ISLOM MODELI ASOSIDA MOLIYA BOZORINI RIVOJLANTIRISH
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI Toshkent 2022
Islomiy moliya va Islom bank tizimi butun dunyo bo‘ylab tarqalgan moliya tizimi uchun umid bo‘lib kelayotgan va moliya sanoatidagi foizlarga asoslangan tizimning zararlarini bartaraf etishning eng yaxshi varianti sifatida qaralayotgan tizim hisoblanadi. Hozirgi kunda islom banki va moliyalashtirishning umumiy hajmi global miqyosda 2,6 trillion dollardan oshdi va 2024-yilga kelib bu ko‘rsatkich 3,5 trln dollarga oshishi kutilmoqda. Islomiy moliyalashtirishning o‘sish ko‘rsatkichlari uning kuchliligi va global miqyosda qabul qilinishini ta’minlaydi. Muhimi, yaqinda yuz bergan global moliyaviy inqiroz islom moliyasi va islom bank sohasiga katta zarar yetkazmaganligi islomiy moliya va islomiy bank tizimi asoslarini oqilona isbotladi. Shu sababli ham mamlakat iqtisodiy tizimida Islom moliya institutlarining faoliyat tamoyillarini amalga oshirishga daxldor masalalar so‘nggi paytlarda ko‘pchilik mamlakatlarda paydo bo‘lmoqda. So‘nggi yillar davomida global migrant siyosatini inobatga olib, MDH davlatlari (Qozog‘iston, Qirg‘iziston) bilan bir qatorda Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya hukumatlari o‘z mamlakatlarida Islom moliyasini rivojlantira boshladilar. Shu bilan bir qatorda Islom moliyasi va bank tizimiga bo‘lgan qiziqish mamlaktimizda ham ortib bormoqda hamda o‘rganilishi kerak bo‘lgan muhim masalalardan biri sifatida qaralmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 29-dekabrdagi Parlamentga murojaatida Islomiy moliya tizimi mamlaktimiz uchun qanchalik muhim ekanligini quyidagicha ta’kidlab o‘tdi: “Mamlakatimizda Islomiy moliyaviy xizmatlarni joriy etish bo‘yicha huquqiy bazani yaratish vaqti soati yetib keldi. Bu borada Islom taraqqiyot banki va boshqa xalqaro moliya tashkilotlari ekspertlari jalb qilinadi”. Tizimning O‘zbekistonda ham ishga tushirilishi birinchi navbatda halol va shaffof bank amaliyotidan foydalanishga, xususan jamiyatni yemiruvchi illat sanalmish “poraxo‘rlik”ning ham oldini olishga hamda aholining banklarimizga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirishga zamin yaratadi.
Islomiy moliya va Islom bank tizimibutun dunyo bo‘ylab tarqalgan moliya tizimi uchun umid bo‘lib kelayotgan va moliya sanoatidagi foizlarga asoslangan tizimning zararlarini bartaraf etishning eng yaxshi varianti sifatida qaralayotgan tizim hisoblanadi. Hozirgi kunda islom banki va moliyalashtirishning umumiy hajmi global miqyosda 2,6 trillion dollardan oshdi va 2024-yilga kelib bu ko‘rsatkich 3,5 trln dollarga oshishi kutilmoqda. Islomiy moliyalashtirishning o‘sish ko‘rsatkichlari uning kuchliligi va global miqyosda qabul qilinishini ta’minlaydi. Muhimi, yaqinda yuz bergan global moliyaviy inqiroz islom moliyasi va islom bank sohasiga katta zarar yetkazmaganligi islomiy moliya va islomiy bank tizimi asoslarini oqilona isbotladi. Shu sababli ham mamlakat iqtisodiy tizimida Islom moliya institutlarining faoliyat tamoyillarini amalga oshirishga daxldor masalalar so‘nggi paytlarda ko‘pchilik mamlakatlarda paydo bo‘lmoqda. So‘nggi yillar davomida global migrant siyosatini inobatga olib, MDH davlatlari (Qozog‘iston, Qirg‘iziston) bilan bir qatorda Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya hukumatlari o‘z mamlakatlarida Islom moliyasini rivojlantira boshladilar. Shu bilan bir qatorda Islom moliyasi va bank tizimiga bo‘lgan qiziqish mamlaktimizda ham ortib bormoqda hamda o‘rganilishi kerak bo‘lgan muhim masalalardan biri sifatida qaralmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 29-dekabrdagi Parlamentga murojaatida Islomiy moliya tizimi mamlaktimiz uchun qanchalik muhim ekanligini quyidagicha ta’kidlab o‘tdi: “Mamlakatimizda Islomiy moliyaviy xizmatlarni joriy etish bo‘yicha huquqiy bazani yaratish vaqti soati yetib keldi. Bu borada Islom taraqqiyot banki va boshqa xalqaro moliya tashkilotlari ekspertlari jalb qilinadi”. Tizimning O‘zbekistonda ham ishga tushirilishi birinchi navbatda halol va shaffof bank amaliyotidan foydalanishga, xususan jamiyatni yemiruvchi illat sanalmish “poraxo‘rlik”ning ham oldini olishga hamda aholining banklarimizga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirishga zamin yaratadi.
KIRISH Moliya bozori bu moliyaviy aktivlarni sotish sohasi va ushbu aktivlarni sotuvchilar hamda sotib oluvchilar o’rtasidagi munosabatlar
Pul bozori
Qisqa muddatli kredit bozori
Qisqa muddatli depozitlar bozori
Qisqa muddatli qimmatli qog’ozlar bozori
Valyutalar bozori
Repo bozori
Qisqa muddatli derevativlar bozori
Kapital bozori
O ‘rta va uzoq muddatli kredit bozori
O ‘rta va uzoq muddatli qimmatli qog’ozlar bozori
O ‘rta va uzoq muddatli depozitlar bozori
Investitsiya, hayriya va va boshqa turdagi fondler bozori
Sug’urta bozori
Pensiya bozori
O’rta va uzoq muddatli derivativlar bozori