Islomda investitsiya masalalari


Islom taraqqiyot banki guruhining O‘zbekistondagi faoliyati



Download 62,19 Kb.
bet2/3
Sana05.01.2022
Hajmi62,19 Kb.
#319501
1   2   3
Bog'liq
Islomda bank tizmi

Islom taraqqiyot banki guruhining O‘zbekistondagi faoliyati.

Islom taraqqiyot banki O‘zbekistonda islomiy moliyalash­tirishni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. O‘zbekiston ITBga 2003 yilning sentabrida Olma-Otadagi bankning yil­lik yig‘ilishi doirasida qo‘shildi. 2004 yilda O‘zbekiston Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha islom korporatsi­yasiga a’zo bo‘ldi. ITBning O‘zbekistondagi vakili o‘z fao­liyatini Toshkentda 2006 yilning oktabrida boshladi. Hozirgi kunda O‘zbekiston ITB guruhiga kiruvchi yana ikkita tashkilot­ning a’zoligiga qo‘shilish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bular Investitsiyalar va eksport kreditlarini sug‘urtalash islom kor­poratsiyasi (ICIEC) va Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi(ITFC).

13.2- va 13.3-jadvallarda ITBning O‘zbekiston uchun moliyalashtirish usullari va tarmoq kesimidagi moliyalashtirish portfeli berilgan (raqamlar 2017 yilning iyun holatiga kel­tirilgan). Islom taraqqiyot ban­ki guruhining O‘zbekiston uchun ma’qullangan loyihalari miqdori 2.1 mlrd. AQSH dollaridan ortiq bo‘lib, shundan 304 million AQSH dollari XSRIK va 1,82 mlrd. AQSH dollari ITB ulushiga to‘g‘ri keladi.

Moliyalashtirish usullari kesimida birinchi o‘rinni is­tisno (talab asosida qurib berish) egallasa, murobaha (bo‘lib to‘lashga sotish) va ijara (lizing) shartli ravishda ikkin­chi va uchinchi o‘rinni egallaydi. Bundan ko‘rinib turibdiki, qurilishga yo‘naltirilgan loyihalar moliyalashtirishning aso­siy qismini tashkil etadi, ya’ni bu irrigatsiya tarmoqlarini rekonstruksiya qilish, yo‘l qurilishi, maktab, kollejlar qurilishi va boshqa loyihalarni o‘z ichiga qamrab oladi.

XSRIK tomonidan moliyalashtirishning asosan murobaha vositasi keng qo‘llaniladi va uning 70% dan ortig‘i banklar orqali moliyalashtirish liniyalariga to‘g‘ri keladi, qolgan 30% esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtirishdir. Xususiy sektorning bu loyihalari iqtisodiyotning turli tarmoqlari, xususan, far­matsevtika, sog‘liqni saqlash, qurilish materiallari ishlab chiqarish, to‘qimachilik, oziq-ovqat sanoati, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalar rivojiga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.

XSRIK tomonidan 2010 yilda 5 million dollar ustav jamg‘armasi bilan tashkil etilgan «Toiba lizing» kompaniya­si ham xususiy sektor vakillariga o‘zining shariatga muvofiq keladigan lizing (ijara) xizmatlarini taqdim etib kelmoqda. Hozirgi kunga kelib (2010–2017) mazkur kompaniya tomonidan 26,3 mln. dollarlik 200 dan ortiq loyiha moliyalashtirilgan.



Loyihalarning asosiy ulushi (45,4%) qurilish va qurilish materiallarini ishlab chiqarish tarmog‘iga to‘g‘ri keladi, yengil sanoat (14,87%), transport xizmatlari (4,96%) va oziq-ovqat ishlab chiqarish (4,95%) mos ravishda 2, 3 va 4-o‘rinlarni egal­laydi. Qolgan tarmoqlarning ulushi umumiy 29,8% va yakka tar­tibda olganda 4% dan kamroqni tashkil etadi.


Download 62,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish