ISLOM MA’NAVIYATINING YOSHLAR TARBIYASIDAGI O‘RNI
Insoniyat o‘z tarixiy taraqqiyotining barcha davrlarida moddiy-ma’naviy an’ana va qadriyatlarga tayanib yashab kelgan. Ijtimoiy-siyosiy fanlar tizimida an’ana tushunchasi bir qadar aniq tushunilsa-da, unga nisbatan birmuncha murakkab bo‘lgan va ijtimoiy munosabatlar tizimida jiddiy ahamiyat kasb etadigan qadriyatlar tizimini tahlil etish alohida o‘rin tutadi. Qadriyatlar inson va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlar doirasidagi mavjudlikdan kelib chiqib, «...narsa-hodisalarning behuda yaratilmaganligi, har bir holatning o‘z vazifasi, mavqei va maqomi bor ekanligini anglab yetish tufayli inson ongida muayyan tizimni shakllantiradi».
2006 yilda «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan «O‘zbekiston: o‘ziga xoslikni va jahon hamjamiyatidagi o‘rnini izlash» deb nomlangan so‘rovning natijalari umuman olganda, O‘zbekiston aholisining etnik-diniy an’analar, rasm-rusumlar va urf-odatlarga amal qilishga nisbatan ijobiy munosabatini ko‘rsatdi. (Hammasi bo‘lib O‘zbekistonning 8 mintaqasida 164 kishi so‘rab chiqildi) Respondentlarning mutlaq ko‘pchiligi (85,3%) diniy urf-odatlarni bajaradi, so‘rab chiqilganlarning qolgan qismi (14,7%) esa, bajarmasligini ko‘rsatgan.
«Diniy urf-odatlarni bajarasizmi?»- degan savolga berilgan javoblarning taqsimlanishi,%
Tarbiyaning bu jihatida yoshlarni asosan rostgo‘ylik, va’daga vafo, omonatdorlik, kattaga hurmat, kichikka izzat, o‘zgalarga mehr-oqibatli bo‘lish kabi fazilatlar sohibi qilib voyaga yetkazishga ahamiyat qaratiladi. Aynan mana shu fazilatlar kishini odamiyligini ifodalaydi. Shuning uchun ham Payg‘ambarimiz (s.a.v.): “Ota o‘z bolasiga chiroyli odobdan ko‘ra yaxshiroq narsa bera olmaydi”, deganlar ( Imom Termiziy rivoyati). Yoki bo‘lmasa, “Bolalaringizni e’zozlanglar va ularning odobini go‘zal qilinglar” deyilgan hadisi sharifda ham aynan axloqiy tarbiya nazarda tutilgan.
Ikkinchidan, jismoniy tarbiya. Yoshlarning jismonan baquvvat, tanlari sog‘lom, g‘ayratli va shijoatli bo‘lishlarida jismoniy tarbiyaning ahamiyati kattadir. Islom dini ta’limotida jismoniy tarbiya tushunchasi zamiriga nafaqat badan tarbiya mashqlari bilan shug‘ullanish balki, inson salomatligi uchun zarur bo‘lgan barcha omillarga rioya qilish, ayni paytda salomatlik uchun zararli, balki hayot uchun xavfli bo‘lgan illatlardan saqlanish nazarda tutiladi. Qur’oni karimdagi: “...Yenglar, ichinglar va isrof qilmanglar. Chunki, Alloh isrof qiluvchilarni sevmaydi” (A’rof surasi, 31-oyat) oyatining tafsirida ulamolar, ushbu oyatda butun tib ilmi joylashgandir, deganlar. Haqiqatan ham, salomatlikning bosh omili me’yorida ovqatlanish ekanligini zamonaviy tabobat ham isbotlamoqda. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) badan tarbiyasi mashqlari qatorida yoshlarni suzishga, otda chopishga, kamondan otishga o‘rgatish lozim ekanligini alohida ta’kidlaganlar va hadislarining birida: “Kuchli mo‘min kuchsiz mo‘mindan yaxshiroq va Allohga suyukliroqdir”, deb marhamat qilganlar (Imom Muslim rivoyati).
Uchinchidan, aqliy tarbiya. Islom dinida yoshlarni aqlan tarbiya qilish deganda ularni manfaatli ilm sohibi qilib tarbiyalash, fikriy va ilmiy jihatdan yetuk inson qilib kamolga yetkazish nazarda tutiladi. Islom tarixidan ma’lumki, Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ga ilk bora nozil qilingan oyatlar insonni o‘qishga, ilm olishga targ‘ib qiladi: “Yaratgan Rabbing nomi bilan o‘qi. U insonni alaqdan yaratdi. O‘qi! Rabbing karamli zotdir. U insonga qalam bilan o‘rgatdi. Insonga bilmagan narsasini bildirdi” (Alaq surasi, 1-5-oyatlar). Qur’oni karimda va Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning hadislarida ilmga targ‘ib qiluvchi ko‘plab oyat va hadislar mavjud. Ilmu ma’rifatli bo‘lishning fazilati nechog‘lik yuksak ekanligi barchaga ma’lum. Ilm bilan dunyo obod, insoniyat hayoti farovon, ilmli kishining yo‘li doimo nurafshon bo‘ladi.
Islom dinida ilm deganda diniy ham dunyoviy ilmlar tushuniladi. Diniy ilm insonning ruhiy-ma’naviy hayoti, uning e’tiqodiga oid bo‘lib, oxirati uchun zarur bo‘lsa, dunyoviy ilm uning moddiy hayoti, dunyo obodligi uchun zarurdir. Shuning uchun ham hadisi sharifda: “Sizlarning eng yaxshingiz bu dunyoni deb oxiratini unutmagan, oxiratini deb bu dunyosini unutmagan va o‘zgalarga qaram bo‘lmaganingizdir” deyilgan.
Ushbu ta’limotlarga jonu dili bilan amal qilgan ajdodlarimiz, buyuk bobokalonlarimiz ham shari’at, ham tariqat va ham ma’rifat borasida butun dunyoga o‘rnak bo‘lganlar.
I.Karimov “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asarida “ma’naviyat-insonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, imon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir”deya ta’rif bergan. Darhaqiqat, ma’naviyat va qadriyat tushunchalari uzviy bog‘liq tushunchalardir. Bu esa, yoshlar oldida turgan dolzarb mavzu. Qadriyatlar masalasida albatta, madaniyat va uning inson ongida rivojlanishi, shaxsni va o‘zlikni anglash jarayoni turadi. M. Shibaeva «Madaniy mazmunlar, ahamiyatlilik va ramzlar olamida inson nafaqat o‘z individualligini, balki hayotga nisbatan o‘z munosabatini xam mukammal holda rivojlantirib boradi», -deb e’tirof etadi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |