qiladigan 3 asosiy yo‘nalish vujudga kelgan. Bulardan sunniylik va shialik
hozirda ham mavjud, lekin xorijiylar yo‘nalishi o‘rta asrlardayoq avval ko‘p
firqalarga ajralib, keyinchalik yo‘qolib ketgan, undan faqat bitta ibodiylar
(abodiylar) firqasi saqlanib qolgan. 2) Islomdagi firqalar, mohiyatan
aqidaviy ta’limot va marosimchilik masalalarida oz yoki ko‘p darajada bir-
biridan tafovut qiladigan diniy guruhlar. Islomda firqalarning eng ko‘pi
shialikdan ajralib chiqqan, bulardan qarmatiylar, ismoiliylar, zaydiylar,
nusayriylar, aliilohiylar, druzlar va b. hamda ular ichidan ajralgan ko‘p kichik
firqalarni, yangi davrda vujudga kelgan bobiylik, bahoiylik kabilarni tilga
olish mumkin. Sunniylik islomda ortodoksal diniy ta’limot hisoblangan,
o‘rta asrlarda undan firqalar ajralib chiqmagan. Urta asr oxirlari va yangi
davrga kelib unda ham firqa va oqimlar paydo bo‘lgan. Bulardan
ravshaniylar (17-a.), ahmadiya, voisovchilar firqalarini (19-a.), vahhobiylik,
mahdiylik, panislomizm kabi diniy-siyosiy oqimlarni ko‘rsatish mumkin. 3)
Mazhablar, shariat mazhablari ham islomdagi ajralishning alohida
shaklidan iborat. 4) Ilohiyot oqimlari bo‘lib, ular islom ilohiyotining
shakllanish bosqichida ilohiyotga doir ayrim masalalar bo‘yicha ixtiloflar
tufayli vujudga kelgan. Bulardan ash’ariylar, jabariylar, qadariylar, sifatiylar,
murji’iylar, mu’taziliylar va b.ni ko‘rsatish mumkin. Ortodoksal ilohiyot
ta’limoti bo‘lgan Kalom shakllanib hukmron rol o‘ynay boshlagach, ilohiyot
oqimlarining barchasi yo‘qolib ketgan. 5) Sufiylik yoki tasavvuf tariqatlari.
Sufiylik goyalari keng tarqalgach, musulmon mamlakatlarida har biri o‘z
yo‘li (suluk)ni olib borgan sufiylik rahnamolari (pirlar) nomi b-n bog‘liq
ravishda juda ko‘p uyushmalar paydo bo‘lgan. Ulardan ko‘plari o‘rta
asrlardayoq yo‘qolib ketgan. Lekin, hozirda ham g‘oyat ko‘p tariqatlar
mavjud. O’rta Osiyoda -naqshbandiylik, yassaviylik, kubroviylik, Kavkazda -
muridizm, xorijiy Sharq mamlakatlarida o‘rta asrlardan ma’lum bo‘lgan
qodiriylar, bektoshiylar, rifo’iylar, tayfuriylar, suhrovardiya, mavlaviylar,
shoziliylar, chishtiylar, safaviylar, haydariylar, ne’matullohiylar, jaloliylar
keng tarqalgan. Ularning ayrimlari hozir ham mavjud. O’rta asr oxirlari va
yangi davrda Arab mamlakatlari, Afrika, Janubi-Sharqiy Osiyo xalqlari
orasida ham ko‘p tariqatlar tarqalgan: salafiylar, shartariylar, rashidiylar,
rahmoniylar, tayyibiylar, tinoniylar, ammoriylar, hamoliylar, muridiylar,
barqiylar, idrisiylar, sanusiylar, g‘ufriylar va h.k. Umuman olganda 30 dan
ortiq tariqat mavjud. I. m.ning barcha ko‘rinishlari islom tarixida yuz bergan
g‘oyaviy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, diniy aqidaviy va hayotning boshqa
sohalaridagi ixtiloflarni ifoda etadi. Shu jihatdan islomni shartli ravishda
yaxlit din hisoblash mumkin. Xilma-xil oqim va firqalarning vujudga
kelishiga birinchi navbatda ijtimoiy-siyosiy harakatlarning diniy shaklda
namoyon bo‘lishi sabab bo‘lgan. Islom dinini qabul qilgan xalkdarning
madaniyati, an’analari, ilgariga diniy e’tiqodlari, shuningdek ular yashagan
geofafik sharoitlar ham oqimlarning xarakteriga ta’sir etgan.
Qayd etilgan
Shahina
Do'stlaringiz bilan baham: