Islom teologiyasi va tarix falsafasi


«Avesto» – ijtimoiy-tarixiy hodisa



Download 38,74 Kb.
bet3/7
Sana30.08.2021
Hajmi38,74 Kb.
#159723
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ISLOM TEOLOGIYASI VA TARIX FALSAFASI

«Avesto» – ijtimoiy-tarixiy hodisa

Ko’hna Sharq juda katta tarixiy-madaniy taraqqiyot yo’lini bosib o’tgan, insoniyat tafakkur olami tadrijiy rivojini rag’batlantiruvchi, ruhlantiruvchi, boyitib boruvchi omillariga asos solgan muqaddas makon. Zotan, ana shu tabarruk zaminda ilk odamlar ibtidoiy tasavvurlarining shakllanishi, ularning hayot va yashashga intilish tuyg’ularining rivojlanishi, olamni idrok etish va tasavvur qilishning dastlabki mo’’jizaviy holatlari yuzaga kelgan.

Insoniyatning tarixiy taraqqiyoti turli davrlarda, turli makon va zamonda yuzaga kelgan katta siljishlar, g’oyaviy-ma’rifiy sakrashlar, kuchli ruhiy ta’sirlar orqali takomillashish jarayonini boshdan kechirgan. Qadimiy Turonda esa ana shunday holatlar va tub burilish hodisalari boshqa xalqlarga nisbatan birmuncha oldinroq, shaklan va mohiyatan birmuncha xilma-xilroq tarzda yuzaga keddiki, bu nafaqat ana shu hudud, balki butun dunyo xalqlari madaniy taraqqiyotida alohida voqea sifatida ijtimoiy-tarixiy rol o’ynadi.

Bundan uch ming yil ilgari qadimiy Xorazmda dunyoga kelgan «Avesto» zardushtiylik dinining muqaddas kitobi sifatida katta ijtimoiy, ma’naviy, axloqiy voqelikka aylandi. «Avesto»ning ijtimoiy-tarixiy hodisa sifatidagi qadriyati faqat shugina emas. Balki u butun insoniyat taraqqiyotining yangi bosqichi, tasavvur va tafakkur olamining yangi sarchashmasi, inson, ijtimoiy hayot, yashash zavqi va moxiyati bilan bog’liq bo’lgan g’oyat insonparvar g’oya sifatida yuzaga keldi.

«Avesto»dagi ijtimoiy adolatga yo’g’rilgan, g’oyat insonparvar qarashlar nafaqat inson, balki butun borliq, tuproq, havo, suv, koinot, yulduzlar, hayvonlar, hasharotlar, parrandayu darrandalar yaxlit olamining o’zaro munosabatlari orqali inson ma’naviy-axloqiy me’yorlarini ilk bor ishlab chiqdi. Inson faoliyati, xattiharakatlari va munosabatlarining qonuniyatlarini dastlabki ko’rinishlarda, ammo qiymatini yo’qotmaydigan darajada yuzaga keltirdi. Xuddi ana shu umuminsoniy, dunyoviy g’oyalar orqali «Avesto»ning tarixiy hodisa sifatidagi mohiyati belgilanadi.

Ko’pdan-ko’p qirg’in-barot urushlar, mahv etishlar, vayronagarliklarni ko’p ko’rgan Turonda «Avesto» tinchlik va hamkorlik, do’stlik va o’zaro hurmat orqali inson va insoniyat tub mohiyatini yuksak darajada targ’ib qilish bilan birga ana shu jangu jadallarning qurboniga ham aylandi. Uning dunyoga kelishi, yaratilishi va jamiyatda tutgan mavqei atrofidagi munozaralar ham turli davrlarda turlicha shaklga kirdi. Bir-biriga zid, qarama-qarshi fikrlar o’rtaga tashlandi.

Abu Rayhon Beruniy «Avesto» va uning ayanchli takdiri haqida gapirar ekan:

«Podshoh Doro ibn Doro xazinasida (Abistoning) 12 ming qora mol terisiga tillo bilan bitilgan bir nusxasi bor edi. Iskandar otashxonalarni vayron qilib, ularda xizmat etuvchilarni o’ldirgan vaqtda uni kuydirib yubordi. Shuning uchun o’sha vaqgdan beri Abistoning beshdan uchi yo’qolib ketdi. Abisto 30 «nask» edi, majusiylar qo’lida 12 nask chamasi qoddi. Biz Qur’on bo’laklarini haftiyaklar deganimizdek, nask Abisto bo’laklaridan har bir bo’lakning nomidir», – degan edi.

Albatta, Aleksandr Makedonskiyning O’rta Osiyoga yurishi nafaqat «Avesto»ning boshiga solgan kulfat bilan, balki butun Sharq tsivilizatsiyasini izdan chiqarib, bu erda yashovchi xalqlar madaniyati, ma’rifati, ijtimoiy hayot darajasi va kishilik jamiyati taraqqiyotiga katta zarba bergani bilan izohlanadi. Bu tarixiy jarayon sifatida O’rta Osiyo tsivilizatsiyasining bosqinchilar tomonidan barbod etilganligi singari ko’pdan-ko’p va ayni paytda g’oyat iztirobli voqelikdir.

«Avesto»ning yaratilishi va uning buyuk qadriyati haqidagi ma’lumotlar ko’p. Jumladan, muarrix Balxiyning «Forsnoma» kitobida «Avesto» 12 ming oshlangan mol terisiga bitilgan hikmatlar kitobi ekanligi qayd etiladi. Abu Ali Muhammad bin Muhammad Bal’amiyning «Tarixi Bal’amiy» kitobida esa «Avesto» shoh Gushtasb farmoni bilan 12 ming mol terisiga podshoh mirzolari tomonidan tillo suvida yozilgani haqidagi fikrlar bayon etilgan.

VII–VIII asrlarda O’rta Osiyoga arablarning bostirib kelishi juda ko’p madaniy-tarixiy yodgorliklarning yo’qolishiga sabab bo’ldi. Jumladan, «Avesto»ning mavjud nusxalari ham ana shunday fojialardan, mislsiz jaholatdan chetda qolmadi.

Abu Rayhon Beruniyning xulosalariga ko’ra «Qutayba Xorazm xatini yaxshi biladigan, ularning xabar va rivoyatlarini o’rgangan va bilimini boshqalarga o’rgatadigan kishilarni halok etib, butkul yo’q qilib yuborgan edi. Shuning uchun u (xabar va rivoyatlar) islom davridan keyin, haqiqatni bilib bo’lmaydigan darajada yashirin qoldi... Keyin Qutayba Ibn Muslim al-Boxiliy Xorazm-liklarning kotiblarini halok etib, bilimdonlarini o’ldirib, kitob va daftarlarini kuydirgani sababli ular savodsiz qoldi. O’z ehtiyojlarida yodlash quvvatiga suyanadigan bo’ddilar. Uzoq zamon shunday bo’lgach, ular ixtilofli narsalarni unutib, kelishib olganlarini yodda saqlab qoldilar».

Ana shu tarzda O’rta Osiyo, jumladan, Xorazm jaholat, bid’at va xurofot hukmron bo’lgan makonga aylantirildi. Mislsiz madaniyat, adabiyot, san’at, falsafa va tafakkur taraqqiyotiga chek qo’yildi. Tobora shakllanib borayotgan hayot, olam, jamiyat va uning mohiyati haqidagi tasavvurlar o’rnida fikrlamay yashashga mahkum etilgan jamiyat yuzaga keldi. Biroq, har qanday zo’ravonlik, xurofot o’z kuchini ko’rsatmasin, xotira quvvati, qalb hofizasi yuksak bo’lgan ushbu makon odamlari xotirasida «Avesto»ning insonparvar g’oyalari saqlanib qoldi.

«Avesto» ta’limotining zardushtiylik g’oyalari dunyoning qator mamlakatlarida turli mutaxassislar tomonidan tadqiq etildi va zardushtiylik dinining kishilik jamiyatini takomillashtirish, inson-jamiyat-jarayon yaxlitligi va izchil taraqqiyoti, inson va tabiat o’rtasidagi yuksak axloqiy munosabatlarni o’zida mujassam etgan islohchilik jihatlari ilmiy-nazariy tomondan ancha chuqur o’rganildi va e’tirof etildi. Jumladan, V. A. Livpdning xulosalariga ko’ra «Ruhoniy Zardusht eng qadimgi diniy tasavvurlarni isloh qilgan shaxs sifatvda maydonga chiqadi, uning yashagan payti, vatani va qaerlarda o’z ta’limotini targ’ib qilgani munozarali bo’lsa-da, uning afsonaviy shaxs emas, real inson bo’lganligiga shubxa yo’q»1.

«Avesto» g’oyalarida inson va tabiat, hayot va uning mohiyati atrofidagi ilk tasavvurlar ilgari suriladi va bu g’oyalar insoniyat tsivilizatsiyasining ilk kurtaklari sifatida o’zini namoyon etadi. Darhaqiqat, tarixiy taraqqiyot shundan dalolat beradiki, insoniyat tafakkuri va tasavvuri evolyutsion taraqqiyotining ilk bosqichlari bevosita «Avesto»ga borib taqaladi va undan etarli darajada quvvat oladi.

