Islom tarixi Din asoslari



Download 320,26 Kb.
Pdf ko'rish
Sana08.11.2022
Hajmi320,26 Kb.
#862073
Bog'liq
Hadis - Vikipediya



Hadis
Hadisning ta'rifi


Islom
Islom tarixi
Din asoslari
Allohning birligi
• 
Tavhid
Farishtalar
• 
Kitoblar
Paygʻambarlar
 • 
Qiyomat
Qazo
va 
Taqdir
Asosiy ibodatlar
Kalimai shahodat
Namoz
• 
Roʻza
Haj
• 
Zakot
Muhim Shaxslar
Muhammad

Abu Bakr
• 
Umar
• 
Usmon
• 
Ali
• 
Sahobalar
• 
Ahli bayt
• 
Ashari mubashshara
Muqaddas matnlar
Qurʼon
• Hadis • 
Shariat
Islom huquqi Muhammadning hayoti
Makonlar
• 
Islom falsafasi
Islomdagi mazhablar
Siyosiy mazhablar
Eʼtiqodiy mazhablar
Fiqh mazhablari
• 
Soʻfizm
Jamoat
Islom taqvimi
Jihod
• 
Bayramlar
Muborak kechalar
Islom portali
Hadis (arab. — xabar, gap, yangilik) — Muhammad sollallohu alayhi vasallam aytgan soʻzlari,


qilgan ishlari, iqrorlari toʻgʻrisidagi rivoyat. Islom dinida Qurʻon karimdandan keyin ikkinchi
manba hisoblanadi. Hadis 2 qismdan iborat boʻladi: matn va sanad. Hadis 2 turga — Hadisi
qudsiy (maʼnosi Alloh taoloniki, aytilishi Rasululloh tomonidan boʻlgan hadislar) va Hadisi
nabaviyga boʻlinadi. Hadislar eʼtiborga olinishi jihatidan 3 qismga boʻlinadi: 1) sahih (ishonchli);
2) hasan (yaxshi); 3) zaif.
Qurʼonda barcha huquqiy va axloqiy masalalar umumiy tarzda bayon etilgan. Ularga aniqlik
kiritish va izohlash uchun Muhammad sollallohu alayhi vasallam oʻz hadislarini aytardi. Bu
hadislarni paygʻambarlarning safdoshlari ya'ni sahobai kiromlar yodda saqlashga harakat qilardi.
Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam vafotidan soʻng hadislarni naql qilish odat tusiga kirdi.
Shu munosabat bilan bir guruh musulmonlar uni yozma shaklda toʻplay boshladilar. Birinchi
hadis kitobini Ibn Shihob az-Zuhriy rohimahulloh yozdi. Undan keyin birin-ketin hadis toʻplamlari
tasnif etila boshladi. Lekin bu toʻplamlar muayyan tartibga solinmagan, boblarga ajratilmagan
boʻlib, ularda Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam hadislari bilan sahobalar va tobeʼinlarning
fatvolari bir manbada jam qilib yuborilgan edi.
Hijriy 3-asrda hadis taʼlif etish sohasida "musnad", "sahih", "sunan" deb atalmish turli yoʻnalishlar
vujudga keldi. "Musnad" yoʻnalishida tasnif etilgan toʻplamlarda turli mavzudagi hadislar bir
joyda keltirilib, ular hadis rivoyat qiluvchi sahobalarning islom dinini qabul qilgan vaqtiga koʻra
yoki alifbo tartibida joylashtirilgan. Abu Hanifa, Ahmad ibn Hanbalning rohimahullohning hadis
kitoblari shu yoʻnalishga mansub. "Sahih" yoʻnalishiga tugʻri, ishonarli hadislar kiritilgan. Bu
yoʻnalishga Imom Buxoriy rohimahulloh asos solgan. "Sunan" yoʻnalishidagi toʻplamga esa,
toʻgʻri, ishonarli hadislar bilan bir qatorda "zaif" hadislar ham kiritilgan. Abu Dovud, Abu Iso atT-
ermiziy, Nasoiy, Ibn Moja rohimahullohlar toʻplamlari shu yoʻnalishga mansubdir.
Movarounnahrda birinchi boʻlib Imom Abdulloh ibn Muborak al-Marvaziy rohimahulloh hadis
toʻplamini taʼlif etgan. Bundan tashqari Ahmad ibn Hanbal al-Marvaziy, Ishoq ibn Rohavayh
alMarvaziy, Haysam ibn Kulayb ashShoshiy, Abu Bakr Ahmad ibn Muhammad al-Barakotiy,
Ibrohim ibn Maʼqul anNasafiy va boshqalar hadis toʻplamlarini tasnif etishgan. Keyinchalik,
milliy-siyosiy ixtiloflar natijasida, Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam nomidan yolgʻon
hadislar toʻqish, fiqh va kalom ilmi sohasidagi ziddiyatlar, amir va hokimlarga xushomadgoʻylik
oqibatida koʻplab ishonarsiz, toʻqima hadislar yuzaga kelgan.
Davr oʻtishi bilan hadislar tanlanib, muhim deb hisoblanganlari bir tizimga solina boshladi. 9—
10-asr boshlarida dindorlar orasida eng ishonchli deb tanilgan hadisning 6 ta toʻplami vujudga
kelgan. Bular: "Sahihi Buxoriy", "Sahihi Muslim" (qarang 
Muslim ibn Hajjoj
), "Sahihi Termiziy",
"Sunani Abi Dovud", "Su-nani Ibn Moja", "Sunani Nasoiy". koʻproq eʼzozlanadi. Bu 6 ta hadis
toʻplamini tuzgan muhaddislardan 2 tasi movarounnahrlik, 4 tasi esa xurosonlik boʻlgan.
Hadislar toʻplami "sunna" deb nom olgan. Hadislarni yigʻuvchi, sharhlovchi, targʻib etuvchi
shaxslar "muhaddis" deb atalgan.


Islomni qabul qilgan xalqlar madaniy va gʻoyaviy merosining koʻp unsurlari islomga hadis
shaklida oʻtgan. Hadis yigʻish oʻrta asr musulmon madaniyatining muhim xususiyati boʻlib, bilim
izlashning asosiy mazmuni hisoblangan. Hadislar qanday ilmiy asarni asoslashning muhim
qismi boʻlgan; undan hikmatli soʻz va matal sifatida ham foydalanilgan. Imom Buxoriyning
"Sahihi Buxoriy" asari islom olami oliy oʻquv yurtlarining shariat fatlvolarida asosiy oʻquv
qoʻllanmasi sifatida xizmat qilib kelmoqda. Imom Buxoriyning "Sahihi Buxoriy" Hadislar toʻplami
4 jildda (1-j. — 1991, 2-j. - 1996, 3-j. - 1994, 4-j. -1992), 2-nashri esa 1997-yilda Toshkentda
nashr etildi. Abu Iso Muhammad Termiziyning "Sahihi Termiziy" Hadislar toʻplami 1-jildining
oʻzbekcha tarjimasi 1999-yil Toshkentda chop etildi. Bulardan tashqari "Ming bir hadis"
tarjimasi, "Qudsiy hadislar" tarjimasi ham nashr etildi.
Hadis (
ﺚﻳﺪﺣ

Muhammad alayhissalomning
aytgan gaplari, taʼkidlari yoki qilgan ishlari
tasvirlangan manbalardir. Hadisni 
muhaddislar
yigʻadi va o'rganishadi. Hadislar 
shariat
normalari
asosini tashkil etadi.
Bu maqola 
vikilashtirilishi
kerak.
Iltimos, bu maqolani 
Vikipediya qoida va koʻrsatmalariga
 muvofiq tartibga keltiring.
Islom paygʻambari
Muhammadning sollallohu alayhi vasallam yoʻl-yoʻriqlari va koʻrsatmalari,
unga mansub pandu-nasihatlar yigʻindisi hadislar, deb atalib, ular islom dini uchun juda katta
ahamiyatga egadir. Chunonchi, hadislar 
Qur'ondan
 keyin shariat ahkomlarining asosini tashkil
qiladi.
Maʼlumki, tarixan gʻoyatda qisqa muddatda nozil boʻlgan Qur’oni karim oyatlari baʼzi hollarda
umumlashtirilgan, murakkab holda keltirilgan boʻlganligidan Paygʻambarimiz sollallohu alayhi
vasallam hadislari ushbu oyati shariflarni kengroq talqin etadi, ularni oddiylashtirib bayon qilib,
unda keltirilgan voqea va hodisalarni koʻpchilikka tushunarli qilib mufassal holatda sharhlaydi.
Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam hadislari u zoti sharif yashagan davr uchun haqiqiy bir
koʻzgu vazifasini ham oʻtaydi. Chunki ular sarvari olamning hayotlari, husni axloqlari, adolatli
jamiyat qurish yoʻlida koʻrsatgan beqiyos saʼy-harakatlari, yaxshiligu xayr-barakotga asoslangan
faoliyatlarni oʻz ichiga oladi. Mana shularga binoan oldin oʻtgan hech bir paygʻambarlar va
ulugʻlarga koʻrsatilmagan alohida bir eʼtibor bilan ilm ahllari hadislarni toʻplashga kirishdilar.
Hadis ilmi bilan shugʻullanish eng aziz va sevimli mashgʻulot hisoblanib, ularni toʻplash uchun
olimu ulamolar butun aql-zakovati-yu qalb qoʻri bilan kirishganlarini alohida taʼkidlash zarur.
Islom nuqtai nazaridan


Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam hayot vaqtlarida hadislarni yozib olish odat boʻlmagan.
Ayrim sahobalarning fikricha, Paygʻambarning sollallohu alayhi vasallam oʻzlari hadislarini
yozma qayd etishni man qilganlar. «Mendan Qur’ondan boshqa hech narsa yozmanglar,
agar kimki biror narsa yozgan boʻlsa, oʻchirib tashlasin. Mendan faqat hadis aytinglar,
xolos. Buning hech zarari yoʻq»
[1]
, deb uqdirganlar avvaliga Paygʻambar sollallohu alayhi
vasallamning oʻzlari. Soʻngra Paygʻambarning sollallohu alayhi vasallam oʻzlari Abdulloh ibn
Amr ibn al-Ossga izn qilganlaridan keyin hadislar zarur hollarda yozma ravishda ham qayd etila
boshlagan. Paygʻambar vafot etganlaridan soʻng maʼlum darajada tortishuv va munozaralardan
keyin har xil mavzularga doir hadislar kitobat holiga keltirila boshlandi.Masalan, sahobalardan
Jobir ibn Abdulloh haj ziyoratining yoʻl-yoʻriqlari («Manosik al-haj») xususidagi hadislardan bir
kichik kitob bitgan boʻlsa, Samara ibn Jundab esa Rasulullohdan eshitgan hadislari asosida oʻz
oʻgʻillariga bir vasiyatnoma yozib qoldiradi. Tobeʼinlar davrida esa hadislarni kitobat etishga
qarshilik qiluvchilar ozchillikni tashkil etib, uning kitobatini qoʻllab-quvvatlagan tobeʼiynlar esa
aksariyatni tashkil etardi. Ushbu davrda, yaʼni sahobalar va tobeʼiynlar davrida ikki xil fikr qaror
topib, hadislarni ham yozma, ham ogʻzaki tarzda rivoyat qilish odat tusiga kirgan edi.
Hadislarni tadviyn etish ularni muayyan bir toʻplamga yigʻish, demakdir. Dastavval hadislarni
toʻplam shaklida qayd etishni boshlagan olim Abdulaziz ibn Marvon (vafoti 704 yil) hisoblanadi.
U Misrda amirlik vazifasida boʻlgan, lekin oʻz maqsadiga erishmasdan burun vafot etadi. Uning
ishini oʻgʻli Umar ibn Abdulaziz (vafoti 720 yil) davom etdiradi. Hadislarni bu tariqa qayd
etilishidan koʻzda tutilgan asosiy maqsadlar ularni sahih (toʻgʻri, ishonchli)larini noqis mavzulari
bilan aralashib ketishining oldini olish va muayyan hadisni rivoyat qilgan roviy va ulomalarning
vafotlari tufayli ularning yoʻq boʻlib ketish xavfidan edi. Shu boisdan ham Umar ibn Abdulaziz
hadislarni yozma qayd etishni buyurganda Madina ahliga «Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamning hadislarini eshitgan zahotingiz yozib olingizlar, chunki uni bilgan ulamolarning
dunyodan oʻtib ketishlaridan xavotirdaman», deb yozgan edi. Umar ibn Abdulaziz bu muhim
vazifani topshirgan muhaddislarning boshliqlaridan Abu Bakr ibn Muhammad ibn Amr ibn Hazm,
Muhammad ibn Muslim ibn Shihob az-Zuhriylar bor edi.
Hijriy ikkinchi (milodiy sakkizinchi) asrning o'rtalaridan e'tiboran hadislarni tasnif etish ham
boshlanadi. Eng avvalo ularni boblarga ajratib tasnif etgan olimlardan Ar-Rabiy ibn Subayh as-
Sa'diy (vafoti 777 yil), basralik Sa'iyd ibn Abu Aruba (vafoti 773 yil), yamanlik Xolid ibn Jumayl,
Muammar ibn Roshid al-Azadiy (vafoti 770 yil), makkalik Abdumalik ibn Abdulaziz ibn Jurayj
(vafoti 768 yil), Sufyon ibn Uyayna (vafoti 812 yil), kufalik Sufyon ibn Sa'iyd as-Savriy (vafoti
778 yil), basralik Hammod ibn Salma (vafoti 783 yil), Shomdan Al-Valiyd ibn Muslim (vafoti 810
yil), rayylik Jurayr ibn Abdulhamiyd (vafoti 803 yil), Xurosondan Abdulloh ibn al-Muborak (vafoti
797 yil), Vositdan Xushaym ibn Bashiyr (vafoti 799 yil), kufalik Zakariyo ibn Abu Zoida (vafoti
767 yil), Muhammad ibn Fuzayl ibn G'azvon (vafoti 810 yil), Vakiy' ibn Jarroh (vafoti 813 yil),
yamanlik Abdurrazoq ibn Hammom (vafoti 827 yil)larni ko'rsatish mumkin. Shu davrda yaratilgan


asarlarni tahlil etib aytish mumkinki, ularning aksariyati muayyan bir mavzuga, masalan, tafsir,
axloq-odob, g'azot, shar'iy ahkomlar kabi masalalarga bag'ishlangan edi. Mazkur asarlar
Payg'ambar alayhissalomning hadislari, sahoba va tobe'iynlarning so'zlarini o'zida mujassam
etgan edi. Ayni vaqtda ushbu asarlar hadislarning to'plami sifatida bo'lib, ularning ishonchli
(sahih)ligi masalasiga unchalik e'tibor berilmagandi. Hijriy uchinchi (milodiy to'qqizinchi) asrdan
boshlab esa, hadislarni jamlovchi (jomi’), musnad va mu'jam shaklidagi yirik asarlar paydo bo'la
boshladiki, tarkibiy jihatdan ularni uch asosiy qismga bo'lish mumkin.
1. Boblarga ajratilgan yirik asarlar (Al-Javomi’ al-mubavabba). Bu asarlar turli-tuman mavzularni
o'zida qamragan bo'lib, ularga boblarga ajratilgan holda tartib berilgan.
Mana shu asarlardan Imom Buxoriyning "Al-Jomi’ as-sahih", Imom Muslim ibn al-Hajjojning "Al-
Jomi' as-sahih", Termiziyning "Al-Jomi’ al-Kabir", imom Abu Dovudning "As-Sunan", imom
Nasaiyning "As-Sunan", imom Ibn Mojaning "As-Sunan", imom Ad-Dorimiyning "As-Sunan" kabi
asarlarini ko'rsatish mumkin.
2. Musnadlar (Al-Masoniyd).
Bu uslubdagi asarlarda ma'lum bir sahobaning rivoyatlari bir joyda zikr qilinib, undan keyin
ikkinchi sahoba davom ettiradi. Bu asarlarda keltirilgan hadislarga mavzularga rioya qilinmaydi.
Masalan, imom Ahmad ibn Hanbal o'zining "Al-Musnad" nomli yirik asarida avval to'rt to'g'ri
xalifalarning (chahoryorlar) rivoyatlarini keltirib, keyin birin-ketin boshqa sahobalarning
rivoyatlarini keltiradi. Hammasi bo'lib uning asarida to'qqiz yuz to'rtta sahoba zikr qilinadi.
Muallif o'z asarini boblarga ham bo'lganligini aytish mumkin.
3. Mu'jamlar (Al-mao'jim). Bu xildagi to'plamlarda musannif asariga o'z shuyux (ustoz)larining
hadislarini kiritib, ularning ismlarini mu'jam (alifbo) tartibida keltiradi.
Payg'ambar alayhissalomning hadislari Islom jamiyatining ijtimoiy va ma'naviy hayotida o'z
mazmun-mohiyatiga qarab egallagan o'rinlari ham turlicha bo'lgan. Shunday hadislar bo'lganki,
ularni jamiyatning barcha a'zolari bilishlari zarur bo'lgan, ya'ni bu xildagi hadislar ommaviy
iste'molda bo'lgan. Shu boisdan ham ulamolar, muhaddislar mana shunga asoslanib, ularni
targ'ib qilganlar, lekin ba'zi hadislar bo'lganki, ularni ayrim shaxslar bilishining o'zi kifoya bo'lgan.
Mana shu xususiyatlarga ko'ra hadislarni ba'zi olimlar, jumladan imom Muhammad ibn Idris ash-
Shofi'iy ikki asosiy qismga bo'ladi:
1. Uzluksiz hadislar (al-hadis al-mutavotir). Bu xildagi hadislarning roviylari juda ko'p bo'lib, ular
bir-birlariga bog'lanmagan va yolg'on (kizb) gapirishlari amalda mumkin bo'lmagan roviylardir. Bu
xildagi hadislar ayniqsa jamiyat a'zolarining amaliy hayotiga, masalan, namoz, ro'za, zakot, haj
farzlariga doir hadislarda ko'p uchraydi.


Shuningdek, uzluksiz hadislar ikki xilda bayon etilishi mumkin: lafziy uzluksizlik - bunda
hadisdagi so'zlar (lafzlar) deyarli o'zgartirilmay bir xilda bo'ladi. Mazmuniy (ma'noviy)
uzluksizlikda esa rivoyat qilinadigan voqealar qisman o'zgartirilishi (ya'ni, juz'iy farqli bo'lishi)
ham mumkin.
2. Yakka hadislar (al-ohad). Istiloh sifatida bu hadislarda uzluksiz hadislarning shartlari
bo'lmaydi, bu xildagi hadislar roviylarining soni chegaralangan - ko'pincha bitta bo'ladi. Odatda
yakka hadislar dalil va isbotlar bilan asoslanadi. Bunda ushbu hadisni naql qiluvchisining to'g'ri
so'zligi, rivoyat qilinadigan hadisni xatodan xoli bo'lib, ishonchli bo'lishligi kabi masalalar ilm ad-
diroyat orqali chuqur tadqiq qilinadi. Yakka hadislar uch xil bo'ladi:
1. G'arib hadislar. Muhaddislar fikricha, bir roviy tomonidan rivoyat qilingan hadislar g'arib
hadislar, deb ataladi.
2. Aziz hadislar, deb ikki roviy rivoyat qilgan hadislarga aytiladi.
3. Mashhur hadislar, deb ikkitadan ortiq roviy rivoyat qilgan hadislarga aytiladi. Biroq bu hadislar
uzluksiz hadislar darajasiga yetishmaydi va ular sahih (ishonchli, to'g'ri), hasan (yaxshi, ma'qul)
va zaif hadislar bo'lishlari mumkin. Oliy isnod (al-isnod al-oliy) va pastlovchi isnod (al-isnod an-
nozil). Rasulullohga nisbatan bo'lgan roviylarning ko'pligi yoki ozligi hamda o'tgan vaqtiga qarab
isnodning oliyligi yoki quyilashuvi belgilanadi. Imom al-Buxoriy keltirgan hadislarning isnodi,
ko'pincha u bilan Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam o'rtasida uch roviydan tashkil topadi.
Boshqa hollarda esa mazkur hadisning rivoyat qilganda uning isnodi to'rt yoki besh roviydan
bo'lishligiga ham erishadi. Binobarin hadisshunoslikda uch isnodliklar isnod oliy, to'rt va besh
isnodliklar esa isnod nozil (quyilovchi isnod), deb qabul qilingan. Oliy isnod mansub
hadislarning sahih (ishonchli) bo'lishlari asosiy shartlardan hisoblanadi.
Al-Hadis al-marfu'. Bu xildagi hadislar (isnodi bog'lansa ham yoki bog'lanmasa ham)
Payg'ambar alayhissalomga borib bog'lanadi (taqaladi). Bunday hollarda ushbu hadisni sahih
yoki zaif, muttasil yo munqati', undan sahoba yoki tobe'iy tushib qolishi ham mumkin, bulardan
qat'iy nazar bular marfu' hadislar sirasiga kiradi. Marfu' hadislar ikki xil bo'ladi:
1. Al-Marfu' as-sariyh (ochiq-oydin marfu'). Bu xildagi hadislarda Payg'ambarga sollallohu alayhi
vasallam mansublik bevosita ta'kidlanadi. Masalan, "Payg'ambar degan" (qola), "Payg'ambarni
ko'rdim" (raaytu) yoki "Payg'ambar bizga buyurgandi" (amarano) kabi iboralar mavjud bo'ladi.
2. Al-Marfu' al-hukmiy (hukm etilgan, buyurilgan). Bu tarzdagi hadislarda to'g'ridan-to'g'ri
Payg'ambarga isollallohu alayhi vasallam shorat qilinmay, pinhoniy (dimniy) keltiriladi. Sahoba
yoki tobe'iynlardan birontasi Payg'ambarga sollallohu alayhi vasallam mansub etmay, shar'iy
hukmlardan biror masalani gapiradi, biroq bu fikr uni o'zidan chiqmagan bo'lib, odatda
Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamdan olgan bo'ladi.


Al-Hadis al-mavquf, deb sahobalarning so'zlari yoki harakatlari mansub etilgan hadislarga
aytiladi. Chunonchi, sahobalar Payg'ambar alayhissalomning suhbatida bo'lib, uning rushdu-
hidoyatidan va odobidan bahramand bo'lganlar. Ulamolarning ham sahobalarning so'zlari va
ishlariga ehtiyojlari katta bo'lgan. Mana shu sabablarga ko'ra, sahobalarning so'zlari (qavllari) va
ishlari (af'ol) ham hadis kitoblariga kiritilgan.
Al-Hadis al-maqtu', deb tobe'iynlarning so'zlari va ishlari keltirilgan hadislarga aytiladi.
Tobe'iynlarning so'zlari va qilgan ishlari ham ulamolarning diqqat markazida bo'lgan, chunonchi,
ular sahobalar bilan muloqotda bo'lib, shari'at ahkomlarini ulardan olganlar. Payg'ambar
alayhissalom ham yaxshi insonlar, deb bashorat berganlarida ularni ko'zda tutganlar.
Sahih hadislar, deb isnodi boshidan oxirigacha adolat bilan hech bir kamchilig-u illatsiz rivoyat
qilinadigan hadislarga aytiladi. Sahih hadislarning yana talay shartlari ham bo'lib, ulardan eng
muhimlari quyidagilardir:
1. Sanadni uzluksiz bog'lanishi (ittisol as-sanad) - bu shundayki, hadisni rivoyat qiluvchi
roviylarning silsilasi boshidan oxirigacha hech bir uzluksiz bo'lishi shart. 2. Keltiriladigan hadis
roviylarining hammasi o'z dinida adolatli, sobitqadam kishilar bo'lmog'i kerak. 3. Rivoyat qiluvchi
komil musulmon bo'lishi shart, chunki ular dinda mustahkam insonlardir. 4. Rivoyat qiluvchi aql-
idrokli kishi bo'lmog'i zarur. 5. Roviy balog'atga yetgan inson bo'lishi kerak. 6. Roviy fisqu-
fasoddan xoli, sog'lom fikrlovchi inson bo'lishi kerak. 7. Uzuq-yuluqni rivoyat qilishdan xoli kishi
bo'lishi zarur.
Hadis ilmidan saboqlar
<ham hadis olmaguncha, yetuk muhaddis bo’la olmaydi>>. <muhaddisdan hadis eshitdim. Ularning hammasi <> degan
eʼtiqoddagi kishilar edilar>>.
<1) yangi, yangi narsa, yangi ro’y bergan voqea; 2) so’z, hikoya, naql, rivoyat; 3) Muhammad
payg’ambar sollallohu alayhi vasallam yoki uning sahobalari haqida hikoya qiluvchi xabar yoki
rivoyat.
Islom dini ta’limoti bo’yicha eng asosiy manba Qur’ondir. Hadislar ana shu muqaddas asardan
keyingi o’rinda turuvchi mo’tabar manbadir. Hadislar Muhammad payg’ambar hayoti va faoliyati,
shuningdek, uning turli sharoitlarda diniy, falsafiy, axloqiy-ta’limiy mavzularda aytgan xilma-xil
Imom Buxoriy


fikrlari, ko’rsatmalari yoki munosabatlarini aks ettiradi. Hadislarning yuzaga kelishini uch omil
bilan ko’rsatiladi: 1. Muhammad payg’ambar sollallohu alayhi vasallam aytgan gaplar. 2. Uning
o’zi qilib ko’rsatgan ishlar. 3. Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam tomonidan ko’rilgan yoki
kuzatilgan ishning taqiqlanmagani. Ana shu uch holatning har biri sunnat deyiladi. <>
ham arabcha soʻz boʻlib, uning lugʻaviy maʼnosi <> demakdir. Istilohiy
maʼnoda esa Muhammad paygʻambardan sollallohu alayhi vasallam qolgan urf-odatlarga
aytiladi. Ularni bajarish vojibdir. Ularda islom diniga oid tushunchalar va ularning talqini, xususan,
farz, vojib, sunnat, halol, harom, makruh kabi tushunchalarning maʼno qamrovi, izohi oʻz aksini
topgan. Hadislarning asosiy katta qismi axloq-odob masalalariga, inson manaviyati bilan
bogʻliq muammolarga qaratilgan. Shuning uchun ham hadislarga eng qadimgi davrlardan-
Muhammad paygʻambar sollallohu alayhi vasallam zamonidanoq alohida ahamiyat berishgan.
Hadislar imkoni boricha xatosiz, asl holida boshqalarga yetkazilishi lozim boʻlgan. Paygʻambar
sollallohu alayhi vasallam nomiga bogʻlab turib yolgʻon hadis tarqatish qattiq qoralarngan.
Ushbu talab natijasida hadislar koʻp vaqtlar oʻz holicha saqlanib qolgan, ammo jamiyat bir joyda
qotib turmaydi. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot oqibatida sinflar, ijtimoiy guruhlar orasida
munosabatlar, qarashlar ham oʻzgarib boradi, ziddiyat, ixtilof va kelishmovchiliklar yuz beradi.
Shunday hodisa islom dinida ham koʻzga tashlanadi. Islom dinidagi ichki gʻoyaviy kurashlar va
oʻzaro murosasizlik natijasida paygʻambar sollallohu alayhi vasallam hadislarini buzish, ularni
soxtalashtirish ham koʻzga tashlana boshlaydi. Bunday nomaʼqul harakatlarga qarshi kurashish
zaruriyati yuzaga keladi. Natijada hadislarni faqat eshitish bilan emas, balki yozib olish, uning
haqiqiy dastlabki shaklini tiklash bilan ham shugʻullanishga toʻgʻri keladi. Shunga koʻra
hadislarni toʻplab, bir kitob holiga keltirish harakati VIII asrlardan boshlab keng avj oldi.
Muhaddislar hadislarning haqiqiyligini ayrim belgilar orqali aniqlashgan. Bular: hadislar Qur’on
oyatlariga zid kelmasligi lozim; ular paygʻambar sollallohu alayhi vasallam sunnatlariga muvofiq
boʻlmogʻi shart; ularda tarixiy voqelik buzilmasligi kerar. Hadislarning gʻayri axloqiy boʻlishi
mumkin emas. Hadislarni toʻplab, ularning haqiqiylarini aniqlash bilan shugʻullangan olimlar
muhaddis deyiladi. Imom Buxoriy, Muslim ibn Hajjoj, Imom Termiziy, Abu Dovud, Sulaymon
Sijistoniy (817—888), Ibn Mojja (834—886), Dorimiy, Bayhaqiy, Tabaroniy, Ibn Hibbon, Xatib,
Hokim, Abu Aʼlo, Daylamiy, Doriqutniy, Jamoliddin Suyutiy kabi muhaddislarning nomi mashhur.
Lekin muhaddislar orasida olti kishining dovrugʻi olamni tutgan. Ulardan beshtasi oʻrta osiyolik:
Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy (hijriy 194—256, milodiy 810—870), Abu Iso
Muhammad ibn Iso at-Termiziy (824—892), Abu Muhammad Abdulloh Muhammad ibn Yazid ibn
Mojja (824—888) shular jumlasidandir. Shubhasiz, ular orasida yurtdoshlarimiz Imom Buxoriy
hamda at-Termiziylarning boʻlishi koʻngillarda iftixor tuygʻularini uygʻotadi. Buxoriyning toʻliq
ismi-Abu Abdulloh Muhammad Ismoil ibn Ibrohim ibn al-Mugʻira ibn Bardazbah al-Juafiy
al_Buxoriydir. U Buxoroda Ismoil isimli katta olim oilasida 810 yilda tugʻilgan, yoshligidanoq
oʻzining oʻtkir zehni va kuchli iqtidorini namoish qilgan. Buxoriy goʻdakligidayoq otasi dunyodan
oʻtdi va onasini qoʻlida qoldi. Maktabda dastlabki savodini chiqargancha arab tili va hadis


kitoblarni oʻqishga ularni yod olishga ragʻbat bildiradi. Oʻn sakkiz yoshga kirganda u bir qator
yirik ilmiy asarlar muallifi edi. <berishicha, Imom Buxoriy bir necha sheriklari bilan Barsa shahrining yirik ulamolaridan biriga
borib saboq olar ekan. Hammalari eshitgan hadis va rivoyatlarni ustozning og’zidan chiqishi
bilanoq batartib yozib olishga shoshilar ekanlar. Imom Buxoriy esa qog’oz-qalamsiz dars
tinglab yuraverar ekan. Bir kuni talabalar: <ko’raylik-chi, esida bormikan?>> deyishib, imtihon qilishibdi. Hammalari daftarlariga qarab
turishibdi. Buxoriy oʻn olti kun ilgari oʻtilgan darsni birorta kalmia qoldirmay, batartib yoddan
oʻqib bergandan keyin, uning xotira va qobilyatiga lol qolib, ayni chogʻda, oʻzlari yozib olgan
darslaridagi kamchiliklarini ham tuzatib olishibdi>>. Hadislarning mavzu qamrovi nihoyatda
keng. Ular Muhammad paygʻambarning hayoti va faoliyati bilan bogʻliq hadislar talqini, oʻzaro
insoniy munosabatlar, doʻstlik, ahillik, saxovat, ota-onalarga va qarindosh urugʻlarga munosabat,
halollik, poklik, adolat, insof, diyonat, hasad, xiyonat, rostgoʻylik yolgʻonchilik va boshqa insoniy
fazilatlar va nuqsonlar ustida bahs yuritiladi. Muhimi, ulardayuksak insoniy fazilatlar ulugʻlanadi,
kishilarda shunday xislatlarning boʻlishi maʼqullanadi va targʻib qilinadi, aksincha, yomon feʼl-
atvor va xususiyatlarning kishilik jamiyati uchun kulfat va azoblar keltirishi qayta-qayta
taʼkidlanadi. <>. Hadislarda ota-onaning
nazaridan qolish gunohlarning eng ogʻiri sifatida baholanadi: <shirk keltirmoqlik, nohaqq qon to’kmoqlik, ota-onaga oq bo’lmoqlik va yolg’on guvoh bermoqlik
hisoblanadi>>. Boshqa bir hadisda esa ota-ona nazaridan qolgan farzand tangri nazaridan ham
qolishi qayd etiladi va ularning jannatga kirmasligiga sabab boʻlishi uqtiriladi. Quyidagi hadis
ham shu ruhda: <so’yuvchilarni Tangri la’natlaydi>>. Hadislar onalarni alohidasharaflaydi. Ularning qadrini baland
koʻrsatish, izzatini ulugʻlash, asrab-avaylashga alohida urgʻu beriladi. Hadislarda kishilarning
bir-birlariga boʻlgan samimiyati, intilishi, doʻstligi haqida ham koʻpgina ibratli oʻgitlar borligi
koʻzga tashlanadi. Hadislar hayot hodisalari haqidagi oʻgitnomalardir. <>
degan hadis bejiz emas. Birgina qoʻshnichilik munosabatlarini koʻzdan kechiraylik. <tinch-sen tinch>> degan oʻzbek xalq maqoli mavjud. Hadislarda esa oʻqiymiz: <yaxshilik qiling-tinch bo’lasiz>>. Paygʻambar alayhissalomning qoʻshni haqidagihadislaridan
yana biri: <etar edi, hatto qo’shniga meros ham qoldirish kerakmi, deb o’ylab qolar edim. Xizmatkorlarga
ham shunday yaxshi muomalada bo’lishni aytar ediki, hatto muayyan bir vaqt belgilasa kerak va
o’sha muddat yetishi bilan qullar o’z-o’zidan ozod bo’lib ketsa kerak, deb o’ylab qolar edim>>.
Hadislarda hatto iymonning baquvvatligi va Ollohga sadoqati ham qoʻshniga qilinadigan
muomalaga bogʻlab talqin qilinadi. Koʻrinib turibdiki, bularning hammasi inson maʼnaviyati bilan,
uning boyligi bilan bogʻliq. Har qanday gʻazalardan xoli boʻlgan, har bir insonga pok nazar bilan
qaray olish darajasiga koʻtarilgan inson maʼnaviy jihatdan boy hisoblanadi. <xayolingizdan biror shubhali fikr o’tsa, uni tark eting!>> <


komilrog’I-xulqi yaxshi bo’lgani va xotinlarga yaxshi muomala qiladiganidir>>. <va’daga vafodor bo’ladi>>. <dildadir>>. <>.
Hadislarda ijtimoiy jihatdan himoyaga muhtoj boʻlgan kishilarga alohida eʼtibor berilgan:
<ularning boshini sila, o’z twomingdan ularga yedir. Shunda diling yumshab, hojating ravo bo’lur>>.
<>. <kafilligini olgan odam bilan jannatda birga bo’lurman>>. Odamiylik ham hadislarda tez-tez tilga
olingan mavzulardan. Jumladan, <>. Yoki:
<>. <<>. U odam aytadi: <butun olamning Parvardigori bo’la turib men seni qanday ko’rishim mumkin edi?>>. Tangri
aytadiki: <topgan bo’lar eding>>. <>.
Odam aytadi: <ovqatlantirishim mumkin?>> Mana xayr-ehson, saxovat va karam haqidagi hadis namunalari:
<dillaringizdagi g’am-u g’ashlik ketadi>>. <muhabbatni oshiradi va dildagi g’ashliklarni yo’qotadi>>. <bolalarini to voyaga yetib, mustaqil hayot kechiradigan bo’lgunlaricha tarbiya qilsa, unga jannat
muqarrardir>>. Maʼlumki, kitobda Ollohga hamddan tashqari paygʻambarga naʼt ham mavjud. U
<
> deb ataladi. Adib: Oʻqitchi ul erdi bayatdin
senga, Sen oʻtru koʻni yoʻlqa kirding, toʻnga (U xododan senga xabarchi edi, Sen soʻng toʻgʻri
yoʻlga kirding, ey bahodir.) Yoki: Koʻngul badim emdi uning yoʻlinga, Sevib soʻzi tuttim butub
qavlinga. (Endi men koʻngilni uning yoʻliga bogʻladim, Qavliga ishonib, sevib, soʻzlariga amal
qildim.) deb yozganida, hech shubhasiz paygʻambar hadislarini ham nazarda tutgan. Yusuf Xos
Hojibning quyidagi toʻrtligida ushbu hadislar bilan maʼnaviy uygʻunlikni sezish qiyin emas: Atang
pandini sen qatigʻ tut, qatigʻ, Qutadgʻa kunung boʻlgʻa kundin tatigʻ. Atangni, anangni sevishdir
tushi, Yanut berga tapgʻing tuman ming asigʻ. (Otangning pandini sen qattiq tut, qattiq, Seni
baxtga elitadi, kuning kundan-kunga totli boʻladi. Otangni, onangni doimo xursand qil,
Xizmatlaring evaziga ming hissa foyda olasan.) <uni (yomon niyatda) boshqalarga naql qiluvchi odam jannatga kirmaydi>>.
Hurmatli domla, suhbat avvalida maʼnaviyat va maʼrifat haqida qisqacha toʻxtalsak.
— Bismillahir rohmanir rohiym. Alhamdu lillah, vas-solatu vas-salamu ʻala rosulillah. Ammo baʼd:
Assalomu alaykum va roxmatulloxi va barokatuh. «Maʼnaviyat» arabcha soʻz boʻlib, «xilofi
moddiyot»ni, yaʼni, insonning moddiy holatidan tashqari, unda ruhiy holat ham borligini bildiradi.
«Maʼrifat» soʻzi ham arabcha boʻlib, «Idrokush-shay’i ʻala ma huva alaythi» (har bir narsani oʻz


oʻrniga qoʻyish"), yaʼni, oʻsha ruhiy holatga toʻgʻri va sof ozuqa berishni anglatadi. Inson ikki
narsadan — modda va ruhdan tashkil topgan. Inson jismi tuproq moddasidan yaratilgani bois,
uning ozuqasi ham moddiy narsalardir. Yaʼni, qorni ochsa, taom yeydi, chanqasa, chanqovbosdi
ichimlik ichadi, kasal boʻlsa, davolanadi, charchasa, dam oladi, moddiy ilmlarni oʻrganadi va
jinsiy gʻarizasi gʻalayon qilsa, qondiradi va hokazo. Bularni inson aqli bilan topadi. Chunki Alloh
taolo insonga ong, fahm-farosat, aqlu zakovat berganki, ular yordamida badaniga nima kerak
ekanini biladi va shu bilimi oʻnga jismining ozuqasini topib beradi. Masalan, nimani yeyish va
nimani yemaslik kerak, qanday isteʼmol qilish lozim, davolanishda qaysi dardga nima davo
boʻladi va uni qaysi uslubda kabul qilish kerak. Agar bilmasa, doʻxtir-tabiblarga yo bilagʻonlarga
murojaat qiladi. Chunki inson har bir ishning oʻz mutaxassisi borligini biladi. Lekin ruhiy ozuqa
yer yuzidan topilmaydigan narsadir. Ruh modda emas. Ruhiy ozuqani bilishdai oldin ruh oʻzi
nima ekanini bilib olishimiz kerak. Oʻtgan paygʻambarlarga qavmlari ruh nima degan savolni
qoʻyishgan. Insoniyatni ilk zamonlaridanoq eng qiziqtirgan narsalardan biri ruh masalasi edi,
lekin hech qachon odamzot bu masalada biron-bir aniq bilimga ega boʻlmagan. Xossatan
Paygʻambarimizning, sollallohu alayhi va sallam, oldilariga ham yahudiylar kelib: «Ey
Muhammad, sen rostdan ham paygʻambar boʻlsang, bizga javob ber, ruh nima?» deb soʻrashgan.
Boʻnga javoban Isro surasining 85-: «Ey Muhammad, sizdan ruh haqida soʻraydilar. Ayting: „Ruh
faqat Rabbimning ishidandir“. Sizlarga esa oz ilm berilgandir» oyati nozil boʻladi. Yahudiylar
buni eshitib; "Ha, sen toʻgʻri gapni aytding, avvalgi paygʻambarlar ham qavmlariga shu javobni
aytishgan. Lekin baribir biz senga imon keltirmaymiz, deb chiqib ketishgan. Demak, hatto
paygʻambarlar ham bu masalani bilishga ojiz ekanlar. Endi shu ruh oʻzi qaerdan keldi, degan
savolga Qur’on shunday javob beradi: «U (Alloh) insonni (yaʼni, Odamni) dastavval loydan
yaratdi… Soʻngra uni (inson qilib) rostlab, ichiga Oʻz (dargohidagi, yaʼni, Oʻzi yaratgan) ruhidan
kiritdi…» (Sajda surasi 7—9-oyatlaridan). Maʼlum boʻldiki, ruh Alloh tarafidandir. Uning aslini
Allohdan oʻzga hech kim bilmaydi. Modomiki ruh Alloh tarafidan ekan, uning ozuqasi ham Alloh
tarafidan boʻlishi tabiiydir. Shu ozuqani U Zot paygʻambarlari vositasida, ilohiy kitoblar orqali
yuborgan.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Islom diniga
 oid ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.
php?title=Hadis&action=edit) Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin.
1. Hadis.


Soʻnggi tahrir 17 kun avval Euphoria 0612
 tomonidan amalga oshirildi
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?title=Hadis&oldid=3105245

dan olindi

Download 320,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish