Islom karimov nomidagi


Xalqimizning kelajagi uchun suvday, havoday zarur bo'lgan bunday sohalarga birinchi va eng katta homiy - davlatning o'zi»



Download 2,58 Mb.
bet32/120
Sana01.01.2022
Hajmi2,58 Mb.
#289219
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   120
Bog'liq
O`zb Yangi tarixi 2021 UMK

Xalqimizning kelajagi uchun suvday, havoday zarur bo'lgan bunday sohalarga birinchi va eng katta homiy - davlatning o'zi», dedi. Bu moddiy jihatdan birmuncha qiyinchilik sezi- layotgan bir davrda ma'naviy hayotimizga davlat g'amxo'rligining yorqin ko'rinishidir. Zotan, har yili ma'naviy va ma'rifiy ravnaq uchun davlat jamg'armasidan katta miqdorda mablag' ajratilayot- gani, mazkur tarmoq tashkiliy-ijodiy ishlarini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Birgina misol sifatida shuni aytish mumkinki, sobiq Ittifoq doirasidagi mamlakatlarning hech biri- da O'zbekistondagichalik ko'p miqdorda darsliklar, o'quv-uslubiy qo'llanmalar, dasturlar nashr etilmagan va ommaviy tarzdagi tadbir-lar amalga oshirilmagan.

Bularning hammasi O'zbekistonda milliy madaniyat va ma'naviyat ravnaqining keng miqyosli dasturi mavjudligini, unga bevosita davlatning o'zi, hukumatning rahnamolik qilayotganini ko'rsatadi.

Mustaqillik yillarida ma'naviy poklanish haqida gap ketganda O'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilishi va uning ahamiyatiga ham kitobxon e'tiborini tortish lozim.

Bu sobitqadam yo'l 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan «Lo-tin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosini joriy etish to'g'risida»gi Qonunda va 1995-yil may oyida Oliy Majlisning ikkinchi

sessiya-sida qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining «Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosini joriy etish to'g'risida»gi Qonuniga o'zgartirishlar kiritish haqidagi Qonunda yanada mustahkamlandi va rivojlantirildi.

Mazkur qonunlar o'zbek tilining Davlat tili sifatidagi maqomi-ning mustahkamlanishi, mamlakatning har taraflama kamol topishi va jahon kommunikatsiya tizimiga kirishi uchun ancha qulay shart-sharoit yaratib berdi.

Mazkur qonunlarni ishlab chiqish jarayonida to'plangan tajriba har taraflama umumlashtirildi va tahlil etildi, Davlat tiliga o'tish bo'yicha qilingan ishlar xolis baholandi. Puxta o'ylab, real jarayon- lar va imkoniyatlarni hisobga olib, lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosini uzil-kesil joriy etishni 2005 yilgacha bosqichma-bosqich amalga oshirib borishga qaror qilindi.

Mutlaqo ravshanki, til islohoti bilan bog'liq barcha sanalar yangi Qonun hujjatlariga muvofiq holga keltirilishi kerak. Negaki, davlat tilini eski alifboda joriy etib, so'ngra yangi yozuvga o'tish maqsadga muvofiq emas.

Ana shu holatlarning hammasini hisobga olib, «O`zbekiston Respublikasining Davlat tili haqida»gi Qonunga zarur o'zgarishlar kiritish ehtiyoji tug'ildi. Bu qonun respublika hali SSSR tarkibida bo'lgan va madaniy-ma'naviy sohada o'ziga xoslikni mustahkam-lashga intilgan bir sharoitda qabul qilingan edi. Shundan beri vaziyat tubdan o'zgardi.

Qonunning ko'pgina moddalari va qoidalari jiddiy o'zgartirishlar hamda qo'shimchalar kiritishni taqozo eta boshladi, ayrimlari esa eskirdi.

Davlat va ijtimoiy sohaning barcha tomonlarini isloh qilishning respublikada qabul qilingan va hayot tasdig'idan o'tgan konsepsiya-si o'zgartirishlarning izchilligi, bosqichma-bosqichligi tamoyilidan kelib chiqadi. Bu til muammosiga to'la taalluqlidir.

O'z kuchi va kelajagiga ishongan xalqning bag'ri keng bo'ladi. O'zbekistonning mustaqilligi va taraqqiyoti puxta ta'minlangan, xal-qimiz o'zining buyuk kelajagini dadil bunyod etayotgan bugungi kunda mustahkam zamin yaratmasdan turib, shoshmashosharlik qilishning zarurati yo'q.

Ko'rilayotgan choralarga qaramay, respublikada istiqomat qila-yotgan turli millatga mansub fuqarolarning barchasi o'zbek tilini tez va erkin o'zlashtirib olishni ta'minlaydigan zamonaviy uslubi-yotlar, darsliklar va o'quv-ko'rgazmali qo'llanmalar sekinlik bilan yaratilayotgan edi. Rusiyzabon maktablarda va auditoriyalarda ish-lash uchun maxsus tayyorlangan malakali mutaxassislar - o'zbek tili o'qituvchilari ham yetarli emas edi.

Qonunning ayrim qoidalari qayta ko'rib chiqishni, tahrir qilishni talab qilardi. Xususan, 4- modda davlat hokimiyati va boshqaruvning barcha xodimlaridan o'z xizmat vazifalarini bajarish uchun yetarli darajada davlat tilini bilishni taqozo etadi. Bu borada yoshiga yoki ish stajiga ko'ra hech qanaqa istisno nazarda tutilmagan. Amaliyot shuni ko'rsatdiki, bu talabni rus tilida o'qigan va uzoq yillar shu tilda kasb-kor bilan shug'ullangan yuzlab va minglab keksaygan malakali mutaxassislar bajarishga qodir emas edi. Ularga jamiyat ravnaqi yo'lida xotirjam ishlash va o'z imkoniyatlaridan loaqal pen-siya yoshiga yetgunga qadar samarali foydalanishlari uchun imko-niyat berish maqsadga muvofiq bo'lib qoldi. Davlat tilini o'rganish bo'yicha barcha harakatlarni 5-10 yilda davr talabiga mos yangi mutaxassislar tayyorlaydigan maktablar, texnikumlar, oliy o'quv yurtla-riga qaratish lozim bo'lib qoldi.

Hamma joyda Davlat tili va yangi alifboga o'tish asosli o'quv-uslubiy negizni yaratishni taqozo etardi. Pedagogika oliy o'quv yurt-lari va universitetlarida o'zga tilda so'zlashuvchilar o'qiydigan maktablar uchun o'zbek tili o'qituvchilari tayyorlash bo'yicha maxsus fakultetlar va bo'limlar ochish, ilmiy-uslubiy tadqiqotlarni kengay-tirish va chuqurlashtirish, yangi darsliklar va qo'llanmalarni nashr etish lozim edi.

Ushbu bay on qilingan takliflarni ro'yobga chiqarish til isloho-ti uchun mustahkam, o'zaro uyg'unlikdagi qonuniy asosni vujudga keltiradi. Taklif etilayotgan tadbirlar hamma yerda ancha uyushqoq-lik bilan, ortiqcha xarajatlarsiz davlat tiliga o'tish imkonini beradi. O'zbekistonda ba'zi mamlakatlardagidan farqli o'laroq, tilga yoki boshqa belgilariga doir biron bir cheklash yoki senzlar belgilanishi istisno etiladi. Bu xalqimiz ko'z qorachig'idek ardoqlayotgan barqarorlikni, fuqarolar tinchligini va millatlararo totuvlikni yanada mustahkamlashga ko'maklashishini hisobga olib

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 22-dekabrdagi sessiyasida «O`zbekiston Respublikasining davlat tili haqida»gi Qonun yangi tahrirda qabul qilindi.

Bu ham mamlakatimizda aholining ma'naviy barkamolligi uchun xizmat qiluvchi bir omil sifatida ahamiyatga ega bo'ldi.

Prezident I. Karimovning 2008-yili nashr etilgan «Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch» nomli kitobi esa mustaqillik yillarida shakllangan milliy g'oya asosida yuksak ma'naviyatni, barkamol ja- miyatni barpo etish borasidagi tarixiy tajribalarning yakuni, bu soha-dagi strategik maqsadlarimizning o'ziga xos konsepsiyasi vazifasini bajarmoqda.

  1. Milliy istiqlol mafkurasi, ma‟naviyat va ma‟rifat jamoatchilik markazini tashkil topishi va uning faoliyati.

1991-yil oxiriga kelib, Ittifoq tarqalib ketganligi, respublika-mizning mustaqil suveren davlat maqomiga ega bo'lganligi tufay-li jamiyatda yuz bergan demokratik jarayonlarga va hurfikrlilikka intilish xalqning milliy ongi muttasil oshib borishiga zamin yarat-di. Shu bilan birga mavjud hodisalarga yangicha tafakkur bilan qa-rashni taqozo qildi. Jumladan, butunlay yangi tarixiy sharoitlarda butunlay yangicha qarashlarni, munosabatlarni qaror toptirish zarur edi. Chunki O'zbekiston, o'z kelajagini «yangilangan» federatsiya tarkibida emas, balki mustaqil milliy davlatchilik qaror topganda-gina o'zining to'la siyosiy suvereniteti ya iqtisodiy mustaqilligiga erishgandagina belgilashi mumkinligini ancha oldin tushungan va bu borada o'zining qat'iy qaroriga kelgan edi. Binobarin, xalqni yangi yo'ldan boshlab borish, uning qarashlari va orzu-maqsadlarini bir yo'nalishga burib, kuchlarni uyg'unlashtirish uchun yagona g'oyaviy qurol zarur edi. O'zbekiston boshqa ittifoqdosh respublikalar ichida birinchilardan bo'lib o'zini mustaqil respublika deb e'lon qilgan edi. Bu, albatta, O'zbekiston uchun buyuk tarixiy voqea, milliy mafkura shakllanishida yangi davrning boshlanishi edi. Bu hoi tabiiy ravish-da kishilarning siyosiy ongi oshishiga olib keldi. Odamlar jamiyatda yuz berayotgan o'zgarishlar shiddati oldida birmuncha gangib qo-lishdi. Turli safsatalar, xatti-harakatlar, «g'oyaviy» kurashlar, «xona-ki» va ajnabiy siyosatdonlar ko'payib ketdi. Bir maromdagi turmush va bir qolipdagi fikrlash tarzi buzilib, sarosimalik, to'qnashuvlar va parokandalik kayfiyatlari kuchaya bordi. Ana shunday paytda umumxalq va umumdavlat manfaatiga mos keladigan eng maqbul yo'lni tanlash, buning uchun esa mafkuraviy yakkahokimlikka bar-ham bergan holda aholining barcha tabaqalari qatlamlarini, talab-ehtiyojlarini ma'naviy-ruhiy chanqoqligini qondira oladigan yetuk va barkamol g'oyani yaratish zarur edi.

Masalaning yana boshqa bir tomoni ham bor edi. Bu bevosita uzoq yillar mobaynida hukmron bo'lgan g'oya va aqidalardan xalos bo'lish, uning bir yoqlama, havoyi, balandparvoz da'vatlaridan voz kechish kabi og'ir, vaqt talab etadigan jarayon bilan bog'liq. Endi tafakkur tarzi va qarashlarni tubdan o'zgartirish uchun eng avva-lo o'sha davrning bosh mafkurachisi - sobiq kommunistik partiya g'oyalaridan voz kechish, qolaversa, butunlay yangi, zamon talablari va ijtimoiy-siyosiy jarayonlar mazmun-mohiyatidan kelib chiqadigan mafkurani ishga solish lozim edi. Ana shu xulosalardan kelib chi-qib, I.A. Karimov 1991-yil 14-sentabrda shunday fikrni bayon qildi: «Biz madaniy inqilobning g'alabasi haqida gapirmoqdamiz. Madaniyat va san'at esa hozir og'ir tanglikka duchor bo'lgan. Bu mafkuraviy zulmning oqibatidir.


Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish