Islom Taraqqiyot Banki Tarixi Bankning moliyaviy resurslari ustav kapitali va qoʻshimcha moliyaviy vositalaridan iborat. Moliyaviy faoliyatlarning kengayishi natijasida bank qoʻshimcha manbalar bilan taʼminlandi:
1980-yilda sarmoya-depozit rejasi ishga tushgan. Bu reja sarmoyadorlar uchun bankka moliyaviy yordam berishda qatnashish orqali qisqa muddatli sarmoyalarni amalga oshirish uchun islom muqobilini beradi. Ushbu tizim asosida bank nafaqat yakkaholdagi omonatchidan, balki tashkilotlardan ham „Importga moliyaviy yordam berish operatsiyalari“ dasturini amalga oshirish uchun depozitlar qabul qiladi.
1987-yilda „Islom banklari portfeli“ tashkil qilingan. Ushbu tashkilot aʼzo boʻlgan davlatlararo savdo-sotiq moliyaviy qoʻllab quvvatlash uchun sarmoyadan foydalanish, hamda qimmatbaho qogʻozlar va lizing bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshirish maqsadida ochilgan. Shariat normalariga asosan bunga naqd pul va qarzlar kirmaydi.
Bankning moliyaviy resurslari ustav kapitali va qoʻshimcha moliyaviy vositalaridan iborat. Moliyaviy faoliyatlarning kengayishi natijasida bank qoʻshimcha manbalar bilan taʼminlandi:
1980-yilda sarmoya-depozit rejasi ishga tushgan. Bu reja sarmoyadorlar uchun bankka moliyaviy yordam berishda qatnashish orqali qisqa muddatli sarmoyalarni amalga oshirish uchun islom muqobilini beradi. Ushbu tizim asosida bank nafaqat yakkaholdagi omonatchidan, balki tashkilotlardan ham „Importga moliyaviy yordam berish operatsiyalari“ dasturini amalga oshirish uchun depozitlar qabul qiladi.
1987-yilda „Islom banklari portfeli“ tashkil qilingan. Ushbu tashkilot aʼzo boʻlgan davlatlararo savdo-sotiq moliyaviy qoʻllab quvvatlash uchun sarmoyadan foydalanish, hamda qimmatbaho qogʻozlar va lizing bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshirish maqsadida ochilgan. Shariat normalariga asosan bunga naqd pul va qarzlar kirmaydi.
Aʼzolik Tashkilotga 56 ta mamlakat aʼzo boʻlib, quyidagi davlatlar bankni asosiy moliyalashtiradigan mamlakatlar hisoblanadi:
Maqsadi Aʼzo mamlakatlarning, shariatga asoslangan musulmon jamoalarining, iqtisodiy rivojlantirish va ijtimoiy taraqqiyotiga taʼsir oʻtkazish.
Vazifalari
2013 yilda ITB boshqaruvchilar kengashi umumiy hissadorlik kapitalini 30 mlrd.islomiy dinordan 100 mlrd.islomiy dinor(150 mlrd.dollar)ga ko‘tarish haqida qaror qabul qildi. Bankning obuna kapitali ham 18 mlrd.islomiy dinordan 50 mlrd.islomiy dinorga oshirildi. Ushbu qaror a’zo-mamlakatlarning moliyalashtirish mablag‘lariga bo‘lgan katta ehtiyoji bilan bog‘liq.
So‘nggi 12 yil davomida yetakchi reyting agentliklari(Moody”s, Standard&Poor”s, Fitch) tomonidan ITBga uzoq muddatli kredit reytingi- “AAA” va qisqa muddatli oliy barqaror kredit reytingi – “A+” berib kelinmoqda. 2013 yilning dekabrida ushbu reytinglar yana tasdiqlandi.
2014 yilning iyunida ITB boshqaruvchilarining yillik 39-yig‘ilishida faoliyat boshlangani 40-yilligi(hijriy bo‘yicha) nishonlandi.
Bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasi ITBni nol xatarli halqaro banklar guruhida ekanini aniqladi.
ITB tarkibiga quyidagi tashkilotlar kiradi: - Islom taraqqiyoti banki – ITB;
- Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha islomiy korporatsiya – IKRChS;
- Eksportni kreditlash va investitsiyalarni sug‘urtalash bo‘yicha islomiy korporatsiya – IKSIEK;
- Halqaro islomiy savdo-moliya korporatsiyasi – ITfK;
- Islomiy tadqiqot va o‘quv muassasasi – IIIO.
Islom taraqqiyoti banki ITB guruhi keng miqyosdagi faoliyatga jalb etilgan: - a’zo-mamlakatlarda qashshoqlik darajasini pasaytirishga ko‘maklashish;
- a’zo-mamlakatlar savdo-iqtisodiy hamkorligini rivojlantirish;
- loyihaviy moliyalashtirish(shu jumladan, davlat-xususiy sektor hamkorligi tamoyilida);
- kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash(shu jumladan mikromoliyalash xizmatlari);
- a’zo-mamlakatlar mablag‘larini safarbar qilish;
- eksportni kreditlari va investitsiyalarni sug‘urtalash hamda qayta sug‘urtalash;
- a’zo-mamlakatlar mehnatga yaroqli aholisi uchun ta’lim dasturlari va tadqiqotlarni tashkil etish;
- a’zo-mamlakatlarga favqulodda holatlarda yordam ko‘rsatish;
- a’zo-mamlakatlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha boshqa faoliyat shakllari.
E’tiboringgiz uchun rahmat :)