Bundan uch ming yil burungi odamlar tasavvuridagi ilk o’zgarishlar bevosita «Avesto» orqali umuminsoniy qadriyatlar maqomini egalladi. Jumladan, «Avesto» turli qabilalar, guruxlar o’rtasida mavjud bo’lgan ko’pxudolilikka nuqta qo’yib, yakkaxudolik g’oyasini ilgari surdi. Bu bevosita diniy ta’limotda inson qanday guruh, urug’, qabila yoki millatga mansub bo’lmasin, er yuzining qaysi hududida yashamasin, u yolg’iz Allohning bandasi va yagona Alloh uning asraguvchisidir, degan g’oyaga olib keldi. Yakkaxudolik orqali «Avesto» turli qabila va urug’larni yagona e’tiqod, yagona maslak va yagona g’oya orqali birlashtirib, umumiy manfaatlar atrofida jipslashishiga da’vat etdi.

Ikkinchidan, Allohning yagonaligi – yakkaxudolik orqali turli qabila va urug’lar o’rtasidagi nizolar, kelishmovchiliklar hamda manfaatlar to’qnashuviga chek qo’yib, umumiy maqsadlar, umumiy g’oyalar, yagona e’tiqod atrofida birlashishga olib keldi. Natijada kishilik jamiyatining ilk shakllanish bosqichiga asos solib, ilk boshqaruv tizimining vujudga kelishiga, ilk davlatchilik boshqaruvining shakllanishiga kuchli ta’sir ko’rsatdi.

Uchinchidan, odamlarni ezgulikka, yaxshilikka da’vat etuvchi ilohiy manba bo’lib dunyoga keldi: «Zardusht iloh Ahura Mazdadan so’radi:



  • Ey, Ahura Mazda!

Zaminni hammadan ham baxtiyor qiluvchi zot kim? Ahura Mazda javob berdi:

  • Ey, Zardusht!

Kimki uni yaxshilab haydasa va ziroatga tayyorlasa!..

Ey, Zardusht!

Kimki g’alla eksa, u haqiqatni ekadi...»

Ana shu tarzda «Avesto» tuproqqa munosabat, zaminga mehr-muhabbat orqali insonni ezgulikka da’vat etadi, bunyodkorlik, yaratuvchilikka chaqiradi va to’kinlik, farovonlik, rizqu ro’z haqidagi g’oyalarni ilgari suradi. Shu bilan birga el dasturxoniga baraka kirituvchi g’alla etishtirishni yuksak qadriyat darajasiga ko’taradiki, uning mohiyatida mehnat va rohat, yaxshilik va ezgulik, farovonlik va to’kin-sochinlik tuyg’ulari yotadi.

Zardushtiylik dini insoniyat tarixida yuzaga kelgan barcha dinlarning eng qadimiysi, eng ko’hnasi va ayni paytda insoniyat taraqqiyotiga ilk rag’batlantiruvchi, da’vat etuvchi ma’naviy-ma’rifiy, ruhiy-axloqiy qudrat bo’lib dunyoga keldi. Sharqning juda katta hududidagi xalqlar ayni ana shu «Avesto» g’oyalari orqali o’z turmush tarziga axloq va ma’naviyatning, komillik va etuklikning o’ziga xos me’yorlarini qabul qildilar va turmush tarziga aylantirdilar.

Olov, suv zardushtiylik ta’limotida eng muqaddas va pokizalik timsoli. Uni ifloslashtirishga, bulg’ashga intilishlar g’ayriinsoniy va g’ayriilohiy voqelik sifatida talqin etilgan. «Pokiza suv va yonib turgan olov qarshisida gustoxlik qilgan zotning do’zaxda tortguvchi jazosi bu dunyoning jamiyki dardu ozorlaridan mudhishdir...» Ana shu tarzda suv va olov ruh pokizaligi, tuyg’u musaffoligi, qalb go’zalligi va e’tiqodu umidlarning bezavolligi darajasiga ko’tariladi. Natijada kishilik jamiyati ma’naviy qiyofasi, odamlarning ichki dunyosi, fikr-o’ylari va amaliy xatti-harakatlarining madaniylashishiga olib keladigan qudratli mafkuraga aylandi. Inson, jamiyat va hayot jarayonining mislsiz ravnaqiga asos bo’lib xizmat qildi.

«Avesto» ana shu tarzda odamlarni ezgulikka da’vat etuvchi, yaxshilikni himoya qiluvchi, yovuzlik va jaholatdan uzoqlashishga chaqiruvchi g’oyalarni ilgari surdi:

«Zardusht Ahura Mazdadan so’radi:



  • Butun vujudi ilohiy kalom – mansaralar bilan qurollangan qudratli iloh Surushning Sravashavarizi kim?

Ahura Mazda javob berdi:

  • Ey, Ashavan Zardusht!

U Pravdarsh qushidir (xo’roz)... Bu qush bomdod mahali erta tongda shunday deb bong uradi: – Ey insonlar!

Oyoqqa qalqing! Devlarni itqitib tashlaguvchi eng go’zal Asha – haqiqatni vasf aylang!..»

Bir necha ming yillarki, insoniyat tongni xo’roz qichqirig’i bilan kutib oladi. Bomdod paytida xo’rozning qichqirig’i uyqudagi odam yuragiga qaysidir holatda sirli, sinoatli tuyg’ularni junbushga keltiradi. O’sha qichqiriq orqali hayot mavjudligini, hayot davom etayotganligini, inson ezgulik, yaxshilik va muhabbat bilan yangi kun ton-gida yangi quvvat va tuyg’ular bilan qadam tashlashi zarurligini eslatganday bo’ladi. Bu o’ziga xos ruhiy holat kishini ezgulikka da’vat etishi tabiiy. Ana shu tarzda «Aves-to» insonning eng nozik hislariga ta’sir etadi, uni uyg’otadi, yaxshilikka boshlaydi. Zardushtiylik ta’limotining mo’’jizaviy qudrati va ijtimoiy-tarixiy mohiyati ana shunda ko’zga yaqqol tashlanadi.

«Haqiqat – oliy sharofatdir», deyiladi «Avesto»da. Zotan, haqiqat buyuk mo’jiza. U asrlar mobaynida insoniyatning oliy maqsadi, inson qadru qimmatining mislsiz o’lchovi bo’lib keldi. Odamlar har daqiqada haqiqatga intiladilar, undan najot izlaydilar, Ayni haqiqat adolatga, sharofatga eltadigan buyuk qudrat. Ana shu qudrat «Avesto»da o’zining butun mohiyati bilan o’z ifodasini topgan.

«Madh etaman ezgu fikrat, ezgu kalom, ezgu amal ila ezgu fikrat, ezgu kalom, ezgu amalni. Jami ezgu fikrat, ezgu kalom, ezgu amalga bag’ishlanaman, jumla yovuz fikrat, yovuz kalom va yovuz amallardan yuz buraman». Bunday mo’’jizakor da’vat – insonning ming bir hujayrasini, tizginsiz va chegarasiz xayolotini, orzu-maqsadlarini junbushga keltiradigan ruhiy holat, axloqiy da’vat, ma’naviy chaqiriq har qanday bag’ritosh insonning qalbini yumshatadi. Unda mehr-shafqat, yaxshilik xislarini uyg’otadi. Oqibatda ezgu fikrat, ezgu kalom, ezgu amal – xatti-harakat, munosabatlar, pokiza xayolot va yaxshiliklar bilan yashash umidi odamni chulg’ab oladi. Inson o’zining hayotini, umrini mana shu ezguliklarga baxshida etib, jamiki yovuz fikrat – yovuz xayolot, yovuz niyat, yovuz kalom – yovuz so’z, munosabatlar, yovuz amal – yovuz xatti-harakatlar va fe’l-atvorlardan yuz burib, komillikka intiladi. Bu insonning ichki go’zalligi, botiniy kamoloti va zoxiriy amaliyoti jamuljami – yaxlit qiyofasining benuqson suvrati emasmi? Ulug’ faylasuf Forobiyning «Inson mohiyati aqlda, aqlning moxiyati xatti-harakatda bilinadi», degan xikmatining mazmuni undan ikki ming yil burun dunyoga kelgan va bugun ham o’z qiymatini yo’qotmagan «Avesto»dagi ezgu fikrat, ezgu kalom, ezgu amal tushuncha-laridan kelib chiqmaydimi? Bu uch unsurning yaxlitligi, uyg’unligi ayni inson mohiyatini, uning butun borlig’ini, qadriyatini belgilamaydimi?

Qariyb uch ming yil avval ko’hna Xorazmda dunyoga kelgan, bugungacha nafaqat qadimiy Sharq, balki bugun Er shari ahlini ezgulikka da’vat etayotgan mo’’jizakor hayqiriq-«Avesto»ning o’lmasligi, abadiyligi va buyuk qadriyati ana shunda. Zotan, millat yashar ekan, hayot davom etar ekan, ezgulik va yaratuvchilik abadiy. Millat qonida, xalq qalbi va tafakkurida an’analar, urf-odatlar, turmush tarzi qatlarida «Avesto» g’oyalari yashayveradi.




Download 38,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish