Yapon sivilizatsiyasi. Sivilizatsiyalar tarixi bilan shug‘ullanuvchi ba’zi tadqiqotchilar Xitoy va Yapon madaniyatlarini yuqori (uzoq) sharq nomi ostida bir tsivilizatsiya deb hisoblaydilar. Lekin shunga qaramay, aksariyat olimlar ularning mustaqil tsivilizatsiyalar ekanligini ta’kidlaydilar. Shunday bo‘lsa-da, shuni ham e’tirof etish kerakki, Yapon sivilizatsiyasi uzoq tarixida Xitoydan ozuqa olgan edi.
Bugungi kunda Yapon sivilizatsiyasining ko‘plab sohalarda taraqqiyotga erishganini, shu bilan bir qatorda o‘zining asl mohiyati, tilini saqlab qolib, ilmiy va sanoat jabhalarida G‘arbdan qolishmay rivojlanayotganini ta’kidlash kerak. Bir so‘z bilan aytganda, u o‘z milliyligini saqlagan holda boshqa madaniyatlarning ijobiy yutuqlarini tez sur’atlarda o‘zlashtiruvchi tsivilizatsiyaga namuna bo‘la oladi, deyish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |