Qur'oni Karim suralarining to'planishi va mushaf qilinishi. Qur'on islomning muqaddas kitobi sifatida «Allohning mo'jizali kalomi bo'lib, Muhammadga vahiy orqali tushgan, Tilovoti ibodat hisoblanuvchi kitob» deb tavsiflanadi.
Rivoyatlarga ko'ra, Qur'on sura va oyatlari Muhammadga parcha-parcha tarzida vahiy qilib borilgan; bu vahiyning birinchi bayoni «Laylatul qadr» kechasi boshlanib, uning vafotigacha, ya'ni 23 yil davom etgan deb hisoblanadi. Keyinchalik islomda diniy an'ana buyicha hijradan 12 yil oldin ramazon oyining 27-kuniga o'tar kechasi melodiy hisob bilan 610 yilning 31 iyulidan 1 avgustiga o'tar kechasi deb hisoblanadi. Qur'onni vahiy qilishning boshlanishi to'g'risidagi tasavvur uning 97- «al-Qadr» surasida ifodalangan.
Qur'on matnlarining to'planishi, tahrir qilinishi va muqaddas yozuv sifatida e'tirof etilishi Muhammad vafotidan keyin 20-25 yil davomida, dastlabki choriyorlar davrida amalga oshirilgan.
Qur'onning hozirgi nushasidagi 114 ta sura taqqoslab ko'rilsa, Suhufda hammasi 109 ta sura bo'lganligi va birmuncha suralar bo'lmaganligi aniqlangan. Shundan ham ma'lum bo'ladiki, Suhuf tarkibi to'la bo'lmagan.
Hozirgi kunda Islom olamida 4 ta qadimiy Mushaf nusxalarining borligi ma'lum. Ulardan biri madinada saqlanayotgan asl nusxa bo'lib, islom manbalarida u «Imom» nomi bilan tilga olinadi. Ikkinchi nusxa Ka'bada, uchinchi nusxa Qohiradagi Misr milliy kutubxonasida saqlanmoqda. Turtinchisi, Toshkentda O'zbekistonda xalqlari tarixi muzeyida saqlanib, 1989 yil boshlarida O'zbekiston musulmonlari diniy idorasiga topshirilgan.
Ayrim tadqiqotlarda Qur'onning oxirgi tahriri Umaviylar xonadonidan bo'lgan xalifa Abd al-Malik xukmronlik qilgan davrda (685-705) amalga oshirilgan, degan fikr ham uchraydi. Lekin aslida bu tahrir emas. Shu davrgacha Kur'on matnida arab yozuviga xos bo'lgan qiska unlilarning belgilarigina emas, balki harflarning ustiga va ostiga qo'yiladigan kalta chiziqcha ham amalda bo'lmagan. Bu hol yozuvning o'qilishida qiyinchilik va talaffo'zida nomuvofiqlik tug'dirar edi. Shuning uchun bu davrda Iroq xokimi bo'lgan al-Hajjoj Qur'on matnlarining o'qilishidagi chalkashliklarga xotima berish maqsadida shunday nuqtalar va belgilar qo'yib chiqishni buyurgan. Demaq bu aslida faqat unli harf belgilarini qo'yish bilan bog'liq ish bo'lgan va bu vaqtda Qur'on matniga o'zgartirishlar kiritish imkoniyati bo'lmagan.
Yuqorida ilk manbalar asosida bayon etilgan Qur'on suralarining o'qilish davrlari, ular bilan bog'liq bo'lgan tarixiy voqealar, Muhammad vafotidan keyin suralarning to'planishi va musxaf qilinib, yagona kitob shakliga keltirilishi tafsilotlari bilan tanishgan har bir kitobxon islomshunoslik va qur'onshunoslikning qanday mashshaqatli yullarini bosib o'tganini o'zi tasavvur qilishi va zarur xulosalarni chiqarib olishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |