Islom karimov nomli toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali



Download 1,23 Mb.
bet1/10
Sana11.10.2019
Hajmi1,23 Mb.
#23370
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Практикум БВР 2016 узб охирги вар

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS

TA’LIM VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMLI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI OLMALIQ FILIALI


XASANOV О.А., G’OYBNAZAROV B.A.

BURG’ILASH VA PORTLATISH ISHLARI”

fanidan amaliy mashg'ulotlarni bajarish uchun

USLUBIY KO’RSATMA

Olmaliq-2018
УДК 622.271

“Burg’ilash va portlatish ishlari” fani o’quvdasturiga muvofiq mazkur uslubiy ko’rsatmada 19 ta amaliy mashg’ulot keltirilgan. Amaliy mashg’ulotlarni o’tkazishdan maqsad talabalar “Burg’ilash va portlat ishishlari” fani bo’yicha ma’ruza mashg’ulotlarida olgan bilimlari asosida muayyan sharoitda muhandislik-texnik masalalarning yechimini topishni o’rganadilar.Uslubiy ko’rsatmada har bir amaliy mashg’ulot uchun masalalarni yechish algoritmi, hisoblash formulalari, masala yechishga doir namunalar va talabalar mustaqil ishlashlari uchun masalalar keltirib o’tilgan. Mazkur uslubiy ko’rsatma 5311600 – «Konchilik ishi» va 5111000 – «Kasb ta’limi (5311600 – «Konchilik ishi»)»yo’nalishlari talabalari uchun tavsiya etiladi.

Uslubiy ko’rsatma Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali “Konchilik ishi” kafedrasining «____» ____________ 2018y. dagi № ___ -sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan.
Uslubiy ko’rsatma Tosh DTU Olmaliq filiali o’quv-uslubiy kengashining «____» ____________ 2018y. dagi № ___ -sonli bayonnomasi bilan ma’qullangan va chop etishga tavsiya etilgan.
Tuzuvchilar:

Konchilik ishi” kafedrasi katta o’qituvchisi О.А. Xasanov

Konchilik ishi” kafedrasi katta o’qituvchisi B.A. G’oybnazarov

Taqrizchilar:
Konchilik ishi” kafedrasi мudiri prof. Shakarov B.
Olmaliq kon metallurgiya kombinatiAJ

Portlovchi materaillar zavodi

portlatish ishlari uchastka boshlig’i Saparmatov I.

















KIRISH

“Burg‘ilash va portlatish ishlari ” fani “Konchilik ishi” yo’nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlashda mutaxasislik fanlari qatoriga kiradi.

Qora va rangli metal rudalari, ko‘mir va qurilish materiallarini qazib olishda portlatish ishlari kon jinslarini massivdan ajratib olishning asosiy usuli hisoblanadi. Bugungi kunda dunyo bo‘yicha foydali qazilmalarning 75 foizidan kuprog‘i burg’ilab portlatish orqali qazib olinadi va yer osti kon lahimlarining 98 foizidan ko’prog‘i aynan shu usul bilan o‘tiladi.

Birinchi portlovchi modda qora porox bo‘lib, X asrda portlatish ishlarida qo’llanilgan. Konchilik ishlarida porox XVII asr boshlarida CHexiyada keyinchalik portlatish ishlari ko’pgina davlatlar konchilik sanoatida quo’llanish boshlangan.

1799 yili Rossiyada portlovchi moddalarni olish texnologiyasiga bag‘ishlangan ilmiy ish nashir qilingan. Mazkur ilmiy ish muallifi A.A. Musin-Pushkin.

1831 yili Buyuk Britaniyada U.Bikford olov o‘tkazivchi shnurni ixtiro qilgan.

XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida nitrobenzol (1834), nitronaftalin (1836), piroksilin yoki nitrotsellyuloza (1846) kabi kuchli portlovchi moddalar yaratildi.

Akademik N.N. Zinin tomonidan trinitroglitserin xossalarini o‘rganilib uni tayyorlash texnologiyasi va qo’llash usullari ishlab chiqildi.

1863 yili Vilbrant tomonidan trotil portlovchi moddasi olingan.

1866 yili shved muhandisi A.Nobel trinitroglitserin asosida dinamit ishlab chiqarishni patentlashtiradi, 1867 yili shved kimyogari I. Olsen va I. Norbinlar ammiakli selitra asosida portlovchi moddani taklif qilishadi.

XIX asr oxirida TEN va geksogen portlovchi moddalari olinadi va1930 yildan ushbu portlovchi moddalar detonatsiya shnurlari ishlab chiqarishda qo’llanila boshladi.

1911 yili rus olimi prof. M.M. Protodyakonov tomonidan tog‘ jinslarining mustahkamlik tasnifi ishlab chiqiladi.

Yigirmanchi yuz yillikning o‘rtalarida prof. Suxanov tog‘ jinslari burg‘ilanuvchanligi va portlanuvchanlik tasniflarini yaratadi.

Akad N.V. Melnikov va prof. P.P. Demidyuk qator ilmiy tadqiqotlar o‘tkazib 50-yillarning oxirida igdanitni yaratishdi.

O’zbekistonda konchilik ishlari tarixi chuqur ildizga ega bo’lib, eramizning o‘ninchi asrida Toshkent viloyati hududlarida nodir metallar, mis va boshqa rudalar qazib olingan.

Konchilik ishlari ayniqsa XX asr 50-yillarida jadal rivojlandi. Akademiklar X.M. Abdullayev, Xamraboyev va boshqa olimlarning mehnatlari tufayli mamlakatimiz hududida keng miqyosda geologik-razvedka ishlarini olib borishning nazariy asoslari yaratildi. Ko’mir, rangli metallar, uran, gaz va neft konlari ochildi. Masalan, 1952 yil geologlar tomonidan Uchquduqdagi uran konida razvedka ishlari tugatildi. 1958 yili ulkan Muruntav oltin koni ochildi.

Natijada nafaqat O‘zbekiston balki, xorijda ma’lum bo‘lgan qator olimlar yetishib chiqdi. Akademik V.R.Raximov uzoq yillar davomida konchilik ishlab chiqarishining turli jabhalarida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bordi. Konchilik ilmining turli sohalarida olimlar yetishib chiqishdi va O‘zbekiston kon-metallurgiya sanoati rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shishdi. Bug‘ilash-portlatish ishlari sohasida texnika fanlari doktori professor Norov Yu.D ning ishlari o‘zining mukammalligi bilan ajralib turadi.

1-Amaliy ish


RUDA KONLARINI QAZIB OLISHDA BURG’ILASH ISHLARI.

“Burg’ilash” deganda kon jinsi massivida burg’ilash asbobi yordamida sun’iy ravishda silindr shaklidagi bo’shliqni hosil qilish va buning natijasida parchalangan tog’ jinsi bo’laklarini yer yuzasiga chiqarish jarayoni tushuniladi.

Ushbu jarayonning quyidagi ikki turi farqlanadi:

- diametri 75 mm gacha va chuqurligi 5 m gacha bo’lgan shpurlarni burg’ilash;

- diametri 75 mm dan katta va chuqurligi 5 m dan ko’p bo’lgan skvajinalarni burg’ilash.

Ochiq kon ishlarida skvajinalarni turli xil usullar yordamida, ayniqsa sharoshkali usul bilan burg’ilash keng qo’llaniladi. Ushbu usul yordamida burg’ilash ishlari umumiy hajmining 83% i bajarilsa, shnekli usulda 16% ga yaqin qismi, qolgan usullar (zarbli, termik va boshq.) yordamida 1% dan ko’proq qismi bajariladi.

MDH ko’mir razrezlarida mustahkam qoplama tog’ jinslarini maydalashda diametri 214 mm li, ruda konlarida esa 243 mm li skvajinalardan keng foydalaniladi. Portlatish skvajinalarini burg’ilash ishlari amaliyotida diametri 200-311 mm bo’lgan skvajinalar samarali qo’llanilmoqda. Pog’onaning eng maqbul balandligi ko’pgina karerlarda 15-30 m ni tashkil etadi.

Hozirgi vaqtda ochiq kon ishlarida burg’ilash uskunalarining quyidagi guruhlari qo’llaniladi:

1. SBSH- tog’ jinsi mustahkamligi f=6÷18 gacha bo’lganda diametri 160mm dan 400 mm gacha bo’lgan besh xil o’lchamli skvajinalarni aylanib burg’ilovchi va skvajinani havo yoki havo va suv aralashmasi bilan tozalovchi sharoshkali burg’ilash uskunasi;

2. SBU – tog’ jinsi mustahkamligi f=10÷20 gacha bo’lganda diametri 100, 125 va 160 mm bo’lgan uch xil o’lchamli skvajinalarni zarb-aylanma usulda burg’lovchi va skvajinani siqilgan havo bilan tozalovchi pnevmozarbli burg’ilash uskunasi;

3. SBR – tog’ jinsi mustahkamligi f=1÷6 gacha bo’lganda diametri 160 va 200 mm bo’lgan ikki xil o’lchamli skvajinalarni aylanma usulda burg’lovchi va skvajinani keskichli koronka bilan tozalovchi shnekli burg’ilash uskunasi.

Foydali qazilma konlarini yer osti usulida burg’ilab-portlatish ishlari yordamida qazib olishda moddiy va vaqtinchalik xarajatlarning 30-35% qismini burg’ilash ishlari tashkil qiladi.

Yer osti kon ishlarida shpurlarni burg’ilash mashinasi burg’ilash dastgohi, skvajinalarni burg’ilovchi mashinalar esa burg’ilash uskunasi deyiladi.

Tog’ jinsiga ta’siri bo’yicha barcha burg’ilash usullari mexanik, issiqlik-fizikaviy va portlatish usullariga bo’linadi.



Yer osti kon ishlaridashpur va skvajinalarni burg’ilashning faqatgina mexanik usullari qo’llaniladi.

RUDA KONLARINI OCHIQ USULDA QAZIB OLISHDA BURG’ILASH ISHLARI TEXNIK VA ENERGETIK PARAMETRLARINI HISOBLASH.

f mustahkamlikka ega bo’lgan tog’ jinsida sharoshkali burg’ilash uskunasi yordamida D (mm) diametrli skvajinani burg’ilashda bir o’q bo’yicha beriladigan bosim (kN) quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:

bunda k– dolota yirikligini hisobga olish koeffisiyenti bo’lib, k=6÷8 ga teng, bunda yirik dolota uchun katta qiymat olinadi;



сж– tog’ jinsining bir o’q bo’yicha siqilishga pishiqlik chegarasi, MPa.

Dolotaning talab etiladigan aylanish momenti (N·m) quyidagicha aniqlanadi:



bunda: n – skvajina tozalanish sifatiga bog’liq bo’lgan ko’rsatgich, (n=1,25 – juda yaxshi tozalanganda ; n=1,5 – qoniqarli tozalanganda, n=1,75 – yomon tozalanganda);

k1 – burg’ilanayotgan tog’ jinsi mustahkamligiga bog’liq bo’lgan koeffisient bo’lib, uning qiymati quyidagi jadvalda keltirilgan:


f

6-8

8-10

10-12

12-14

14-16

16-18

18-20

20 dan katta bo’lganda

k1

12

11

10

9

8

6

4

2

Aylantiruvchi yuritgich quvvatini (kVt) aniqlaymiz:



bunda: ηвр=0,85÷0,7 – aylantirgich transmissiyasi FIK;

ωвр – aylantirgich burchak tezligi, rad/s.
Yuritgich uzatish quvvati (kVt) quyidagicha hisoblanadi:

bunda: под – burg’i stavini uzatish tezligi, m/s; ηпод =0,5÷0,7 – uzatish mexanizmi FIK.

Kovjoyga beriladigan siqilgan havoning talab etilgan miqdori skvajina ichidagi parchalangan tog’ jinsi bo’laklarini skvajina devoir va shtanga orasidan chiqarishning talab etilgan tezligiв (m/min) ga bog’liq holda aniqlanadi.

Skvajina ichidagi parchalangan tog’ jinsi bo’laklarini chiqarish tezligi quyidagi qiymatlarda tavsiya etiladi:

- zich tog’ jinslari uchun - 1500 m/min dan kam emas;

- o’rtacha zichlikdagi tog’ jinslari uchun 2100 m/min dan ko’p emas.



Shunday qilib, havo uzatilishining nazariy qiymati (m3/min) quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:


bunda: F – skvajina devorlari va shtanga orasidagi maydon, m2;

D и Dш – mos holda dolota va shtanga diametrlari, m.



1.1-misol. Quyidagi sharoit uchun burg’ilashning texnik va energetic parametrlari aniqlansin:o’rtacha mustahkamlikka ega bo’lgan tog’ jinslarida skvajina burg’ilash uchun diametri 250 mm li dolota va diametri 243 mm li shtanga qo’llanilmoqda.

Masala yechimi. Dolotaga bir o’q bo’yicha beriladigan kuchlanish (kN) quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:



Talab etiladigan aylanish momenti (n∙M) quyidagicha aniqlanadi:



Aylantirgich yuritgichining quvvatini (kVt) aniqlaymiz

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish