II ASOSIY QISM
IKKINCHI ANALITIK GURUHI KATIONLARINING UMUMIY XARAKTERISTIKASI
Ikkinchi analitik guruh kationlariga Ca2+, Sr2-, Ba2+, Ra2+ ionlari kiradi. Bu kationlar birinchi analitik guruh kationlaridan farq qilib, turli ionlar bilan birikib suvda qiyin eriydigan tuzlar hosil qiladi. Masalan: ikkinchi guruh kationlarining sulfatlari, fosfatlari, oksalatlari va karbonatlari suvda qiyin eriydi. Ikkinchi guruh kationlarini birinchi guruh kationlaridan karbonatlar CaCO3, SrCO3, BaCO3 holida ajratish qulay, chunki olingan cho’kmani keyingi tahlillar uchun eritmaga oson o’tkazish mumkin. Shuning uchun ham ikkinchi analitik guruhning umumiy reagenti (pH=9,8) (NH4)CO3 ammoniy karbonatni ishlatamiz.
Ikkinchi analitik guruh kationlarining sulfidlari ham birinchi guruh kationlarining sulfidlari kabi suvda eriydi. II guruh kationlari shu jihatdan III, IV,V analitik guruh kationlaridan farq qiladi. Ikkinchi analitik guruh kationlariga xos bo’lgan xususiy reaksiyalar 2-jadvalda berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |