jarayonida vujudga kelgan xilma-xil yo‘nalishlar va oqimlarning umumiy nomi. Mazhab tor
ma’noda shariatga xos huquq yo‘nalishlarini anglatadi. Lekin, mazhabchilik iborasi keng
ma’noda dinlardagi barcha guruhlarga ajralishlarni ifodalaydi. Shu ma’noda I. m. bu dindagi
barcha guruhlar ajralish shakllarini o‘z ichiga oladi, ularning 5 turini birbiridan tafovut qilish
diniy ta’limot, marosimchilik, axloqiy-huquqiy me’yorlarga oid bir qator masalalarda bir-biridan
tafovut qiladigan 3 asosiy yo‘nalish vujudga kelgan. Bulardan sunniylik va shialik hozirda ham
mavjud, lekin xorijiylar yo‘nalishi o‘rta asrlardayoq avval ko‘p firqalarga ajralib, keyinchalik
yo‘qolib ketgan, undan faqat bitta ibodiylar (abodiylar) firqasi saqlanib qolgan. 2) Islomdagi
firqalar, mohiyatan aqidaviy ta’limot va marosimchilik masalalarida oz yoki ko‘p darajada bir-
biridan tafovut qiladigan diniy guruhlar. Islomda firqalarning eng ko‘pi shialikdan ajralib
chiqqan, bulardan qarmatiylar, ismoiliylar, zaydiylar, nusayriylar, aliilohiylar, druzlar va b.
hamda ular ichidan ajralgan ko‘p kichik firqalarni, yangi davrda vujudga kelgan bobiylik,
bahoiylik kabilarni tilga olish mumkin. Sunniylik islomda ortodoksal diniy ta’limot
hisoblangan, o‘rta asrlarda undan firqalar ajralib chiqmagan. Urta asr oxirlari va yangi davrga
kelib unda ham firqa va oqimlar paydo bo‘lgan. Bulardan ravshaniylar (17-asr), ahmadiya,
voisovchilar firqalarini (19-asr), vahhobiylik, mahdiylik, panislomizm kabi diniy-siyosiy
oqimlarni ko‘rsatish mumkin. 3) Mazhablar, shariat mazhablari ham islomdagi ajralishning
alohida shaklidan iborat. 4) Ilohiyot oqimlari bo‘lib, ular islom ilohiyotining shakllanish
bosqichida ilohiyotga doir ayrim masalalar bo‘yicha ixtiloflar tufayli vujudga kelgan. Bulardan
ash’ariylar, jabariylar, qadariylar, sifatiylar, murji’iylar, mu’taziliylar va b.ni ko‘rsatish mumkin.
Ortodoksal ilohiyot ta’limoti bo‘lgan Kalom shakllanib hukmron rol o‘ynay boshlagach, ilohiyot
oqimlarining barchasi yo‘qolib ketgan. 5) So’fiylik yoki tasavvuf tariqatlari. So’fiylik goyalari
keng tarqalgach, musulmon mamlakatlarida har biri o‘z yo‘li (suluk)ni olib borgan so’fiylik
rahnamolari (pirlar) nomi bilan bog‘liq ravishda juda ko‘p uyushmalar paydo bo‘lgan. Ulardan
ko‘plari o‘rta asrlardayoq yo‘qolib ketgan. Lekin, hozirda ham g‘oyat ko‘p tariqatlar mavjud.
O’rta Osiyoda -naqshbandiylik, yassaviylik, kubroviylik, Kavkazda - muridizm, xorijiy Sharq
mamlakatlarida o‘rta asrlardan ma’lum bo‘lgan qodiriylar, bektoshiylar, rifo’iylar, tayfuriylar,
suhrovardiya, mavlaviylar, shoziliylar, chishtiylar, safaviylar, haydariylar, ne’matullohiylar,
jaloliylar keng tarqalgan. Ularning ayrimlari hozir ham mavjud. O’rta asr oxirlari va yangi
davrda Arab mamlakatlari, Afrika, Janubi-Sharqiy Osiyo xalqlari orasida ham ko‘p tariqatlar
tarqalgan: salafiylar, shartariylar, rashidiylar, rahmoniylar, tayyibiylar, tinoniylar, ammoriylar,
hamoliylar, muridiylar, barqiylar, idrisiylar, sanusiylar, g‘ufriylar va h.k. Umuman olganda 30
dan ortiq tariqat mavjud. I. m.ning barcha ko‘rinishlari islom tarixida yuz bergan g‘oyaviy-
siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, diniy aqidaviy va hayotning boshqa sohalaridagi ixtiloflarni ifoda
etadi. Shu jihatdan islomni shartli ravishda yaxlit din hisoblash mumkin. Xilma-xil oqim va
firqalarning vujudga kelishiga birinchi navbatda ijtimoiy-siyosiy harakatlarning diniy shaklda
namoyon bo‘lishi sabab bo‘lgan. Islom dinini qabul qilgan xalqdarning madaniyati, an’analari,
ilgariga diniy e’tiqodlari, shuningdek ular yashagan geofafik sharoitlar ham oqimlarning
xarakteriga ta’sir etgan.
Husniddinov 3., Islom: yoʻnalishlar, mazhablar, oqimlar, T., 2000.
[1]
Adabiyot