XUSUSIY KORXONA - mulkdor yagona jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan va boshqariladigan tijoratchi tashkiloti. Xususiy korxona tadbirkorlik sub‘ektlarining tashkiliy-huquqiy shaklidir.
XUSUSIYLASHTIRISH – ―jismoniy shaxslarning va davlatga taalluqli bo‘lmagan yuridik shaxslarning ommaviy mulki ob‘ektlarini yoki davlat aktsiyali jamiyatlarining aktsiyalarini davlatdan sotib olishidir.
HOKIMIYAT VAKILI – davlatning biror bir organining nomidan ish ko‘rib, muayyan vazifalarni doimiy yoki vaqtincha amalga oshiruvchi va o‘z vakolatlari doirasida ko‘pchilik yoxud barcha fuqaro yoki mansabdor shaxslar uchun majburiy bo‘lgan harakatlarni sodir etish yoki farmoyishlar berish huquqiga ega bo‘lgan shaxs.
Do'stlaringiz bilan baham: |