Islomda yo‘nalishlarning vujudga kelishi. Fiqhiy mazhablarning paydo bo‘lishi. Imom Abu Hanifa va hanafiylik mazhabi


Fiqhiy mazhablarning paydo bo‘lishi



Download 26,72 Kb.
bet2/4
Sana03.11.2022
Hajmi26,72 Kb.
#859864
1   2   3   4
Bog'liq
IFgztNobRSkaEQoy3buPBYEvk4XQyfTAC4PzQgui

Fiqhiy mazhablarning paydo bo‘lishi. Islom dini tarqalgan hudud kengayib, turli millatlar va xalqlar shu dinni qabul qilganlaridan so‘ng uni o‘z hayot tarziga aylantirdilar. Diniy masalalarni hal qilish maqsadida musulmon olimlar katta xizmat qilishdi. Muhammad (alayhis-salom) vafotlaridan keyin u kishining ishini xalifalar, sahobalar, so‘ng tobeinlar davom ettirdilar. Payg‘ambardan keyin u kishining ishini sunna asosida davom ettirganlar «sunniylar» yoki «ahli sunna val jamoa» nomini oldi. Payg‘ambar (alayhis-salom) davrida biror masala yuzasidan savol paydo bo‘lsa, odamlar darhol shu holatni payg‘ambarga yetkazib, o‘zlariga aniq javob olganlar. Shuning uchun bu davrda ixtiloflar bo‘lmagan. Sahobalar ko‘pchilikni tashkil qilgan vaqtda ham ixtilofli masalalarni tez va oson hal qilganlar, ammo sahobalar davri tugab borishi natijasida musulmonlar orasida turli ixtiloflar ko‘paydi.

Hijriy ikkinchi (milodiy 8) asrga kelib musulmonlar orasida shariatning turli masalalarni mustaqil yechib bera oladigan olimlar paydo bo‘la boshladi. Ular turli masalalarni hal qilishda Qur’on oyatlari va hadislarni sharhlab, shu bilan birga sahobalarning qilgan ishlarini o‘rganib, o‘shalar asosida hukmlar chiqarib berdilar. Olimlar atrofida shogirdlari ko‘payib, ularning qarashlarini yozib, ommalashtirdilar. Buning natijasida mazhablar paydo bo‘ldi. «Shariat» so‘zi arab tilida ikki ma’noda qo‘llaniladi: «suvga olib boradigan yo‘l» va «to‘g‘ri yo‘l». Masalan: «So‘ngra (ey, Muhammad!), Biz sizni (diniy) ishdan iborat shariat uzra (barqaror) qildik...» (Josiya, 18), oyatida shariat so‘zi «to‘g‘ri yo‘l» ma’nosida kelgan. Shariat – islom huquqiga ko‘ra, ulamolar nazdida, Qur’on va sunnatda kelgan ilohiy ko‘rsatmalar (hukmlar)ning majmuidir. Boshqacha aytganda, islom dinining amaliy qismidir. Huquqshunoslar esa, islom qonunchilik majmuini nazarda tutadilar.
«Fiqh» so‘zi lug‘atda «chuqur tushunish», «idrok etish», «bilish» ma’nolarini bildiradi. Istilohiy ma’noda esa «fiqh» – shariat hukmlarini o‘rganish, shariat qoidalarini barcha qismlari bilan anglash hamda qaysi maqsadda ishlab chiqarilganini tushunish va o‘zlashtirilgan ushbu ilmni amalga tadbiq etishdir. Fiqhning asosiy manbasi: Qur’on, sunnat, ijmo va qiyos.
Fiqh bilan chuqur shug‘ullangan olimlar faqihlar (fiqh olimi, huquqshunos) deb nomlandi. Bular orasida eng ko‘zga ko‘ringan va fiqhiy mazhabi hozirgacha yetib kelgan mujtahid olimlar quyidagilardir: Imom Abu Hanifa No‘‘mon ibn Sobit Kufiy, imom Molik ibn Anas Madiniy, imom Muhammad ibn Idris Shofeiy va imom Ahmad ibn Hanbal Shayboniy.
Mazkur mazhablar, aqida nuqtai nazardan bir xil, faqat fiqhiy jihatdan bir-biridan farq qiladi. Shuningdek, bular bir-birini inkor etmaydi, balki qo‘llab-quvvatlaydi. Mazhablarning maqsadi diniy manbalardagi matnlarni keng xalq ommasiga oson tushuntirish bo‘lgan va bu bilan oddiy xalq o‘z kundalik masalalarini tezda xal qilganlar.
«Mazhab» arabcha so‘z bo‘lib, «yo‘nalish», «yo‘l», «diniy ta’limot» ma’nolarini bildiradi. Islom shariati va aqidasining muayyan bir tizimga solingan holatdagi ko‘rinishi mazhab deyiladi. Ko‘rib o‘tganimizdek, mazhablar fiqhiy va aqidaviy degan ikki qismga bo‘linadi. Fiqhiy mazhablar to‘rtta: hanafiy, molikiy, shofeiy va hanbaliy. Aqidaviy mazhablar: moturidiylik va ash’ariylikdir.
Molikiy mazhabiga madinalik olim imom Molik ibn Anas Abu Abdulloh (713-795) asos solgan. U «Madina imomi» unvoniga sazovor bo‘lgan. Imom Molik Madina olimlari qarashlari asosida o‘z mazhabini shakllantirgan. Shuning uchun ushbu imom Madina faqihlaridan fiqhni o‘rganib, ahli hadis qo‘llaydigan uslubni qabul qilgan va ushbu qoida asosida o‘z shogirdlarini tarbiyalagan. Imom Molik Qur’on, sunna va ijmoga tayanib hukm chiqargan. Shu bilan birga madinalik olimlar ittifoqini ham hukm chiqarishda e’tiborga olgan. Chunki Muhammad (alayhis-salom) shu shaharda yashagan va bu shahar aholisi payg‘ambar va sahobalarning ko‘rsatmalari hamda qilgan ishlarini mukammal o‘zlashtirgani bilan ajralib turadi. Olim «al-Muvatto» nomli hadis ilmiga oid to‘plam muallifi hisoblanadi va mazkur asar molikiy mazhabining asosiy manbasi sifatida qadrlanadi. Muhaddis buning uchun qirq yil umrini sarflagan. Bu asar ilk hadis to‘plamlaridan biri bo‘lib, bir necha ming hadisni o‘z ichiga olgan.
Imom Molik ibn Anasning shogirdlari orasida taniqli muhaddis va hanafiy mazhabi faqihi imom Muhammad Shayboniy (vaf. 805 y.), shofi’iylik mazhabi asoschisi Muhammad ibn Idris Shofeiy (vaf. 820 y.) bo‘lgan. Hozirgi vaqtda ham bu mazhab qoidalarining Marokash, Tunis, Jazoir va Liviya nikoh-oila va mulkka oid huquqiga sezilarli ta’siri bor.
Muhammad ibn Idris Shofeiy (767-820) ham alohida mazhabga asos solgan. Bu olim imom Molik va imom Abu Hanifaning katta shogirdi imom Muhammaddan dars olgan. Shu nuqtai nazardan ushbu mazhabning huquq tizimi xanafiylar va molikiylarning diniy-hukuqiy ta’limoti asosida ishlab chiqilgan, deb aytish mumkin. Shunday bo‘lsada, u ko‘proq molikiylarga yaqin turadi. Boshqacha qilib aytganda, ahli hadis va ahli ra’yning qarashlarini birlashtirgan hamda o‘ziga xos uslubni yaratgan. Olim ijmo bo‘yicha ko‘proq ummat ijmosiga e’tibor qaratgan bo‘lsa, shu mazhabning keyingi ulamolari olimlar ijmosini ham qabul qilishga majbur bo‘ldilar. Shofeiylik ham boshqa mazhablar kabi Qur’on, sunna ijmo va qiyosga tayanadi. Imom Shofeiyning «al-Umm» va «ar-Risola» kitoblari ushbu mazhab usuliga asos bo‘ldi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, hijriy uchinchi-to‘rtinchi (milodiy 9-10) asrlarda Markaziy Osiyoda Shofeiy mazhabi Hanafiy mazhabi bilan raqobat qilgan. Uning yirik vakili toshkentlik buyuk olim Muhammad ibn Ali ibn Ismoil Qaffol Shoshiy (904-976) edi. U kishi fiqh, hadis, lug‘at va adabiyot bo‘yicha o‘z davrining mashhur olimlaridan bo‘lgan. Toshkentda vafot etgan, qabri Hastimom (Hazrati Imom) madrasasi yonida joylashgan.
Hanbaliy mazhabi asoschisi Ahmad ibn Hanbal (780-855) hisoblanadi. Olim yashagan Bag‘dod shahrida ilmu fan rivoj topishi bilan birga turli e’tiqodiy qarashlar markazi bo‘lgan. Hanbaliy mazhabida Qur’on, sunnat, ijmo va sahobalarning so‘zlari asosiy o‘rin egallaydi. Qat’iy zarurat sezmagan holatlardan tashqari qiyosdan foydalanmaydi. Barcha hadislarni va rivoyatni (sahobalar so‘zini) qiyosdan ustun qo‘ygan. Imom Ahmad xulafoi roshidin, sahobalar, tobeinlar, shuningdek, o‘zidan oldingi uch mazhab fiqhini o‘zlashtirgan. Chunonchi u ilk marta fiqhni imom Abu Hanifaning shogirdi imom Abu Yusufdan o‘rgangan. Shuningdek, «men hadis yozib olgan birinchi kishi Abu Yusuf edi», deganidan hadisni ham shu kishidan olgani bilinadi. Keyinchalik imom Shofeiydan ham fiqhni o‘rgangan. O‘zi esa, imom Buxoriyga ustozlik qilgan. Hadis ilmi bo‘yicha «al-Musnad» asari juda mashhur hisoblanadi. Bu kitobda qiriq ming atrofida hadis jamlangan bo‘lib, asar hanbaliy mazhabining asosiy qarashlarini o‘zida ifoda etadi.
Yuqorida keltirilgan fiqhiy mazhablar diniy firqalardan farq qiladi. Ular bir-birining fikriga qarshi chiqmaydi va o‘zlarini boshqasi bilan teng deb hisolaydilar. Mazhablar shariatning biror masalasida yengilroq yoki qattiqroq hukm chiqarishi bilan ajralib turadi. Shuningdek, mazhablar o‘zi tarqalgan mintaqalar sharoitidan kelib chiqqan holda fatvolar berganlar. Jumladan, shofeiy mazhabida tahoratdan so‘ng yuzni artmaslik afzal hisoblansa, hanafiy mazhabida yuzni artish afzaldir. Hanafiy mazhabi sovuq o‘lkalarda ham tarqalganini e’tiborga olinsa, shofeiy mazhabi asosan issiq o‘lkalarda yoyilgan. Mazhablar turlicha bo‘lishiga qaramay asoschi mujtahidlarning barchasi bir-biriga ustoz-shogird martabasidadir. Ular bir-birlarining mazhabini tan oladilar. To‘rtta mazhab ham hijriy ikkinchi asrning o‘zida shakllanib ulgurgan. Ammo musulmon kishi ushbu mazhablarning faqat bittasiga amal qilishi lozim deb uqtiriladi.


  1. Download 26,72 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish