berdi. Adib ijodining milliy va umuminsoniy ahamiyati kamsi-tildi. O'zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo'mitasining 1986-yilda bo'lgan uchinchi Plenumida Bobur shaxsi tahqirlanib, u
«ma'rifatli zolim» deb tilga olindi. Xalqimiz Markaziy Qo'mita va jumhuriyat hukumatining Navoiy, Ulug'bek, Bobur, Mash-rab, Furqat, Qodiriy va xalqimizning boshqa buyuk farzandlari yubileylarini o'tkazish to'g'risidagi qarorini juda ruhlanib kutib olganligi bejiz emas. Ularning merosi O'zbekiston xalqlari umuminsoniy qadriyatlarining ravnaqi va boyishiga xizmat qilib kelgan edi va bundan buyon ham xizmat qiladi. Biz ularning be-baho merosini xalqqa, avvalo yoshlarga yetkazish uchun barcha ishlarni qilamiz». O'zbekiston yangi rahbariyatining bunday pozit-siyasi respublikada ma'naviy poklanish, yangilanish davrining bosh- lanishi, ma'naviy inqirozdan chiqish uchun dadil qadam edi.
1991-yil, ya'ni, O'zbekiston yangi yo'lga chiqib olgan, o'zini mustaqil deb e'lon qilgan yil yana shu bilan ahamiyatliki, bu yil-da Mir Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi barcha hur fikrli kishilar tomonidan keng nishonlandi. Bu to'yga respublikada katta tayyorgarlik ko'rildi va u xalqning katta madaniyat bayramiga ayl^ndi. Avvalo buyuk shoir asarlarini keng xalq ommasiga yetkazish uchun muhim ishlar amalga oshirildi. Uning yigirma jildlik mukam-rtial asarlar to'plami nashr etila boshlandi. Bundan tashqari «Lison-ut tayr», «Sab'ai sayyor», «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «:Hayrat-ul Abror» singari shoh asarlari alohida-alohida holda bir necha ming nusxada bosmadan chiqarildi. Bir necha ilmiy-ommabop asarlar sovg'a kitoblar sifatida nashr qilindi.
Yubiley oldidan Alisher Navoiyning buyuk siymosi ifoda etilgan sahna asarlari, kinofilmlar yaratildi. Alisher Navoiy nomida Davlat rnukofoti ta'sis etildi. Pushkin nomidagi Adabiyot institutiga Alisher Navoiy nomi berildi. Shoir nomi berilgan Davlat adabiyot muze-yi yangi eksponatlar bilan boyitildi. Mamlakat poytaxti Toshkentda ulug' bobomizning muhtasham va purviqor haykali qo'yildiki, bu joy xalqning muqaddas ziyoratgohiga aylandi.
Buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy qoldirgan ma'naviy me-ros bugungi kunda yangilanayotgan jamiyatimizni ma'naviy yuksal-tirishda muhim omil bo'lib xizmat qilmoqda.
1994-yilni hukumat qarori bilan Ulug'bek yili, deb e'lon qilinishi, uning 600 yilligini O'zbekistonda va jahon miqyosida, xu-susan, YuNESKO qarorgohi Parijda keng nishonlanishi ham buyuk allomalar qoldirgan meros umuminsoniy qadriyatga aylanganligi nishonasidir.
Mustaqillik butun hayotimizni ostin-ustun qilib, uzluksiz mud-roqlikdan uyg'otib, qarashlarimizni o'zgartirib yuborgani kabi ma'naviyatga munosabatlarimizni ham isloh qildi. Eskicha qarash-lardan butunlay qutulmagan, yangilikning esa oldida dovdirab qol-gan bir paytimizda eng to'g'ri yo'lni tanlashda, ma'naviy va ma'rifiy turmushimiz muammolarini hal etishda yana bosh islohotchi -
Davlat ko'makka keldi va mamlakat Prezidenti «Biz ma'rifat va ma'naviyatga tadbirkorlik va tijorat sohalari tomonidan qili-nayotgan homiylikni qo'llab-quvvatlaymiz, bunday homiy- larga yengillik berish lozimligini ham bilamiz. Lekin homiylik mablag'lari chinakam badiiy asarlarga, chinakam ijodiy tadbir-larga sarflanishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |