Vadia (vakolatli shaxs vazifalarini bajarish) – mulk ega- si va ikkinchi tomon o‘rtasidagi bitim bo‘lib, unga ko‘ra mulk egasi o‘z aktivlarini foydalanishga va saqlab berishga rozi- lik beradi.
Vakolat – agentlik kelishuvi bo‘lib, agent biron-bir ish yoki bitimda buyurtmachining manfaatlarini ko‘zlab harakat qiladi va bajarilgan ishlar uchun to‘lovlarni qabul qiladi.
Jizya – musulmon mamlakatlarida yashovchi o‘zga dindagilar- dan jon boshiga undiriladigan soliq, musulmon fiqhshunoslari tomonidan musulmon davlati himoyasida bo‘lgani uchun undiri- luvchi to‘lov sifatida ko‘rib chiqiladi.
Ju’la – ustama haq va haqiqatda amalga oshirilgan xara- jatlar doirasida hisoblanuvchi ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlar.
Zakot – ushbu soliq voyaga yetgan layoqatli musulmonlar tomo- nidan har yili ehtiyojmand musulmonlar foydasiga to‘lanishi lozim.
Ijara – amaliy ijara doirasida asbob-uskunaning moliya- viy muassasa tomonidan sotib olinishi va ijara to‘lovi asosi- da mijozga ijaraga berilishi.
Ijmo – obro‘li musulmon ulamolari tomonidan aniq bir masala yoki holat bo‘yicha qabul qilingan qaror.
Istisno’ – ikki tomon o‘rtasida oldi-sotdi shartnomasi bo‘lib, unga ko‘ra xaridor buyurtma bo‘yicha qurilishi yoki tayyor- lanishi lozim bo‘lgan, mavjud bo‘lmagan tovarni sotib olishga rozilik bildiradi.
Iqola – tomonlarning sifatsiz yoki yaroqsiz tovarni al- mashtirish yoki qoplama olishga bo‘lgan huquqi.
Maysir – chayqovona faoliyat yuritish.
Murobaha – o‘zida bank yoki boshqa moliyaviy vositachining mijoz uchun zarur bo‘lgan aktivni sotuvchidan sotib olishi va uni mijozga to‘lovini kechiktirib to‘lash (muddatini uzayti- rish)ga sotishini aks ettiradi.
Mushoraka al-mutanaqis(kamayib boruvchi sheriklik) – sheriklikning ushbu shaklida sheriklarning biri boshqa sherik- ning ulushini asta-sekin, egalik huquqi o‘ziga butkul hajmda o‘tib bo‘lguniga qadar sotib olishga va’da beradi.
Salam – bo‘nak asosida moliyalashtirish. Salam naqd oldin- dan to‘lov qilingani holda mahsulot yetkazib berishning kechiktirib sotishni o‘zida ifodalaydi: xaridor tovarning keli- shilgan qiymatini oldindan to‘lab beradi, sotuvchi uni ma’lum vaqt oralig‘ida yetkazib berish majburiyatini oladi.
Sukuk – ma’lum bir investitsiyaviy loyiha yoki faoliyatda- gi aktivlar (mulklar)ga yoxud moddiy aktivlar, uzufrukt yoki xizmatlarga, ularni naturada ajratish imkoniyatisiz ulushga egalik huquqini taqdim etuvchi bir xil qiymatdagi sertifi- katlardir.
Takoful – ishtirokchilar va operator o‘rtasida xatar- larni o‘zaro taqsimlash (bo‘lishib olish) to‘g‘risida shariat talablariga javob beruvchi bitim. Arabcha «kafala» so‘zidan kelib chiqqan.