan faqat Molik, Fazl ibn Fazoladan faqat Shu’ba Hajjoj hadis rivoyat qilgan.Hadis roviylari. Jarh va ta’dil ilmi Roviylarga “undan birgina kishi rivoyat qilgan” deb hukm berish qiyin
ishlardan hisoblanadi. Zero, roviyga nisbatan bunday baho berish uchun “ilm ar-
rijol”ga doir barcha ma’lumotlarni chuqur o‘rganish talab etiladi. Hokim Nasopuri “al-Madxal ila kitob al-iklil” (Iklil kitobiga kirish) nomli asarida Imom Buxoriy va Imom Muslim o‘zlarining “al-Jome’ as-sahih” to‘plamlarida “vuhdon” roviylarning rivoyatlarini kiritishmaganini ta’kidlaydi. Shu bilan birga, buning aksini aytgan muhaddislarni tanqid qiladi. Imom Zahabiy esa, mazkur hadis to‘plamlariga 10 nafar “vuhdon” sahobiyning rivoyatlarini kiritilganini qayd etadi. Ikki muhaddisqarashlari bir-biriga zid bo‘lmay, Hokim Naysopuriy sahobiylardan boshqa “vuhdon” roviylarni nazarda tutgan bo‘lsa, Zahabiy sahobiylarni nazarda tutgan. Zero, “vuhdon” bo‘lgan sahobiylar “majhul” deb bilinmaydi. Muhaddislar “vuhdon”ni ikki turga bo‘lishgan bo‘lib, yuqorida zikr qilingan ta’riflar uning “vuhdon ar-ruvoti” turiga tegishli.
“Vuhdon”ning ikkinchi turi “vuhdon al-hadis” yoki “vuhdon ar-rivoya”, deb
atalib, birgina hadis rivoyat qilgan kishiga nisbatan ishlatiladi. Ushbu turda
roviyning faqat 1 ta rivoyati bo‘lib, uni ko‘pchilik naql qiladi. Hanafiy mazhabida bir yoki ikkita hadis rivoyat qilgan kishi ham “majhul” deyiladi va u “vuhdon al- hadis”ni ifodalaydi.
Sahobalardan Abu Lahm G‘iforiy, Ahmad ibn Jaz’i Basriy kabilar “vuhdon ar
-rivoya”lardan hisoblanishgan. Jumladan, Abu Lahmning “Istisqo” to‘g‘risidagi
bitta rivoyati mavjud bo‘lib, ushbu hadisni Imom Termiziy va Nasoiy o‘z
to‘plamlariga kiritgan. Ahmad ibn Jaz’ining esa faqat Nabiy (s.a.v.)ning sajdadagi holatiga doir rivoyati ma’lum bo‘lib, uni Abu Dovud va Ibn Mojja rivoyat qilgan.
Sahobalardan keyingi tabaqa vakillari orasida Bushayr ibn Sobit Ansoriy,
Ishoq ibn Huzaliy, Ismoil ibn Bushayr Madaniy kabilar ham “vuhdon ar-rivoya”
roviylardan hisoblanadi. Ba’zida roviy bir hadisni rivoyat qilib, ushbu rivoyat taqazo qilgan ishning aksini qiladi yoki unga zid fatvo beradi. Muhaddislar ushbu holat roviy rivoyatining sahihligiga yoki isnod zanjiridagi kishilarning ishonchliligiga putur yetkazmasligini ta’kidlashgan. Xatib Bag‘dodiy mazkur masalaga to‘xtalib, agar roviy bir shayxdanHadis roviylari. Jarh va ta’dil ilmi
ma’lum hukmni taqazo qiladigan hadisni rivoyat qilib, ushbu hukmga amal qilmasa, bu uning o‘z shayxini jarh qilganini anglatmasligini ta’kidlaydi. Unga ko‘ra mazkur holatning bir qancha sabablari mavjud bo‘lishi mumkin.
Ba’zida roviylarning o‘zidan hadis naql qilgan kishini eslay olmasligi ham
kuzatiladi. Ushbu holatning sabablarini o‘rgangan muhaddislar buning bir nechta\ ko‘rinishlarini mavjudligini qayd etib, shunda muvofiq hukm chiqargan. Jumladan, shayx o‘zidan hadis rivoyat qilgan kishiga nisbatan “falonchiga rivoyat qilmaganman”, “u menga nisbatan yolg‘on gapiryapti” kabi e’tirozlarni bildirgan bo‘lsa, bunday rivoyatlar rad etiladi. Agar shayx “uni tanimayman” yoki “uni eslay olmayapman” kabi so‘zlarni aytib, ikkilansa ushbu rivoyat qabul qilinadi.
3. Jarh va ta’dilning o‘zaro ziddiyatli bo‘lishi. Ba’zida bir roviy to‘g‘risida
muhaddislarning ham jarh, ham ta’dil baholari mavjud bo‘ladi. Bu roviy haqidagi jarh va ta’dil hukmining olimlar ijtihodiga asoslangani, ya’ni roviydagi ayblar uni zaif, deb baholashga kifoya qilishi yoki yo‘qligi borasidagi shaxsiy xulosa ekani bilan bog‘liq. Zero, har doim ham ikki kishining ijtihodi natijasi bir hil bo‘lmaydi. Ushbu masalaga muhaddislar alohida e’tibor qaratishgan bo‘lib, Imom Termiziy, Navaviy, Munziriy, Ibn Rajab Hanbaliy, Ibn Hajar Asqaloniy, Jaloliddin Suyutiy va boshqalar ular jumlasidandir. Imom Termiziy ahli ilmlarning peshqadamlari boshqa masalalarda bo‘lgani kabi roviylarni jarh qilishda ham ixtilof qilishganini qayd etadi. Muhaddis Munziriy ham ushbu masalaga to‘xtalib, “Xuddi shu kabi, muhaddis jarh qilingan bir shaxsning hadisi yoki rivoyatini dalil sifatida qo‘llashni istasa, ushbu jarhning roviyrivoyatiga ta’sir etish yoki etmasligi borasida ijtihod qiladi”, deydi.
Jarh va ta’dil hukmining o‘zaro ziddiyatli bo‘lishi bir qancha omillar bilan
bog‘liq:
- muhaddislarning roviyga nisbatan berilgan nuqsonlarni baholashdagi
shaxsiy ijtihodi.
- hukm muallifi hisoblangan muhaddisning jarh va ta’dilga doir metodi.
Jumladan, ikki yoki uch rivoyatda yo‘l qo‘ygan xatosi sababli roviyning rivoyatlaridarajasini quyiga tushirgan Shu’ba ibn Hajjoj, Yahyo ibn Said Qatton, Molik ibnHadis roviylari. Jarh va ta’dil ilmi Anas kabi qattiqqo‘l muhaddislarning jarh bahosi alohida o‘rganilib, boshqa muhaddislarning bahosi bilan muvofiqligi tekshiriladi. Muvofiqlik aniqlansa – e’tibor beriladi, aks holda ko‘pchilik muhaddislarning hukmi qabul qilinadi. Mazkur muhaddislarning roviy to‘g‘risidagi ta’dil bahosi esa, e’tirozsiz, qabul
qilinadi. Imom Termiziy, Hokim Naysoburiy kabi yengil shart sohiblarining roviy to‘g‘risidagi baholariga esa, birinchi guruh muhaddislarining aksicha yo‘l tutiladi. Ya’ni, jarhlari jiddiy qabul qilinib, ta’dil baholarining boshqa muhaddislarning bahosi bilan muvofiqligi tekshiriladi. Jarh va ta’dil qoidalari borasidagi ixtiloflar ham bir roviy to‘g‘risida o‘zaro zid hukmlarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Masalan, bir kishining ta’dil bahosi roviy to‘g‘risidagi hukm uchun kifoyami, siqa kishining bir roviydan rivoyat qilishi uning ishonchli ekanini anglatadimi?, kabi masalalarda muhaddislarning qarashlari o‘rtasidagi ixtiloflar mavjud bo‘lib, bu ularning hukmlariga ham ta’sir etgan.
Muhaddislarning jarh va ta’dil atama va iboralarini qo‘llashga oid farqli
metodlari ham o‘zaro ziddiyatga sabab bo‘lgan. Masalan, “munkar” atamasini hijriy uchinchi asrdan keyin yashagan muhaddislar zaif roviyning o‘zidan kuchli bo‘lgan roviyga zid rivoyat qilishiga nisbatan ishlatishgan bo‘lsa, Ahmad ibn Hanbal uni
fard rivoyat sohibi bo‘lgan roviyga nisbatan ishlatgan.
- Roviyning ismi borasidagi yanglishish hamda roviyning isnod zanjiridagi
boshqa bir kishi sababli jarh etilishi.
Jarh va ta’dil borasidagi ziddiyatli hukmlardan qaysi birini inobatga olish
masalasi ikki qismga bo‘lib o‘rganiladi. Ular:
A) ikki yoki undan ko‘p muhaddislarning bir roviy to‘g‘risidagi ziddiyatli
hukmi. Ayni bir roviy to‘g‘risida ham jarh, ham ta’dil hukmlari mavjud bo‘lgani
holda har ikki hukm tarafdorlari bo‘lgan muhaddislarning soni ham teng bo‘lsa, jarh
qabul qilinadi. Chunki, jarh hukmini bergan muhaddis roviyning zohiran ishonchli ko‘ringani holda, botinda ayb-nuqson sohibi ekanini bildiradi. Shu bilan birga, hukm beruvchi kishi roviy bilan bir shahardan bo‘lsa, uning jarh yoki ta’dil bahosi boshqalarnikiga qaraganda yuqori darajada e’tirof etiladi. Bu borada Hammod ibnHadis roviylari. Jarh va ta’dil ilmi Zaydning “Bizning diyorimizga turli o‘lkalardan kishilar kelib, bir roviyni zikr etar, undan hadis rivoyat qilib, uni maqtashar edi. Ushbu roviyning vatandoshlaridan u haqda so‘rasak, aytilganidan boshqacha bo‘lib chiqardi” deb, bir roviyning ayb-
nuqsonini boshqa o‘lkaga mansub kishilar yaxshi bilmasligini hamda jarh va
ta’dilda ushbu o‘lkada yashagan kishilarga suyanish lozimligini qayd etadi.
Shuningdek, mazkur gapini “Kishining yurtdoshlari uni bilguvchiroqdir” deb,
alohida ta’kidlardi. Alohida qayd etish lozimki, mazkur o‘rinda jarh hukmini bergan muhaddislarning so‘ziga tayanish ta’dil hukmini bergan muhaddislarni
yolg‘onchiga chiqarish sifatida baholanmaydi. Balki, jarh hukmini bergan
muhaddislar roviy to‘g‘risida uni ishonchli, deb hisoblovchi ulamolarga ma’lum
bo‘lmagan ba’zi ma’lumotlarni ham qo‘lga kiritganini ko‘rsatadi. Aksincha, roviyni ishonchli deb baholagan muhaddislarning so‘zini e’tiborga olish, jarh qilgan ulamolarning so‘zlari yolg‘onga chiqarish bilan barobar hisoblanadi.
Roviy to‘g‘risida jarh hukmini bergan muhaddislar soni ta’dil qilganlardan
kam bo‘lganda, jumhur muhaddislarga ko‘ra, jarh hukmi bir qancha shartlar bilan qabul qilinadi. Ushbu shartlar:
- jarhning sabablari bayon etilgan bo‘lishi. Zero, sabablari bayon etilmagan
jarh hukmi (mubham jarh) qabul qilinmaydi;
- sabablarning bartaraf etilgani bayon qilinmagan bo‘lishi. Ba’zida roviy
o‘zining jarh qilinishiga sabab bo‘lgan illatdan tavba qiladi. Muhaddislar tomonida ushbu holat zikr qilingan bo‘lsa, jarh hukmi e’tiborga olinmaydi;
- sabablarning mo‘tabar yo‘l (aniq dalillar) bilan inkor etilmagan bo‘lishi.
Muhaddislar ushbu shartni bayon etish uchun bir nechta faraziy misollarni
keltirishgan. Jumladan, bir roviy boshqa bir kishini o‘ldirgani aytilsa-da, muhaddis uni tirik holda ko‘rganini qayd etishi va jarh hukmi e’tiborga olinmasligi mumkin jarhning e’tirof etilgan shartlarga javob berishi. Jarh va ta’dilning qabul qilinshi uchun muhaddislar tomonidan bir nechta shartlar ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu shartlarga javob bergan hukm qabul qilinadi;Hadis roviylari. Jarh va ta’dil ilmi 35 - jarh qilingan roviy ishonchliligi bilan tanilgan kishilardan bo‘lmasligi. Abu
Hanifa, Imom Molik kabi ishonchli ekani hammaga ma’lum bo‘lgan kishilar to‘g‘risidagi jarh hukmi e’tiborga olinmaydi. Ba’zi muhaddislar esa yuqoridagi qarashning aksini ilgani surib, mazkur
holat ta’dil qiluvchilarning hukmini quvvatlab, jarh qilgan ulamolarning so‘zlarini zaiflashtirishini ta’kidlashadi. Ammo, ushbu qarash e’tirof etilmaydi. Zero, roviy to‘g‘risida ta’dil hukmini beruvchilar qanchalik ko‘p bo‘lmasin, ular roviyda jarh qiluvchi muhaddislar aytgan illatlarning mavjud emasligini qayd etishmaydi. B) bir muhaddisning ayni roviy haqidagi ziddiyatli ikki hukmi. Ba’zida jarh
va ta’dilga doir manbalarda bir muhaddisning ayni roviy to‘g‘risida o‘zaro zid bo‘lgan ikki hukmi mavjud bo‘ladi. Ushbu o‘rinda muhaddisning ikki hukmi jamlanadi. Zero, ba’zi roviy to‘g‘risidagi jarh hukmi ayni bir rivoyatgagina tegishli bo‘lishi mumkin. Agar ikki hukm orasini jamlashning imkoni bo‘lmasa, ular orasidan ishonchlirog‘i tanlab olinadi. Bunda, jarh hukmining sababi bayon etilgan yoki yo‘qligi kabi xususiyatlar e’tiborga olinadi. Ba’zida muhaddisning o‘zi o‘zaro zid hukmning qaysi biri maqbulroq ekani to‘g‘risida bayon etgan bo‘ladi. Bunday holda muhaddis bayoni e’tiborga olinadi
Do'stlaringiz bilan baham: |